Poyabargdoshlar - Lemnaceae oilasi Bu oila vakillari guli o‘simliklar orasidagi eng kichigi hisoblanadi. Uning poyasi, bargi yaxshi taraqqiy qilmagan. Ular sekin oqadigan suvlarda o‘sadi. Guli ayrim jinsli. Gulqo‘rg‘oni yo‘q. Changchisi 1 ta yoki 2 ta. Asosan, vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi, urug‘i suv ostida yetiladi. Poyabarglar suvda yashovchi parrandalar uchun ozuqa hisoblanadi. Bundan tashqari, uy hayvonlarini boqishda yem-xashak sifatida ham ishlatiladi.
Poyabargdoshlar oilasiga 6 turkum, 30 (43) tur kiradi. Yer yuzida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda oilaning 2 turkum va 4 turi, O'zbekistonda esa bitta turkumga mansub 3 turi tarqalgan.
Kichikpoyabarg lemna - Lemna minor. Ko'p yillik suvda o'sadigan o't. Bo'yi 2-4 mm, cni 2-3 mm. Gullari juda mayda, bir jinsli. Changchi gullarida 2 tadan changchi yetiladi. Urug'chi gullari bir uyali. May-avgust oylarida gullab, urug' beradi. Ko'l va boshqa suv havzalarida suv betini qoplab o'sadi.
Qo`g`anamolar (Typhales) qabilasi vakillarining tarqalishi, biologiyasi va ahamiyati Qo‘g‘anamolar - Typhales qabilasi Qabila 2 ta oilani o‘z ichiga oladi: Qo‘g‘adoshlar (Typhaceae) va Qalamibargdoshlar (Sparganiaceae).
Qo‘g‘adoshlar - Typhaceae oilasi Oilaga bo‘yi 2 metrgacha yetadigan ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ildizpoyasi yo‘g‘on, suvli muhitda, ayniqsa, botqoqliklarda o‘suvchi, barglari uzun, lentasimon o‘simlik. Oilaga bitta turkum va 15 ta tur kiradi. Bizda qo‘g‘a (Typha) turkumiga kiruvchi 6 ta tur o‘sadi. Yer yuzida keng tarqalgan. Gullari mayda, bir jinsli, gulqo‘rg‘onsiz, boshoqsimon so‘tada joylashgan. Urug‘chi gullari so'taning ostki, yo‘g‘on qismida, changchi gullari esa ustki ingichka qismida joylashgan. Changchi guli 3 ta changchi, urug‘chi guli 1 ta mevachabargdan iborat. Barglari dag‘al tolaga ega.
Qo‘g‘alaming barglaridan savat, bo‘yra, qoplar qilinadi. lldizidan kraxmal olish mumkin. So‘tadagi momiqlar sellulozadan iborat, momig‘i fetr shlyapa tayyorlashda yungga qo‘shiladi.