Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə120/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

10-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ko‘p yillik daraxtsimon o‘simliklar poyasining tuzilishi.


Kerakli jihozlar: mikroskop, lupa, mayda asboblar, flyuroglyusin, xlorid kislota, safranin, fiksatsiyalangan g‘o‘za poyasi, glitserin, tut daraxtining 3-4 yillik poyasini ko‘ndalang kesmasi, qarag‘ay poyasi, doimiy preparatlar, rasm va jadvallar.
Nazariy ma’lumotlar: ikki pallali o‘simliklar poyasi yoshlik vaqtda birlamchi anatomik tuzilishga ega bo‘lib, keyinchalik ikkilamchi anatomik tuzilishga o‘ta boshlaydi. Buning uchun dastlab ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima – kambiy hosil bo‘ladi. Kambiydan hosil bo‘lgan to‘qimalar ikkilamchi to‘qimalar deyiladi. Kambiyning ko‘p yillik faoliyati natijasida ikki pallali va ochiq urug‘li o‘simliklar poyasi yo‘g‘onlashadi.
1. Ishni bajarish tartibi. Poyadan ko‘ndalangiga kesib tayyorlangan kesma flyuroglyusin bilan xlorid kislotada bo‘yaladi; so‘ngra mikroskopning biroz katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektivida tekshiriladi. G‘o‘za poyasining tashqi qismi po‘stloq va yog‘ochlikdan iborat bo‘ladi (yog‘ochlik qizil tusga kiradi). Po‘stloq va yog‘ochlik o‘rtasida kambiyning mayda tirik hujayralari joylashadi. Poyaning ichki qismi yupqa po‘stli yirik hujayralar bilan to‘lgan, bular poya o‘zagini tashkil etadi. O‘zak bilan yog‘ochlik poyaning markaziy silindrini vujudga keltiradi.
O‘zakning atrofini dastlabki yog‘ochlik o‘rab olgan. YOg‘ochlikdagi ksilema naylari zarjirsimon shaklda tarqalgan bo‘lib, ular po‘stloq tomonga yaqinlashgan sari diametri kattalashadi. Dastlabki yog‘ochlikdan keyin serbar xalqa shaklida ikkilamchi yog‘ochlik joylashadi. Bu yog‘ochlik naylari butun xalqa bo‘yicha tartibsiz sochilgan xolda bo‘ladi. Ikkilamchi yog‘ochlikni juda ko‘p radial nurlar kesib o‘tadi.
Qizil tusga bo‘yalgan ikkilamchi yog‘ochlik chegarasida kambiy joylashgan. Kambiy mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektivida tekshirilganda uning yupqa po‘stli, mayda hujayralarning ketma-ket qator joylashganligi ko‘rinadi. Kambiydan keyin tashqi tomonda ikkilamchi lub, undan keyin dastlabki lub joylashadi. Lub ichida bo‘yalmaydigan yupqa po‘stli parenxima, bo‘yaladigan qalin po‘stli lub tolalari bilan navbatlashib joylashadi.
Dastlabki lubdan keyin po‘stloq parenximasi, undan keyin po‘stli plastinkasimon qalinlashgan kollenxima joylashadi. Poya sirtqi epiderma bilan qoplangan bo‘ladi.
G‘o‘za aslda ko‘p yillik o‘simlik bo‘lganidan, o‘sish davrini ikkinchi yarmida epiderma o‘rniga po‘kak to‘qima hosil bo‘ladi.
G‘o‘za poyasining ichki tuzilishi daftarga chizib olinadi va to‘qimalarning nomi, joylashishi tartibli ravishda yozib qo‘yiladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin