Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Kengbarg qo‘g‘a - Typha latifolia



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə99/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Kengbarg qo‘g‘a - Typha latifolia. Bo‘yi 1-2 m, poyasining yo‘g‘onligi 1-1,5 sm. Barglari yassi, keng qalamli, eni 1-2 sm. Changchi to‘pgullarining eni 1-1,5 sm, urug‘chi to‘pgullariniki 2-2.5 sm, qoramtir-qo‘ng‘ir. Iyul oyida gullaydi, urugi avgust oyida pishadi. Adir va tog‘ hududlaridagi daryo va ko‘l bo‘ylarida, soylardagi botqoqlashgan yerlarda o‘sadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

  1. Jizn` rasteniy. IV-V-VI tomlar, 1981.

  2. Taxtadjyan N.L. Sistema florogeniya svetkovыx rasteniy. M. Nauka, 1966.

  3. Kamarniskiy N.A va boshqalar. Botanika. 1935

  4. Matkarimova A.A., Mahkamov T.X., Mahmudova M.M., Azizov X.Ya., Vaisova G.B. Botanika. – Toshkent: “Fan va texnologiya” 2019. 298 b.

  5. Hamidov A, Nabiev M, Odilov T. O`zbekiston o`simliklar aniqlagichi. Toshkent, 1987.

  6. Pratov O`.P., Odilov T.O. - Uzbekistan Yuksak o`simliklari oilalarining zamonaviy tizimi va o`zbekcha nomlari. Toshkent. 1995. 39 b

15-Mavzu: Bug‘doynamolar qabilasining o‘ziga xos belgilari (tavsifi) tarqalishi, ko‘payishi va axamiyati..

Bu oilaga bir yillik ikki yillik va ko`p yillik o`simliklar va ba`zan bo`yi bir necha metrga etadigan daraxt o`simliklar kiradi. Poyalari poxol bo`lib, bo`g`im va bo`g`im oraliqlari bor, poyaning bo`g`im oralari ichi bo`sh (kovak) ba`zi xollardagina masalan, makkajo`xori, savag`ichlardir. Barglari chiziqli oddiy barg qini va barg plastinkasidan iborat bo`lib ko`pincha barg ko`rinib turadigan tilcha bor: Barglari poyaga navbat bilan joylashadi. Tilchaga yopishib, turib barg qini bilan poxol poya oralig`idagi bo`shliqdagi bo`shliqqa suv kirishiga yo`l bermaydi. Tilcha sistematik belgilari bo`lib, uning shakli va katta kichikligi har xil bo`ladi. Qin bo`g`inlar oralig`idagi o`sish zonalarini himoya qiladi. Va ayni vaqtda poyani chidamliligini ortiradi.


Boshoqdoshlarning oilasi tuproq yuzasidagi yoki undan Yuqori to`rgan qismida to`planish bo`g`imidan Shoxlaydi. Falladoshlarning guli bir yoki ikki jinsli bo`lib, ular dastlabki to`pgul-boshoqchalarga yig`ilgan. Boshoqchalar ham o`z navbatida murakkab to`pgullar: murakkabboshoq, murakkab ro`vak, popuk va so`tani hosil qiladi. Boshoqchaning tuzilishi har xil bo`lib, u sistematik belgi hisoblanadi. Tipik boshoqning butun boshoqchani mahkam o`rab oladigan bir juft po`sti bo`ladi. Po`sti ichida 1 ta yoki ko`p gul turadi. har bir gul po`stining ostki qismini ham o`rab. Ustki gul po`stining 2 ta qirrasi bor: bu uning gulqo`rg`onini tutashib o`sgan 2 ta bargchasidan iborat ekan ishchini ko`rsatadi. Bundan keyin 2 ta, ba`zan 3 ta va undan ham ko`p 2 ga ajralgan gulqo`rg`on pardasi (Lodikulae) joylashgan. Bu parda g`alladoshlarning gullash biologiyasida katta ahamiyatga egadir. Gullash oldidan pardalar nihoyatda shishib ketadi va Shuning uchun gul po`sti ochiladigan, bu esa changchi va urug`chilarning gul ichida chiqishiga imkon beradi.
Changchi ko`pincha 3 ta , ba`zan 1, 2, 6 ta yoki undan ko`p bo`ladi. Changchilarning ko`p miqdor quruq va yengil chang chiqaradigan yirik changdoni bo`ladi. Changchi iplari o`simlik gullaguncha qisqa bo`ladi, lekin gullash vaqtida tez uzayadi va changdonlarini guldan tashqariga chiqaradi. Changchi tushib o`sgan 2-3 ta meva bargchadan tuzilgan. Changchi og`izchasi 2 bo`lakchali, ba`zan 1-3 bo`lakchali patsimon, faqat makkajo`xorining urug`chi og`izchasi ipsimon. Tugunchasi ustki, bir uyali to`g`ri yoki bir oz egilgan 1 ta urug`kurtakda bo`ladi.
Boshoqlar shamol yordamida, faqat ba`zilari o`z-o`zidan changlanadi. Mevasi don bo`lib, u gulqo`rg`on bilan zich tutashib o`sadi. Endosperma juda rivojlangan.
Ko`p yillik boshoqlar to`planish usuliga qarab 3 ta tipga bo`linadi.
1.Ildizpoyali boshoqlar boshoqdoshlarning to`planish bo`g`imlaridan birmuncha uzun novdalar chiqadi, ular er tagiga gorizontal holatda o`suvchi ildiz poyalardir. Bug`doyiq, suv bug`doyiq, qamish ildizpoyali boshoqdoshlarga misol bo`la oladi.
2. Siyrak to`planuvchi boshoqdoshlar bularning bo`g`imi ham er Yuzasida bo`ladi, lekin bo`g`imdan chiqqan novdalar er ustidagi asosiy poyaga nisbatan o`tkir burchak bilan ko`tariladi. Timofivka oq suxta siyrak to`planuvchi o`simliklarga misol bo`la oladi.
3. Zich to`planuvchi boshoqdoshlar bularning ildizpoyali hamda siyrak to`planuvchi boshoqdoshlardan farqi shuki, to`planish bo`g`imi yer yuzasidan Yuqorida bo`ladi. Har qaysi bo`g`imidan oraliqlarijuda qisqa bo`lgan novdalari chiqadi. Har bir novda o`zining to`planish bo`g`imini hosil qiladi. Undan xuddi Yuqorida aytilganidek ichki yon novdalar paydo bo`ladi. Natijada, zich to`p vujudga keladi zich to`planuvchi boshoqdoshlarga chalov betagalar misol bo`la oladi.
Bug'doydoshlar asosan shamol yordamida changlanadi. Mevasi - don. U po'st, endospcrma va murtakdan iborat. Doni (meva) ning ko'p qismi kraxmalli cndospcrmdan iborat, uning tag tomonida qalqon bilan ajralib turgan kichkina murtak joylashgan.
Bu oila 900 turkum va 10500-11000 turdan iborat. Vakillari Yer yuzida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 95 turkum va 410 ga yaqin turlar uchraydi, O'zbekistonda 80 turkum va 216 turi mavjud.
Oila ikkita oilachaga bo'linadi: 1.Bambukdoshlar kichik oilasi – Bambucaidae 2. Qo‘ng'irboshdoshlar kichik oilasi – Poaideae.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin