4. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi to`g`risidagin nazariyalar. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi to`g`risida asosan 3ta nazariya mavjud
1.Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari R. Vettshteyn va A.Karstenlarning (1900) fikricha, eng qadimiy sodda tuzilishga ega bo`lgan o`simliklarning gullari bir jinsli, gulqo`rg`oni oddiy yoki gul qo`rg`onsiz bo`lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o`simliklarga misol qilib, qizilcha (efedra) va kazuarinlarni keltirishadi.
2.Ikkinchi-strobilyar nazariya. U 1905 yilda yaratilgan. Ochiq urug`larning vakili bennetitlarning qoldiqlarning topilgandan keyin bu nazariya paydo bo`lgan. Unga ko`ra bennetitlarning strobillaridan gul paydo bo`lgan degan hulosaga kelgan. Bu nazariya bo`yicha, strobillardan hosil bo`lgan gul ikki jinsli, gulqo`rg`onli bo`lib, hasharotlar vositasida changlangan. Unga misol qilib, magnoliyalar olingan. Nemis botanigi X.Gallir (1912), ingliz olimlari, A.Arber, D.Parkinlar (1905) strobillar yoki chingul nazariyasining asoschilari hisoblanadi.
3.Telom nazariyasining asoschisi nemis olimi V.Simmerman (1959) eng qadimgi gulli o`simliklar psilofitlarning telomidan kelib chiqqan deydi.
Mazkur holatlarni inobatga olib gulli o`simliklarning asosiy evolyusion Yo`nalishlari aniqlangan.
1.Daraxtlar – butalar - ko`p yillik o`tlar - bir yillik o`tlar. O`tlar - ikkilamchi yog`ochlanuvchi o`simliklar.
2.Tik o`suvchi poyali o`simliklar - yotib, ilashib va chirmashib o`suvchi o`simliklar.
3.Doim Yashil o`simliklar - barglarini to`kuvchi o`simliklardir.
4.Doira shaklida joylashgan o`tkazuvchi naylar - tarqoq joylashgan naylar.
5.To`rsimon tomirlangan barglar - parallel tomirlangan barglar.
6.Oddiy butun barglar-oddiy bo`lingan barglar - murakkab barglar. Murukkab barglar - ikkilamchi oddiy barglar.
7.Ketma-ket joylashgan barglar - qarama-qarshi joylashgan barglar.
8.To`g`ri (aktinomorf) gullar - qiyshiq (zigomorf) gullar.
9.Oddiy, yakka gullar - to`pgullar (ko`p gullar).
10.Gul bo`laklari noaniq (ko`p) gullar - gul bo`laklari kam va aniq sonli gullar.
11.Qo`sh gulqo`rg`onli gullar - oddiy gulqo`rg`onli yoki gulqo`rg`onsiz gullar.
12.Gul bo`laklari birlashmagan (erkin) - gul bo`laklari qo`shilgan (birlashgan).
13.Hasharotlar bilan changlanish - shamol yordamida changlanish
14.Ikki urug`pallali urug` - bir urug` pallali urug`.
15.Apokarp (tutashmagan) meva - senokarp(tutashgan) meva.
16.Ko`p sonli changlar-kam sonli changlar.
17.Ikki jinsli gul - bir jinsli gul.
18.Ko`p urug` kurtak - bir urug` kurtak.
O`simliklar dunyosida gulli o`simliklar alohida o`rin egallaydi. Ular butun o`simliklar dunyosining yarmidan ko`prog`ini o`z ichiga oladi.
Gulli o`simliklarning evolyutsiyasida oddiydan murakkabga qadar yo`nalishni kuzatish mumkin. Devon va toshko`mir davrida qirqbo`g`imlar, plaunlar va qirqquloqlar (Qirqquloqlar) keng tarqalgan va ular o`simliklar dunyosida hukmronlik qilgan. Dastlabki urug`li o`simliklar esa devon davrining ohirlarida paydo bo`lib, mezozoy yerasida keng tarqalgan.
Mezozoy yerasining ohirlari va bo`r davrining boshlarida yopiq urug`li o`simliklar vujudga kelib, keyinchalik ular er sharidagi asosiy hukmron o`simlikka aylangan. Yopiq urug`li o`simliklarning yer sharida qisqa vaqtda, quruqlikda keng tarqalishiga baho berib, M.I.Golenkin «gulli o`simliklar yashash uchun kurash g`oliblaridir» deb ta`rif bergan edi.