Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Lavrnamolar qabilasi. Umumiy tavsifi o`ziga xos xususiyatlari, bioekologiyasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə84/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2. Lavrnamolar qabilasi. Umumiy tavsifi o`ziga xos xususiyatlari, bioekologiyasi.
Lavranamolar qabilasi (Laurales) ning 11 ta oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma`lum. Ular asosan daraxt va buta shaklidagi o`simliklar. Barglari ketma-ket, qarama-qarshi, ba`zan halqasimon joylashgan.
Lavrdoshlar oilasi – Lauraceae. Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amyerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida tarkalgan.
Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri asl lavr (Laurus nobilis). Bu o`simlik g`oyat hidli, gullari mayda, ayrim jinsli, 2 uyli, yoki bir uyli o`simlik. Gul formulasi: P3+3A3+3+3 G(3)
Mevasi-danak yoki rezavor meva, urug`i endospermsiz. Lavr o`simligi qimmatbaho oziq - ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali o`simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning navlari subtropik o`lkalarda – Kavkaz, Qrimda madaniylashtirilgan.
Oilaning ikkinchi turi Avakado (Pyersea gratissima) hisoblandi.
U doimiy Yashil daraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining og`irligi 600 grammgacha etib boradi. Mevaning tarkibida 30 % gacha yog`, 4 % oqsil moddasi bor. Uning mevasi uchun Qora dengizning janubiy sohili va Kavkazda o`stiriladi. Avakado oshqozon va qand kasalligiga duchor bo`lgan kishilar uchun yaxshi dietik ovqat xisoblanadi.


3. Nilufarnamolar qabilasi. Nilufardoshlar oilasi. Umumiy tavsifi o`ziga xos xususiyatlari va vakillari hamda bioekologiyasi.
Nilufarnamolar qabilasi – Nymphaeales.
Bu qabilaga ko`p yillik suvda o`suvchi, ko`pincha ildiz poyali o`simliklar kiradi. Poyasi reduksiyaga uchragan. Barglari butun ketma - ket yoki halqa shaklida joylashgan. Gullari yirik ikki jinsli, to`g`ri, hasharotlar bilan changlanadi. Qabilaning muhim oilasidan biri Nilufardoshlar.
Nilufardoshlar oilasiNyphaeaceae.
Bu oila gulli o`simliklarning eng qadimgi oilalaridan biri bo`lib, ular 8 ta turkum va 100 ga yaqin turdan iborat. Aksariyat qismi issiq iqlimli va subtropik o`lkalarda tarqalgan. O`rta Osiyoda 2 ta turkumga oid 4 ta turi uchraydi. Ularning ko`pchiligi suv havzalarida – ko`llarda, botqoqliklarda o`sadigan ko`p yillik ildiz poyali o`simliklar. Gullari yirik, aktinomorf, ikki jinsli.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin