Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə90/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Qayinnamolar qabilasi
Qayindoshlar oilasi. Bu oilaga 6 ta turkumga mansub 150 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Keng tarqalgan turlariga misol qilib tiyanshan qayini olish mumkin. U bargini to`kuvchi daraxtdir. Bargi oddiy, yon bargchali. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Gulqo`rg`oni oddiy. Changchi guli kuchalada, urug`chi guli yumaloq to`pgulda joylashgan. Shamol yordamida changlanadi. O`zbekistonda bitta turkumga mansub 2 turi o`sadi.
Yong`oqdoshlar (Juglandaceae) oilasi
Oila 7 ta turkumga mansub 60 ta turni birlashtiradi. Asosan Yevrosiyo va Amerikada tarqalgan. Gullarni ayrim jinsli, changchilari kuchalasimon to`pgulda joylashgan. Urug`chisi ikkita mevachi bargning qo`shilib o`sishidan hosil bo`lgan.Tugunchasi ostki, mevasi-yong`oq meva. Barglari toq patsimon murakkab, efir moyli bezchalardan iborat.
O`zbekistonda oddiy yong`oq (Juglans regia) o`sadi. U Pskom, Ugam, Chotqol, Hisor tizimlarida keng tarqalgan. Yong`oqlar davr relikti hisoblanadi. Bir vaqtlar keng arealga ega bo`lib, keyinchalik qisqarib ketgan. Yong`oqning yog`ochidan qimmatbaxo buyumlar tayyorlanadi. Mevasidan xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda turli xil kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Mevasi mag`zida 75 foiz yog`, po`stida oshlovchi moddalar saqlaydi.
13-Mavzu: Ra`nokabilar sinfchasi umumiy tasnifi., Burchoqnamolar, Mirtanamolar va Sapindnamolar qabilalari.
Reja
1. Ra`nonamolar qabilasi. Tobulg ‘adoshlar, Ra’nodoshlar, olmadoshlar va olxo ‘ridoshlar oilalari tavsifi, vakillari.
2. Mitranamolar qabilasi. Anardoshlar oilasi.
3. Burchoqnamolar va Jiydanamolar qabilasi vakillarining tavsifi.
4. Araliyanamolar (Ziranamolar) qabilasi. Araliyadoshlar va ziradoshlar oilalari: tavsifi, vakillari
1. Ra`nonamolar qabilasi. Ra`nodoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.
Ra`nokabilar (Rosidae) sinfchasi.Bu sinfcha vakilalari filoginetak jihatdan dilleniyakabilar sinfchasi yaqin turadi. Ra`nokabilar sinfchasi 40 ta qabila, 60 ta oila, 2800 turkumga mansub 5500 turni o`z ichiga oladi. Bu sinfcha dilliniyakabilar sinfchasi singari magnoliyasimon sinfining asosini tashkil etadi. Bu ikkala sinfcha qadimgi magnoliyakabilardan kelib chiqqan degan fikrlar mavjud.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin