Ayiqtovonnamolar qabilasi. Qabilaga mansub o`simliklar asosan o`t, ba`zan buta va lianalardan iborat. Barglari oddiy va murakkab, yon bargchasiz, gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf. Gulqo`rg`oni qo`shqo`rg`onli yoki oddiy, changchilari ko`p sonli yoki 6 ta (ba`zan 3 ta).Urug`chisi aporkarp.
Ayiqtovonnamolar qabilasiga 8 ta oila kiradi, ular orasida ayiqtovondoshlar, menispermdoshlar, zirkdoshlar kabi oilalar bor.
Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi. Oilaga 66 ta turkum, 2000 ga yaqin tur kiradi. O`zbekistonda esa 20 turkumi, 107 turi o`sadi. Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o`simliklar asosan ko`p yillik o`t va ayrim buta hamda bir yillik o`tlardan iborat. Bu oilaga kiruvchi o`simliklarning barglari oddiy, yon bargchasiz, poyada ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashadi. Gullari ikki jinsli, aktinomorf (isfarak va sanchiq o`tlardan tashqarisi). Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri erbag`ir ayiqtovon, urug`ida 1,40 foiz efir moyi saqlovchi sedana va dorivor isfarak, oq pari, sug`uro`t kabi turlari bor. Ayiqtovondoshlar oilasi 6 ta oilachaga bo`linadi, shulardan 5 tasining vakillari O`zbekistonda o`sadi. Buxoro vohasida ayiqtovondoshlar oilasining 8 turi uchraydi(1 rasm). Ayiqtovondoshlar oilasining quyidagi turlari - Knoring isfaragi, Zarafshon parpisi, oq parpi, boysun po`fanagi, cho`ziq po`fanak, tillarang sug`uro`t, tuksiz sug`uro`t, tuksiz sug`uro`t, oltoy trolliusi O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ga kiritilgan.
Bu oila vakillarining xaraktyerli belgisi otaliklarining magnoliyadoshlar oilasining vakillaridagi singari cheksiz bo‘lib,ko‘pincha spiral joylanishi,onaligining qariyb hamma vaqt yerkin bo‘lishidir. Ayiqtovondoshlarning to‘qimasida efir moyi bezlari bo‘lmasa ham, lekin tarkibida chorva mollari uchun zaharli bo‘lgan alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo‘ladi. Shuning uchun bu oila vakillarini mollar xush ko‘rib yemaydi, ko‘plari zaharli o‘tlar hisoblanadi.
Ayiqtovondoshlar oilasi ba’zi turlarining mevasi bargsimon bo‘lsa, ba’zilarining mevalari ochilmaydigan yong‘oqchalar holida bo‘ladi. Ba’zan rezavor va ko‘sakcha mevalilari ham uchraydi.Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) turkumidir. Bu turkum 600 turga ega. Bular orasida o‘rta mintaqada eng ko‘p uchraydiganlaridan zaharli ayiqtovon (R.Scelyeratus), o‘rmalovchi ayiqtovon (R.repens), o‘Yuvchi ayiqtovon (R.acyer)ni aytib o‘tish mumkin.
O‘rmalovchi ayiqtovon (Ranunculus repens) - nam joylarda ko‘p uchraydigan o‘t bo‘lib,ildiz yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma barglari (rozetkasi)bor. Gullari qimoz tipda Shoxlanadigan yoyiq to‘pgul bo‘lib turadi. Gulning qo‘sh gulqo‘rg‘oni bor. Bu gulqo‘rg‘on 5 ta gulqo‘rg‘on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta gultojbarglardan tashkil topgan. Har qaysi gulbarg tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor, bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz sonda bo‘lib spiral holda joylashgan.Ulardan Yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har qaysi onalik bitta meva bargchasidan iborat bo‘lib, ularda ko‘zga arang ilinadigan ustuncha bor. Bir uyali tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva-yong‘oqchadan iborat.
Bu oilaga: adonis yoki sug`ur o‘t (Adonis), sedana (Nigella), isparak (Delphnium), akonit (Aconitum), kabi turkumlar ham kiradi.
Akonit turkumi (Aconitum). Bu turkum vakillari ildizlari tuganaksimon, bo‘rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari panjasimon qirqilgan yirik gulli o‘t o‘simliklar bo‘lib ularning gullari noto‘g‘ri, ko‘k, binafsha, sariq ba’zan oq ranglidir. Gulqo‘rg‘oni tojsimon. Mevasi ko‘p urug‘li, bargsimon bo‘ladi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi bor.Tanasining barcha qismi zaharlidir. Ko‘pincha dorivor va dekorativ o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Dori bo‘ladigan o‘simliklar orasida bahor suvur o‘ti (Adonis vyernalis) hammadan ko‘proq ishlatiladi. Bularning yyer ustki qismidan Yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan adonizit va adonin brom nomli preparat tayyorlanadi. Pionlar, isfaraklar manzarali o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi.