1-mashg‘ulot.Birpallalio‘simlikpoyasininganatomiktuzilishinitekshirish. Ish tartibi. Bir pallali o‘simlik makkajo‘xori poyasidan ko‘ndalangiga yupqa kesib bir nechta kesma tayyorlanadi. Ular-dan bittasini olib buyum oynasi ustidagi glitserin tomchisiga solinadi. Kesmadagi havo pufakchalari chiqib ketsin uchun uni biroz isitiladi, so‘ngra ustiga flyuroglyusin bilan xlorid kislota tomiziladi. Shundan keyin mikroskopning kichik ob’ektivida tekshirib, poyaning sirt qismida bir qator hujayralardan iborat epiderma borligi ko‘riladi. Epiderma ostida hujayralarning po‘sti qalinlashib yog‘ochlangan mexanik to‘qima – sklerenxi-ma joylashadi. Bu to‘qima flyuroglyusin bilan xlorid kislota ta’sirida qizil tusga kiradi. Epiderma ostini po‘stloq parenximasi egallaydi. Poyaning barcha ichki qismini asosiy parenximaning yupqa po‘stli yirik hujayralari egallab olgan. Bu hujayralar oralig‘ida o‘tkazuvchi bog‘lamlar sochilgan holda joylashgan bo‘ladi. Agar uni mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektvida tekshirilsa, ularning qizil tusga bo‘yalgan dastlabki yog‘ochlikdan hamda bo‘yalmagan juda mayda lub hujayralardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. Makkajo‘xori poyasida lub, o‘tkazuvchi bog‘lamning faqat Yuqori tomonida joylashadi, Shuning uchun uni kollateral o‘tkazuvchi bog‘lam deb ataladi. Lub hujayralari ko‘p bo‘lmaydi, ammo mayda, po‘sti yupqa bo‘lib, oralarida elaksimon naychalar ko‘rinib turadi. Barcha bog‘lamlar yopiq, ya’ni ularda kambiy bo‘lmaydi. Bular eniga o‘smaydi. Bog‘lam atrofini sklerenxima qoplab olgan bo‘ladi.
Xulosa. Makkajo‘xori poyasi kesmasiga mikroskopning kichik ob’ektivida qarab poya umumiy tuzilishining rasmi, katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektivida o‘tkazuvchi bog‘lamning rasmi va undagi barcha to‘qimalar chizib olinadi.
2-mashg‘ulot. Ikki pallali o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishini o‘rganish.
Kerakli materiallar:kungaboqar poyasi, fryuloglyusin, NSI, kaliy yodid, tayyor preparat va qo‘shimcha ish qurollari.