Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə95/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

14-Mavzu:Bir urug‘ pallali o‘simliklar sinfining umumiy tasnifi va kelib chiqishi. Lolanamolar (Liliales) va Nargisnamolar qabilasi oilalari vakillarining tarqalishi va ahamiyati
Reja:
1.Bir pallalilar sinfini qisqacha tasnifi
2. Bir va ikki urug’pallali o’simliklar sinfini taqqoslash
3. Palmakabilar sinfchasi tavsifi, vakillari
4. Buldurug‘o‘tkabilar sinfchasi tavsifi, vakillari
Lolasimonlar sinfi A. L. Taxtadjyan (1987) ma`lumoti bo`yicha 104 oila, 3000 turkum va 63000 tur kiradi. Bu sinf vakillarining urug`pallasi bitta. Ular asosan bir yillik o`tlardan va ba`zi daraxt (palma)simon o`simliklardan iborat. Ildizlari popuk ildiz. Barglari parallel tomirlangan. Poyasida ikkilamchi yo`g`onlashish yo`q, chunki bularda kam­biy rivojlanmaydi. Gul tuzilishi ham o`ziga xos oddiy. Gulqo`rg`on bo`laklari 3 tadan bo`lib joylashadi. Hasharotlar va shamol vositasida changlanadi.
Gulli o`simliklarning bu katta sinfiga, asosan mo``tadil iqlimli shimoliy kengliklarda tarqalgan o`t o`simliklar, Shuningdek subtropik va ayniqsa tropik oblastlarga xos bir muncha kam tarqalgan daraxtsimon o`simliklar kiradi. Bu ajdodga Bular gulli o`simliklarning yaqin 25% tashkil etadi. Bu ajdod urug` pallasining 1 ta bo`lishidan tashqari bir qancha o`ziga xos belgilarga ega.
Bir pallali o`simliklar o`ziga xos quyidagi belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi.
1. Bu sinfga mansub ko`pchilik o`simlik vakillaring urug`ida faqat bitta urug` palla bo`ladi.
2. asosiy ildizi barvaqt qurib qolib qo`shimcha ildizlari rivojlanadi.
3. Barglari asosan, paralel yoki yoysimon ba`zan to`g`risimon tomirlangan bo`ladi.
4. Naychalar bog`lami tutash (kambiy qatlamisiz) bo`ladi va ular ko`pincha sochilib joylashadi.
5. Ko`pchilik xollarda gullari 3 bo`lakchali va besh qirralidir.
6. poyaning ko`ndalang kesimida tartibsiz joylashgan o`tkazuvchi bog`lamlar doira shaklida emas, balki tutash bo`ladi.
7. Bog`lamlarda va ularning orasida kambiy bo`lmaydi.
8. Bir pallalilarning barglari asosidan uzoq vaqtgacha o`sadi. Shuning uchun ularning barglari ancha uzun bo`ladi. Bir pallalilar orasida daraxtsimon vakillari kam uchraydi.
Bu sinfga kiradigan ko`pchilik bir pallali o`simliklarning poya va ildizlari kambiy qatlami bo`lmaganligidan ular, odatda yo`g`on tortib (ikkilamchi) o`smaydi. Ikkilamchi tartibda o`sadigan turlari kambiy hisobiga qalinlashmaydi. Ikkilamchi o`sish bir pallalilarning faqat ba`zi turigagina (yog`ochsimon, drasena, Yukkalarga) xos bu poyaning periferik qismida hosil bo`ladigan ikkilamchi meristema (hosil qiluvchi to`qima) ning bo`lishi natijasida ro`y beradi.
Bir pallalilarning gul tuzilishi va vegetativ organlari bir muncha oddiyroq tuzilgani uchun XIX asrdagi olimlar bu sinfni ikkipallalilarga nisbatan oddiyroq sinf deb hisoblaganlar. Lekin hozirgi sistematiklarning ko`pchiligi bir pallalilarni ikki pallalilarning ajdodi deb hisoblamaydi. Ba`zi olimlar bu ikki sinf bir ajdoddan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Boshqa olimlar bir pallalilar yopiq urug`li o`simliklar evolyutsiyasining dastlabki davrlarida ikkipalalilardan kelib chiqqan deydi.
Bir pallalilarning ikki pallalilardan kelib chiqqanligini ko`rsatadigan dalillar quyidagilar: 1. Ikki pallalilarning bir muncha soddaroq vakillarida bir pallalilarning belgilari bor. 2. Bir pallalilarlarning ontogenezining ilk bosqichlarida ikki pallalilarning ba`zi belgilari paydo bo`ladi.
Urug`li o`simliklarning eng qadimgilarida sagovnik, bennetit, gnetum va sarvlarda ikkita urug`palla bor. Ko`pchilik ninabarglilarda ikkitadan ortiq urug`palla bo`lishiga sabab dastlabki ikki urug`pallaning bo`lishidir. Shunga ko`ra urug`pallalarning 2 pallali bo`lshi soddalikni ko`rsatadigan belgisi hisoblanadi ikki urug`pallali o`simliklarda ham bir urug`pallani ko`rish mumkin. Masalan: ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko`knordoshlar, ziradoshlar va navro`zgullilarda.
Ikki pallalilarning ba`zi vakillarida ayiqtovondoshlar oilasi vakillarida embrion ildizning yo`qolib ketishi, bug`doydoshlarda esa asosiy ildizning uzoq saqlanishi aniqlangan. Ikkipallalilarda o`tkazuvchi bog`lamlarning tartibsiz joylashishi va kambiy faoliyatining yerta tugashi, birpallalilarda poya bog`lamlari bir doirada bo`lishi va tez yo`qolib ketadigan kambiyning bo`lishini keltirish mumkin. Bu dalillar bir pallalilar ikki pallalilardan kelib chiqqan deyishga asos bo`ladi.
Bir pallalilar turlarining soni ikkipallalilar turlari sonining 1/3 ko`ra kamrog`ini tashkil qiladi. Lekin birpallalilar individlarning soni jihatidan o`tloqlar, cho`llar, katta - katta daryolarning soxilidagi sersuv erlari singari ba`zi joylarda ikki pallalilardan turadi va ko`pincha asosiy manzara fonini hosil qiladi.
Bizning floramizda bir pallalilardan faqat o`t o`simliklar bo`lib, ular o`tloq, dasht, Shunigdek, tog` va cho`l yaylovlarda o`sadi. Odatda, bir pallali o`simliklar orasida ildiz poyali ko`p yillik, Shunigdek,tuganakli va piyozli o`simliklar uchraydi. Piyozsimonlar asosan yilning qurg`oqchilik davri aniq ifodalangan oblastlar uchun xosdir. Bir pallali o`simliklar inson haetida katta ahamiyatga ega. Bug`doy, javdar, makkajo`xori, shakarqamich, palma kabi oziq ovqat tayyor-lanadi, Shunigdek, har - xil em-xashak, texnika xom ashyosi va manzarali o`simliklar sifatida qo`llaniladi.
Lolasimonlar 4 ta sinfchaga bo`linadi: Bulduruqo`tkabilar, triuridkabilar, lolakabilar va palmakabilar.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin