Ishni bajarish tartibi. Epidermaning tuzilishini o‘rganish uchun geran bargining orqa tomoni yuzasidagi epidermasidan igna yoki pinset yordamida shilib olinadi. Buyum oynasidagi suvga solib, qayrilgan joylari igna bilan tekislanadi, so‘ng qoplag‘ich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik va katta obektlaridan qaralganda notekis po‘stli zich joylashgan epiderma hujayralarining tuzilishi aniq ko‘rinadi. Epiderma hujayralari oralig‘ida ustitsalar joylashgan, ularning hujayrasi tuzilishi va Yashil plastidalarga ega bo‘lishi bilan epiderma hujayralaridan ajralib turadi. Epiderma oddiy va bezli tukchalar bilan qoplangan. Oddiy tukchalar uzunchoq, uchli, yaltiroq, bezli tukchalar esa, kalta, yumaloq boshli bo‘ladi.
2. Kerakli asbob va materiallar:mikroskop, buyum va qoplag‘ich oyna, ustara, suvdon, glitserin, kartoshka tugunagi, marjon daraxt, buzina novdasidan tayyorlangan preparat, fiksirlangan dub, olcha po‘stlog‘i, sudan III reaktivi.
Periderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima bo‘lib, ikkilamchi meristema – fellogen (po‘kak kambiy) hujayralarining bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Fellogen hujayralari bo‘linib, ustki va ostki tomonga hujayralar ajratadi. Ustki tomongan periferiya ajratgan hujayralarning subrin moddasi bilan to‘yinib, po‘kaklashadi va po‘kak to‘qimasiga aylanadi. Ostki tomonga ajratgan hujayralar tirik bo‘lib, felloderma hosil qiladi. Po‘kak, fellogen, felloderma to‘qimalari birgalikda qoplovchichi to‘qima — peridermani hosil kiladi.
Po‘kak bir necha kator zich joylashgan ulik parenxima hujayralardan tuzilgan bo‘lib, o‘zidan suv, xavo, issiklikni, elektr tokini o‘tkazmaydi. Shunga ko‘ra, ko‘p yillik poya va ildizlarda qoplovchichi vazifani bajaradi.
Bir pallali o‘simliklarda periderma bo‘lmaydi. Ko‘p yillik bir pallali o‘simliklardan aloe, palma va Shunga o‘xshaganlarda birlamchi po‘stloq parenxima hujayralarining po‘sti po‘kaklashadi va po‘kak to‘qimaga aylanadi. Po‘kakda havo almashinish vazifasini yasmiqchalar bajaradi.
Po‘stloq (korka) uchlamchi qoplovchi to‘qima bo‘lib, o‘lik to‘qima qatlamlari yig‘indisidir. Qarigan daraxtlar tanasi, ildizlari tashqi tomondan po‘stloq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Po‘stloq hosil bo‘lishi o‘simliklar turiga va fellogenning faoliyatiga bog‘liq. Aksariyat daraxtlarda fellogenning faoliyati doimiy emas. Fellogen hujayralari bo‘linib, po‘kak hosil qiladi, so‘ng faoliyatini tugatadi. Poya po‘stlog‘ining chukurrok qavatlaridan po‘kak ho:sil kiluvchi fellogenning yangi-yangi qavatlari hosil bo‘laveradi. Po‘kak qavatlari oralig‘ida qolgan to‘kimalar qurib, tuplanib, zichlanib po‘stloqqa aylanadi. Po‘stloq tok zangida 3—4 yil, olma, nokda 5—8 yil, dubda 25 yildan so‘ng hosil bo‘ladi.