1.Ishni bajarish tartibi. Elodeya uchki kurtagining bo‘yiga kesigidan preparat tayyorlab, mikroskopning kichik obektivida qaraladi. Kurtagining markazida o‘sish konusi joylashganligi, o‘sish konusining pastrog‘ida joylashgan bo‘rtmalar barg boshlang‘ichlari bo‘lib, o‘sish konusidan uzoqlashgan sari ular o‘sib, cho‘zilib, bargga aylanishi va o‘sish konusini atroflama o‘rab olishi ko‘rinadi. Barglar oralig‘ida joylashgan bo‘rtmachalar – boshlang‘ich yon kurtakchalardir, bulardan kelajakda qo‘ltiq (yon) kurtaklar hosil bo‘ladi. 2. Ishni bajarish tartibi. YOsh g‘o‘za Shoxchasini olib, o‘sish nuqtasidagi barglari uzib tashlanadi, so‘ngra shu o‘sish nuqtasidan bir nechta yupqa kesma tayryolab, bittasi buyum oynasidagi suv tomchisiga joylanib, usti qoplag‘ich oyna bilan bekitiladi. Bunga lupa yoki mikroskopning birmuncha katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektivi orqali qaraladi: agar hujayralar yaxshi ko‘rinmasa, unga xloralgidrat tomiziladi. Xloralgidrat hujayra ichidagi moddalarni eritib yuboradi, eritma filtr qog‘oz bilan tortib olinadi; so‘ngra preparatga suv yoki glitserin tomizilib tekshirilsa, poyaning o‘sish konusi yaqqol ko‘rinadi. O‘sish konusining ayrim uchastkalari mikroskopda yaxshilab tekshirilsa, uning sirt tomondan do‘mbayib chiqib turganligini ko‘ramiz; o‘sish konusidagi hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi natijasida paydo bo‘ladi; bu do‘mboq barg boshlang‘ichidir.
Agar poya va ildizni o‘sish konusidan yupqa kesma tayyorlab yoki doimiy preparatlarni mikroskop ostiga qo‘yib tekshirilsa, unda parenxima hujayralarning zich joylashganligini ko‘ramiz. Bu hujayralarda sitoplazma va albatta, bittadan yirik yadro bo‘ladi. Bu hujayralarning ko‘pida kariokinetik bo‘linish sodir bo‘ladi.
Mikroskopda tekshirilayotgan o‘sish nuqtasining umumiy ko‘rinishi daftarga chizib olinadi.
4–Amaliy mashg‘ulot. Mavzu. Qoplovchi to‘qima. Birlamchi va ikkilamchi qoplovchi to‘qima. 1. Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, suvdon, pinset, igna, geran bargi.
Nazariy ma’lumot. Qoplovchi to‘qima o‘simliklar organini tashqi tomondan o‘rab turadi va ichki qismini tashqi sharoit, temperatura va suv ko‘p bug‘lanishidan va turli mikroorganizmlar saqlanishidan saqlaydi.
Qoplovchi to‘qima zich joylashgan parenhima hujayralaridan tuzilgan. Hujayra po‘sti sellyulozadan iborat bo‘lib, kutinlashadi yoki po‘kaklashadi. Qoplovchi to‘qima kelib chiqishiga ko‘ra, uch xil birlamchi qoplovchi to‘qima – epiderma, ikkilamchi qoplovchi to‘qima – periderma va uchlovchi qoplovchi to‘qima – po‘stloq bo‘ladi.
Epiderma birlamchi meristemaning ustki qavatidagi hujayralarning differensiyalanishidan hosil bo‘ladi. Yashil barglar, novda va ildizlar tashqi tomondan epiderma bilan o‘ralgan bo‘ladi. Epiderma bir qator zich joylashgan parenxima hujayralaridan tuzilgan. Hujayra po‘sti notekis bo‘lib, sitoplazma va yadro hujayra po‘sti bo‘ylab joylashgan. Hujayra markazida vakuola bo‘ladi.
Epidermadagi ustitsalar (og‘izchalar) havo almashtirish vazifasini bajaradi. Ular loviyasimon ikkita hujayralarning birikishidan hosil bo‘ladi. Ustitsa hujayralari sitoplazma va yadrordan tashqari, Yashil plastidaga ham ega.
Epiderma tashqi tomondan kutikula pardasi qavati yoki tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Tukchalar epiderma tashqi devorining tuzilishidan hosil bo‘ladi, ular bir hujayrali, ko‘p hujayrali, o‘lik, tirik, oddiy, bezli va boshqa shakllarda. Epiderma suvni kam bug‘latish, gazlar almashinish va o‘simliklarning ichki qismini turli mexanik ta’sirdan himoya qilish vazifasini bajaradi.