Ishni bajarish tartibi. Kungaboqar o‘simligining poyasidan ko‘ndalang kesik tayyorlash uchun tirik o‘simlik yoki 65%li spirtda fiksirlangan o‘simlik, poyasi olinadi. Kesiklar tayyorlashda o‘simlik poyasi epidermasidan o‘zak qism oralig‘idagi to‘qimalarni bir:xil qalinlikda kesish kerak! Tayyorlangan kesiklarning yupqa va tekislari ajratiladi. Ularga flyuroglyusin va konsentrlangan xlorid kislota tomiziladi. Bo‘yalgan ob’ekt mikroskopning kichik ob’ektivida karaladi. YOg‘ochlashgan hujayralar po‘sti esa qizil rangda ko‘rinadi. Agar ob’ektga yod yoki kaliy yodid eritmasi ta’sir ettirib kuzatilsa, po‘stloq elementlari (endoderma
va kambiy) ko‘k rangda bo‘yaladi.
Mikroskopning kichik ob’ektivida preparatni kuzatib, epiderma, ochiq tipdagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari va o‘zak qismining sxemasi chizib olinadi. Katta ob’ektivda esa birlamchi po‘stloqni tashqil etgan to‘qimalarning xillari belgilanadi. Masalan epiderma hujayralarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan tukchalar kollenxima to‘qimasi, parenximadan tashqil topgan plastinkasimon va burchakli hujayralarni ko‘rish mumkin.
Birlamchi po‘stloq kollenximadan keyingi qavat bo‘lib, unda smola kanalchalari uchraydi. Po‘stloqning eng ichkari qismida endoderma, bog‘lamli va bog‘lamlararo kambiy joylashgan. Markaziy silindrda esa peritsiklik Mexanik to‘qima — sklerenxima bog‘lamlari, ochiq tipdagi qollateral o‘tkazuvchi to‘qimalar, radial nur hujayralari va o‘zak joylashadi.
Peritsikl aktiv bo‘linuvchi huayralardan iborat bo‘lib undan sklerenxima hosil bo‘ladi va floema zonasida shakllanib boradi. Kambiy ko‘p qavatli va aktiv bo‘linuvchi hujayralardan tashkil topganligi sababli poyasi tez yo‘g‘onlashadi. Kambiy hujayralari bo‘linishidan hosil bo‘lgan mahsulot takroriy bo‘lib, po‘st dloqqa ikkilamchi floema sifatida qo‘shilsa markaziy silindrga esa ikkilamchi ksilema bo‘lib birikadi.
O‘tkazuvchi to‘kiimalar bog‘lamlari oralig‘ida o‘zak nurlarining hujayralari joylashadi. Birlamchi floema va ksilema prokambiy hujayralarining bevosita o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Poyaning markazida joylashgan o‘zak hujayralari ham prokambiydan hosil bo‘lgan. Ular yumaloq, ovalsimon shaklda, rangsiz, ichi havo bilan to‘lgan bo‘ladi, ba’zi hollarda yosh hujayralar tarkibid zapas moddalar ham uchraydi.
Topshiriq. Kungabokar poyasidan yupqa kesik tayyorlab, mikroskopda tuzilishini ko‘ring, sxematik holatini chizing va ularni mukammal tasvirini chizing.