Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə117/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

9-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Bir va ikki pallali o‘t o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi.

Kerakli jihozlar: mikroskop, lupa, mayda asboblar, xlorid kislota, safranin, glitserin, makkajo‘xori poyasi, rasmlar.
Nazariy ma’lumotlar: o‘simlikning asosiy (o‘q) qismiga novda deyiladi. Poyada novda, barg va mevalar joylashadi. Ildiz orqali tuproqdan shimilgan suv va unda erigan mineral moddalar, Shuningdek, ildizda to‘plangan organik moddalarning bir qismi ko‘klamda poya orqali barglarga boradi, buni chiqish oqimi deyiladi: barglarda fotosintez prosessi tufayli hosil bo‘lgan moddalar poya orqali ildizga tushadi, buni tushish oqimi deyiladi. Bir yillik o‘simliklarda poya vegetativ ko‘payish organi ham xisoblanadi. Ayrim ko‘p yillik o‘simliklar poyasida zapas oziq moddalar to‘planadi.
Gerbariy kolleksiyasidan poyaning tashqi ko‘rinishi, o‘sishidagi yo‘nalishi, ko‘ndalang kesimi, sirtining tuzilishi va yashash muddati har xil bo‘lishi ko‘riladi.
O‘sishidagi yo‘nalishi jihatdan poya quyidagi shakllarda bo‘ladi, poyasi tikka o‘sadigan o‘simliklarda poya vertikal joylashadi (qamish, g‘umay, kungaboqar va daraxtlarda), poyasi birmuncha ko‘tarilib o‘sadigan o‘simliklar, bunda poyaning past tomoni erga tegib, so‘ngra Yuqoriga ko‘tariladi (beda va boshqalarda), poyasi ilashib o‘sadigan o‘simliklarda, o‘simlik jingalagi bilan yaqinidagi biror tirgakka ilashib Yuqoriga ko‘tariladi (tok, mosh kabi); poyasi chirmashib o‘sadigan o‘simliklar, bunda poya ingichka va yumshoq bo‘lib, uncha vertikal o‘smaydi, bular yonidagi boshqa o‘simlikka chirmashib Yuqoriga ko‘tariladi (chirmoviq, pechak gullar kabi); poyasi yerga yoyilib o‘sadigan o‘simliklar, bunda o‘simlikning hamma poyasi er betida sudralib o‘sib, uchi biroz Yuqoriga ko‘tarilib turadi (qovun, tarvuz kabi) lar.
Poya ko‘ndalang kesimiga qarab dumaloq (makkajo‘xori, bug‘doyda), uch qirrali (qiyoqda), to‘rt qirrali (yalpiz, rayxon o‘simligida), ko‘p qirrali (sabzi, nasha, oqboshda). Poya sirti tuksiz (makkajo‘xori, sariq o‘t), yumshoq tukli (qo‘ziquloq, yalpiz), qattiq tukli (chakamig‘da, tikanli atirgulda) bo‘ladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin