Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə121/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2. Ishni bajarish tartibi. Ko‘p yillik tut o‘simligining poya tuzilishini tekshirish.
Besh olti yillik tut daraxtining tanasidan ustarada yupqa qilib kesib olinadi. Kesma flyuroglyusin bilan xlorid kislotada bo‘yaladi. So‘ngra uni mikroskopning biroz katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektivida tekshiriladi, undagi po‘stloq, kambiy, yog‘ochlik va o‘zak yaqol ko‘rinib turadi. Po‘stloqning tashqi tomonida periderma joylashadi. Peridermaning qo‘ng‘ir tusga kirgan tashqi hujayralari to‘g‘ri qatorlar tashkil etib joylashgan. Bular po‘kak to‘qimalardir. Po‘kak to‘qimalar oralig‘ida bir qator yupqa po‘stli rangsiz hujayralar hosil qiluvchi to‘qima, ya’ni fellogen (po‘kak kambiy) joylashadi. Fellogen yonida fellodermaning bir necha qator tirik hujayralari joylashadi. Po‘kak va felloderma, fellogen hujayralarining bo‘linishidan vujudga keladi.
Katta yoshdagi tut poyasi po‘kagining tashqi tomonida dastlabki po‘stloqning o‘lik hujayralaridan tashkil topgan ko‘chma qobiq dastlabki po‘stloq kollenxima, parenxima va dastlabki lubdan vujudga kelgan. Keksa daraxtlarda ikkilamchi lubning tashqi hujayralaridan tuziladi, Shuning uchun bu erda ikkilamchi lub felloderma ostida joylashadi. Ikkilamchi lubda to‘p-to‘p joylashgan lub tollari bo‘ladi. Lub parenximasi hujayralari orasida sut shira bilan to‘lgan sutlama naychalar bo‘ladi. YOsh tut novdalarida sutlama naychalar yaxshi ko‘rinib turadi.
Po‘stloq bilan yog‘ochlik o‘rtasida tirik hujayralardan iborat kambiy joylashadi. YOg‘ochlik esa serbar xalqalar shaklida bo‘ladi. Dastlabki yog‘ochlikning zanjirsimon joylashgan naylari kam joyni egallab o‘zak bilan chegaralanadi. Tananing asosiy qismini radial nurlar kesib o‘t-gan ikkilamchi yog‘ochlikning keng xalqalari egallaydi.
Ikkilamchi yog‘ochlikda yillik xalqalar yaxshi ko‘rinib turadi, mana shu xalqalardan daraxt yoshini aniqlasa bo‘ladi. Yillik xalqa har bir kambiy faoliyati natijasida vujudga keladi. Ko‘klamda paydo bo‘lgan yog‘ochlikda esa naylar kam va mayda bo‘ladi. Binobarin, ko‘klamgi va kuzgi yog‘ochlik chegarasi yaqqol ko‘rinib turadi. Keksa daraxt yog‘ochligining keyin paydo bo‘lgan qismi oldin paydo bo‘lgan qismidan rangi bilan ajralib turadi.
Zabolon – yog‘ochlikning yon, rangsiz qismi bo‘lib, uning naylaridan suv o‘tib turadi, yog‘ochlikning parenxima va radial nurlaridagi tirik hujayralarda zapas oziq moddalar to‘planadi. YOg‘ochlik yadrosi qoramtir rangda bo‘lib, tananing markaziy qismini egallaydi. Keksa daraxt tanasining markaziy qismiga suv qiyinlik bilan o‘tadi. YOg‘ochlik yadrosi hujayralarning po‘stlog‘i smola yo‘llari bilan to‘lgan bo‘ladi. Ular o‘zidan suv o‘tkazmaydi; Shuning uchun yog‘ochlik yadrosi faqat tayanch vazifasini bajaradi.
Xulosa. Tut tanasi kesimidagi yillik xalqalariga qarab daraxtning yoshi aniqlanadi. So‘ngra kesmaning rasmini chizib undagi to‘qimalarning nomi yozib qo‘yiladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin