3.Chinorkabilar sinfchasi. Chinornamolar, Qayinnamolar va Yong`oqnamolar qabilasi qabilasi. Chinordoshlar (Platanaceae) oilasi.Bu oilaga bitta turkum, 10 ta tur kiradi. Ular Shimoliy Amerika, Kanada, Meksika, O`rta Yer dengizi bo`ylari, G`arbiy Himolay, Xindi-Xitoy, Bolqon yarim oroli va O`rta Osiyoda tarqalgan. Bizda bitta Sharq chinori o`sadi.Chinorning vatani O`rta Osiyoda. Chinor manzarali o`simlik sifatida ko`chalarda, bog`larda o`ziga hos ko`rk berib turadi. Chinor serbarg o`simlik, bargida yon bargchalari bo`ladi. Kurtagidan dastlab barg chiqadi, keyin gulga kiradi. Gullari bir jinsli,changchi guli sarg`ish boshchada, urug`chi guli qizil boshchada hosil bo`ladi. Shamol vositasida changlanadi. Changchilari 3-4, ba`zan 7 ta gacha bo`ladi. Urug`chi gullari 5-9 ta mevachi barglarning qo`shilib o`sishidan hosil bo`lgan. Chinorlar 2000 yilcha umr ko`radi, tabiatda 500, 1000 yil yashagan chinorlar uchraydi. Turkiya (Istambul yaqinida) tanasining aylanasi 18 m keladigan chinorni uchratish mumkin.Surxandaryo viloyati Boysun tumaniga qarashli Sayrob qishlog`idagi chinorning kavagida maktab tashkil etilib, unda bolalar ta`lim olishgan.Chinor yog`ochi qimmatli qurilish materiali hisoblanadi, u mustahkamligi jihatidan yong`oq yog`ochidan qolishmaydi. Sharq chinori O`zbekiston Respublikasi ,,Qizil kitobi,,ga kiritilgan.
Emannamolar(Fagales) qabilasi. Emandoshlar (Fagaceae) oilasi. Emandoshlar oilasining 18 turkumga munosib 900 ga yaqin turlari bor.Ular asosan bargini to`kadigan yoki doim Yashil daraxt va ayrim butalardan iborat. Emanlar asosan Shimoliy Yarim sharda keng tarqalgan, qisman ular Janubiy ekvatorda o`sadi. Emanlarning ko`pchilik turlari juda yirik daraxtlar bo`lib, balandligi 35-40 m ga etadi. Barglari oddiy navbatlashib joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo`rg`oni oddiy, tugunchasi ustki, to`pguli kuchala yoki kallakchadan iborat. Mevasi bir urug`li yong`oqcha.
Emandoshlar oilasiga mansub o`simliklarning xo`jalikdagi ahamiyati juda katta.Ulardan qimmatbaho yog`och mahsulotlari olinadi. Po`stlog`i esa oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi. Eman manzarali o`simlik sifatida ko`plab ekiladi. O`zbekistonda uning 7 ta turi ekiladi.