Ra`nonamolar (Rosales) qabilasi Bu qabila 3 ta oilani birlashtiradi. Bulardan eng keng tarqalgani va taksonlarga boyi ra`nodoshlar.
Ra`nodoshlar (Rosaseae) oilasi. Oila 100 ta turkumga maansub 3000 dan ortiq turlarni birlashtiradi. O`zbekistonda 11 turkumga oid 96 turi o`sadi. Ular yer yuzida juda keng tarqalgan daraxt, buta liana va o`t o`simliklardan iborat. Ko`pchilik turlarida gullari aktinomorf,ikki jinsli,ayrim turlarida zigomorf, changchilari gulkosa va gultoji barglariga teng, kosacha va gultoj barglari 5 tadan bo`lib, joylashadi. Urg`ochisi ko`p yoki bitta. Mevalari turlicha: rezavor, sohta meva, bargak, yong`oq va b. Ra`nodoshlar oilasi 6 ta oilachaga bo`linadi. Bular: tobulg`idoshlar, ra`nodoshlar, olmadoshlar, olxo`ridoshlar va b.
Tobulg`idoshlar oilachasi.Oilacha vakillari asosan butalardan iborat. Barglari oddiy yoki murakkab. Gulkosacha va gultojbarglari beshtadan, changchilari cheksiz, urug`chisi 5 ta mevachi bargning qo`shilib o`sishidan tashkil topgan. Tobulg`ilar tog`larda keng tarqalgan. Manzarali va asal-shirali o`simlik sifatida katta ahamiyatga ega. O`zbekistonda 5 ta turi o`sadi.
Ra`nodoshlar oilachasi. Bu oilachaga o`t va butalar kiradi. Barglari murakkab patsimon,yon bargchali. Guli aktinomorf. O`zbekistonda mazkur oilachaning bir necha yovvoyi va madaniy turlari o`sadi. Tabiiy holda maymunjon turkumining 2 turi, ekma sharoitda qulupnay turkumining 1 ta turi va tabiatda na`matakning 10 dan ortiq turi o`sadi.
Olmadoshlar oilachasi.Oila vakillari oldingi ikki oilachadan guli va mevasining tuzilishi bilan farq qiladi. Bularning bargi oddiy, navbat bilan joylashadi. Hayotiy shakliga ko`ra daraxt va butalardan iborat. Gulkosacha va gultoj barglari 5 tadan. Changchilari cheksiz, urugchisi 5 ta mevachi bargdan tashkil topgan, ba`zan 2 ta mevachi bargdan iborat bo`ladi. Tugunchasi ostki, mevasi sohta olma. O`zbekistonda olmaning bitta yovvoyi turi (Malus sievyersii) o`sadi va ko`plab madaniy navlari ekiladi .
Olxo`ridoshlar oilachasi Mevasi chin meva. Hayotiy shakliga ko`ra daraxt va butalardan iborat. Gulkosacha va gultojbarglari 5 tadan, changchilari 10 tadan 20 tagacha etadi. Urug`chisi 1 ta, urug`i danakcha. Bodom (Amygdalus), O`rik (Armeniaka), Shaftoli (Persica), Olcha (Primus) turkumlari shu oilachaga kiradi.