1.Magnoliyakabilar sinfchasining asosiy qabila va oilalari. Ularning tarqalishi. Magnoliyakabilar sinfchasi sodda tuzilgan, tarkibida efir modda saqlovchi bezchalarning bo`lishi, gul qismining spiral joylanishi, apokarp ginitseyning bo`lishi, bilan farq qiladi. Bu sinfcha vakillarining ko`pchiligi daraxt, buta va o`t o`simliklardan tashkil topgan. sinfcha bir nechta qabilalarni o`z ichiga oladi.
Degeneriyadoshlar (Degenyeriaceae) oilasi. Bu oilaga magnoliyanamolar qabilasining eng qadimgi oilalaridan hisoblanadi. Uning vakillari Fidji orollarida uchraydi. Eng harakterli belgisi bu oilaning changchilari chang donachalarining qobi-i, og`izchasi va o`tkazuvchi sistemalari sodda (primitiv) tuzilishga ega.
Bu oilaga bitta turkum (degenyeria) va bitta tur (D.vitiensis) kiradi.
Bu tur 1942 yili amerikalik botaniklar anatom Irving Beyli va sistematik Albert Smitlar tomonidan kashf qilingan. Degeneriyaning kashf etilishi bu botanikada katta shov - shuv bo`lgan.Chunki, degeneriyalar eng primitiv guli o`simlik bo`lib, u yer sharida faqat Fidji orolida uchraydi. Degeneriya baland bo`yli daraxt bo`lib, tirqishsimon yorilgan po`st bilan o`ralgan. Barglari oddiy, barg yaprog`ini teng ikkiga bo`lib turuvchi barg tomirlari bor. Gullari o`rtacha kattalikda bo`lib, yakka-yakka holda joylashgan. Shuningdek guli ikki jinsli, kosacha bargi uchta, kichik, u urug`da saqlanib qoladi. Gultoji 12 ta, 3 yoki 4 doira bo`lib joylashgan.
Gultoji barglari gulkosasiga nisbatan ancha yirik. Lekin anatomik tuzilishi jihatdan ular bir-biriga yaqin turadi. Changchilari cheksiz(32 tagacha), uch qator bo`lib joylashadi. Urug`chisi 1 yoki 2 ta mevachi bargdan (karpell) tashkil topgan.Urug`chi tumshuqchasi uncha taraqqiy qilmagan, u asosan tuksimon tuzilishda bo`lib, changni ushlab qolishga moslashgan.
Degeneriyalar asosan qo`ng`izlar yordamida changlanadi. Shu sababdan degeneriyalar gulida juda ko`p sonda sarg`ish qo`ng`ir rangli kichkina qo`ng`izlarni uchratish mumkin.
Degeneriya mevasi ancha yirik bo`lib,uning uzunligi 5 sm ga etadi.Eng qiziqarli tomoni degeneriyalar urug`ining murtagi 3 yoki 4 urug`pallalardan iborat.Degeneriyalar aslida ikki urug`pallali o`simlik.