Sallaguldoshlar oilasi (Ayiqtovondoshlar oilasidan ajratilgan). Bu oila bitta turkumdan iborat.Unga Evrosyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan 35-40 tur kiradi. O`zbekistonda oilaning sallagul- paeonia hibrida deb ataluvchi turi O`zbekiston «Qizil kitobi» ga kiritilgan. Sallagul ildizidan tayyorlangan qaynatma tabobatda tinchlantiruvchi dori o`rnida ishlatiladi.
Ko`knornamolar (Papavyerales) qabilasi
Qabilaga bir-biriga juda yaqin 3 ta oila: Shotaradoshlar-Fumariaseae, Bo`g`immevadoshlar - Hypecoaseae va ko`knordoshlar - Papavyeraseae kiradi. Bulardan eng yirigi ko`knordoshlar oilasi bo`lib, unga 24 ta turkumga oid 250 ta tur kiradi. Bu oilaga mansub o`simliklar bir yillik va ko`p yillik o`tlardan iborat. Ko`knordoshlarga kiruvchi o`simliklar Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Janubiy Amerikada tarqalgan.
Bu oila vakillarining barglar oddiy ketma-ket joylashadi, yon bargchasiz. Gullari ikki jinsli aktinomorf, gul qo`rg`oni qo`sh gulqo`rg`onli. Guli ochilishi bilan gul kosacha barglari tushib ketadi. Gul tojibargi 4 yoki 5 ta, changchi va urug`chilari cheksiz . Mevasi ko`p urug`li ko`sakcha.
Chinnigulkabilar sinfchasi. Chinnigulnamolor qabilasi. Chinnigul
doshlar oilasi: tavsifi, vakillari va bioekologiyasi.
Chinnigulkabilar (Caryophyllidae) sinfchasi
Chinnigulkabilarga qadimgi ayiqtovonkabilardan kelib chiqqan deb qaraladi. Bu sinfcha vakillari arid (qurg`oqchilik) zonalarda o`sishga moslashgan. Shuning uchun ular cho`l va yarim cho`llarda ancha keng tarqalgan. Lekin tog` zonalarida ayniqsa chinniguldoshlar oilasiga mansub o`simliklardan ko`plab uchratish mumkin. Sinfcha vakillari asosan o`t va butalardan yoki past bo`yli daraxtlardan iborat. Gullari ikki jinsli, kamdan-kam hollarda bir jinsli. Bu sinfcha 3 ta qabila, 650 turkumga mansub 11500 yaqin turni o`z ichiga oladi.
Chinnigulnamolar(Caryophyllales ) qabilasi.
Qabila 17 ta oilani o`z ichiga oladi. Bular orasida chinniguldoshlar, kaktusdoshlar, sho`radoshlar, gultojiho`rozdoshlar kabi oilalar bor.
Dostları ilə paylaş: |