3. Ishni bajarish tartibi. Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining tuzilishini o‘rganish uchun karag‘yning 3—4 yillik novdasidan olib, 65—70% li spirtda fiksirlanadi. Mashg‘ulotdan bir necha kun oldin fiksirlangan materialga spirtga nisbatan 1/2 va 1/3 kis glitserin qo‘shiladi. Bu aralashma poyani bir muncha yumshatadi. Kesik tayyorlashda keskichning tig‘i poyaning po‘stlog‘idan to o‘zakigacha bir tekisda kesib o‘tishi kerak. Shundagina novdaning ikki to‘qimalarini to‘lik o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Kesiklar orasida sifatlilari tanlab olinib, NS1 va flyuroglyusin reativlari bilan bo‘yaladi va 1—2 tomchi glitserin tomizilib, mikroskopda qaraladi. Agar tayyor preparat bo‘lsa, undan ham foydalnish mumkin. Poya mikroskopda qaralganda periderma, fellogen, felloderma, yosmiqcha, ikkilamchi floema, smola kanalchalar, kambiy, yog‘ochlik va uning elementlarn tartibida tuzilganlig ko‘rinadi.
Periderma — ikkilamchi qoplag‘ich to‘qima bo‘lib, po‘kak, fellogen, felloderma va yosmiqchadan iborat. Po‘kak peridermanning tashqi qismi bo‘lib, aksariyat hujayralari o‘lik va ichi havo bilan to‘la bo‘ladi. Fellogen po‘kakdan ichkariga joylashgan bo‘lib, u tirik meristema xossasiga ega bo‘lgan hujayralar yirindisidir. Felloderma esa peridermaning ichkarigi qavati xisoblanib, birlamchi po‘stloq qismi bilan chegaradoshdir. Birlamchi po‘stloq peridermadan keyingi qavatni tashqil qilib, yumaloq, ovalsimon hujayralardan tuzilgan. Bu qismda smola kanalchalari kichik doirachalar ko‘rinishida bo‘ladi. Birlamchi po‘stloqqa yondosh ravishda birlamchi floema joylashgan: Ikkilamchi floema mayda to‘rtburchak hujayralardan tashkil toshib, kambiyga po‘stloq tomondan chegaradosh bo‘lib joylashadi. Ikkilamchi floema qavatidan bir qator birlamchi uzun nurlari hujayrasi radial holda yog‘ochlik qismi orqali o‘zakkacha borib taqaladi. Ikkilamchi radial hujayralar qisqa bo‘lib, birlamchi po‘stloq va o‘zak qismiga etmaydi, Lekin tuzilishiga ko‘ra bu radial nur hujayralari bir-biriga o‘xshaydi. Ayrim o‘zak nurlari hujayrasining uchlari yo‘g‘onlashib, birlamchi po‘stloq qismida pufaksimon ko‘rinishda joylashadi.
Ikkilamchi floema ichkarisida kambiy — meristema to‘qimasi halqa shaklidagi mayda g‘ishtsimon hujayralar ko‘rinishida joylashgan. Kambiyning har bir vegetatsiya davridagi maxsuloti markaziy silindrda yillik xalqalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topgan.
Yillik xalqalar orasida smola kanalchalari joylashib, ular yupqa po‘stli parenxima hujayralari bilan o‘ralgan. Ikkilamchi yog‘ochlik qismida qalin po‘stli traxeidlar joylashgan. Poyaning markaziy—o‘ta qismida o‘zak joylashib, uning atrofidagi hujayralari birmuncha mayda va po‘sti qalin bo‘lib, bunga perimedulyar zona deb aytiladi. Bu zona atrofida birlamchi yog‘ochlikning parenxima hujayralari joylashgan bo‘ladi.
Topshiriq. Qarag‘ay va archaning poyasidan yupqa kesik tayyorlab,mikroskopda uning tuzilishi bilan tanishing. Poya tuzilishining sxematik va mukammal rasmini chizib oling.