8–Amaliy mashg‘ulot. Mavzu. Ildizmevalar anatomiyasi. Ksilema va floema tipidagi ildizmevalar. Kerakli asbob va materiallar:mikroskop, ustara, sabzi, turp, lavlagi, ildizmevalar, tayyor preparat.
Bajaradigan funksiyasiga bog‘liq holda o‘simliklar ildizi morfologik jixatdan (shaklan) uzgarishi mumkin. Morfologik o‘zgargan ildizlar metamorfozlashgan ildizlardir. Metamorfozlashgan ildiz turlari ko‘p. Bunga zapas modda to‘plovchi ildizchalar, tayanch ildizlar, havo ildizlari va boshqalar kiradi.
Zapas modda to‘plovchi ildizlar. Ba’zi o‘simliklar ildizi va sosiy funksiyasidan tashqari, turli oziq moddalar to‘plash vazifasini bajaradi. Zapas moddalarning to‘planishi bilan ildiz yo‘g‘onlashadi. SHakli o‘zgarishi bilan aiatomik tuzilishi ham o‘zgaradi. Bularga ildizmeva, tugunakildizlar kiradi.
Zapas moddalar asosiy ildizda to‘plansa, u yug‘onlashib seret ildizmevaga aylanadi. Bularga ikki yillik o‘simliklardan turp, lavlagi, sholg‘om va boshqalar kiradi.
Zapas moddalar qo‘shimcha yoki yon ildizlarda to‘plansa, bu ildizlar yug‘onlashib ildiz tugunaklariga aylanadi. Ildiz tugunak larda qo‘shimcha kurtaklar bo‘lib, ular vegetativ ko‘payish funksiyasini bajaradi. Bunga kartoshkagul (georgina), shirach, batat va boshqalar kiradi.
Havo ildizlari tropik mamlakatlarda o‘sadigan ba’zi usimliklarda asosiy ildizlardan tashqari, poyasidan o‘sib erkin osilib turadigan havo ildizlari ham bo‘ladi. Bu ildizlar havo namini tortib olish xususiyatiga ega. Masalan, makkajo‘xori poyasining pastki bo‘g‘imlaridan o‘sib chiqadigan ildizlar qo‘shimcha ildizlar bo‘lib, ular poyani mustahkam tutishda tayanch vazifasini bajaradi. Bular tayanch ildizlardir.
Ishni bajarish tartibi. Sabzi ildizining tuzilishi. Sabzidan yupqa ko‘ndalang kesik kesib, ko‘z bilan qaralganda uning po‘stloq qismini markaziy silindrdan ajratib turgan ochiq rang doira aniq ko‘rinadi. Bu doira kambiydir. Kambiyning tashqi keng qismi floema va po‘stloq parenximalari bo‘lib, uning ostki qismi ikkilamchi ksilemadir. Sabzi ildizining po‘stloq qavati yaxshi rivojlangan. Ildizmevaning mikroskopik tuzilishini kuzatish uchun yosh sabzining ko‘ndalang kesigidan tayyorlangan preparatni mikroskopning kichik ob’ektivida qaraladi. Ildiz o‘zagida nur shaklida tarqalgan qizil ikkita mayda nay—birlamchi ksilema naylari uchidan radius bo‘ylab tarqalgan yupqa po‘stli parenxima hujayralar — radial nurlardir. Bu nurlar oralig‘idagi tarqoq holdagi yirik qizil naylar ikkilamchi ksilema bo‘lib, ksilemani atroflama o‘rab turgan doira shaklidagi mayda hujayralar esa kambiydir.
Kambiy sirtiga birikkan keng katlam floema bo‘lib, u lub parenximalaridan siyrak joylashgan elaksimon naylar va yo‘ldosh hujayralardan, po‘stloq parenximalaridan tarkib topgan. Zapas moddalar, xromoplastlar lub va po‘stloq parenximasida to‘planadi. Ildizni tashqi tomondan o‘rab turgan to‘qima po‘kakdir.