Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə113/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ishni bajarish tartibi. Gulsavsar ildizi birlamchi tuzilishga ega. Uning tuzilishi bilan tanishish uchun shimish zonasidan yupqa ko‘ndalang kesim olib suv tomizilgan buyum oynasiga qo‘yiladi. Suvni filtr qog‘oz bilan shimdirib olib, kesik ustiga flyuroglyusin, 2—3 minutdan so‘ng xlorid kislota tomiziladi. Reaktiv ta’sirida yog‘ochlashgan to‘qima elementlari qizil rangga bo‘yaladi. Keyin preparatga glitserin tomizib, usti yopqich oyna bilan yopiladi. Reaktiv etishmagan takdirda, oldindan tayyorlab quyilgan preparatdan foydalaniladi. Preparat mikroskopning kichik ob’ektivida qaralganda, gulsavsar ildizi po‘stloq va markaziy silindrdan tuzilganligi aniq ko‘rinadi. Ildiz tashqi tomondan qoplag‘ich to‘qima—epiblema (rizoderma) bilan o‘ralgan. Epiblema hujayralarining po‘sti juda yupqa. o‘zidan suvni oson o‘tkazadi,epiblema kutikulasiz, ustitsasiz bo‘ladi. Epiblema hujayralari cho‘zilib tukchalar hosil qilish xususiyatiga ega. Tukchalar cho‘ziq, uchi berk naycha shakldagi hujayralardir. YAdro va sitoplazma tukchalar uchiga joylashgan. Tukchalar tashqi tomondan elimga o‘xshash moddalar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular tuproq zarrachalariga birikishiga imkon beradi.
qoplag‘ich to‘qimadan keyin joylashgan to‘qimalar birlamchi po‘stlokdir. Birlamchi po‘stloq ekzoderma, mezoderma, endoderma qatlamlariga bo‘linadi.
Ekzoderma—birlamchi po‘stloqning eng tashqi qatlami bir yoki bir necha qator zich joylashgan yirik hujayralardan tuzilgan. Hujayra po‘sti tezda po‘kaklashadi, ichki qismini himoya qilish funksiyasini bajaradi. Birlamchi po‘stloqning asosiy qimini tashkil etgan, yupqa po‘stli keng joylashgan govak hujayralar po‘stlok parenximasi, ya’ni mezodermadir. Mezodermada zapas moddalar — kraxmal, alkaloidlar va boshqa moddalar to‘planadi hamda tukchalar orqali shimib olingan suv va mineral moddalarni markaziy silindrdagi o‘tkazuvchi naylarga. O‘tkazish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Po‘stloqning ichki qavati endoderma bir qator zich joylashgan o‘lik hujayralardan tuzilgan. Hujayralarning ichki po‘steg‘ochlashgan eki po‘kaklashgan. Endodermaning ksilema naylari qarshisidagi hujayralar po‘sti yog‘ochlashmagan, ular tirik o‘tkazuvchi hujayralardir. Moddalar birlamchi po‘stloqdan markaziy silindrga shu hujayralar orqali o‘tadi.
Markaziy silindrning tashqi kavati peritsikl bo‘lib, bir kator tirik parenxima hujayralardan tuzilgan. Peritsikl meristema xususiyatiga ega, undan yon ildizlar. Qo‘shimcha kurtaklar va ikkilamchi hosil etuvchi to‘qima fellogen hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, peritsikl ildizning hosil qiluvchi kavati deb ataladi. Markaziy silindrni to‘ldirib turgan to‘qimalar o‘tkazuvchi to‘qimalar, bular radial naylar bog‘lami tipida joylashgan. Ildizning markazini egallagan qizil nayli to‘qimalar birlamchi ksilemadir. Birlamchi ksilema naylari chetga qarab nur shaklida tarqalgan. CHekkaga (peritsiklga) yaqin naylar mayda, markazdagi naylar yi-rik bo‘ladi. Birlamchi eg‘ochlik nurlari orasida joylashgan yupqa po‘stli to‘rsimon to‘qimalar birlamchi floema (lub) to‘qimalaridir. Floema va ksilema turli radius bo‘ylab joylashgan. Bular asosiy parenxima to‘qimalari bilan bir-biridan ajraladi. Ba’zan o‘simliklar ildizida yog‘ochlik nurlarining markazga yo‘naltirilgan naylari bir-biri bilan qo‘shilishidan ildiz o‘zagida yirik naylar joylashgan bo‘ladi. Gulsavsar ildizi o‘zagida parenxima hujayralar bo‘lib, ularda zapas moddalar to‘planadi.
Topshiriq. Ildizning tuzilishi bilan tanishgandan so‘ng bir­lamchi po‘stloq va markaziy silindrning joylashishini, po‘stloq qavatlarining tuzilishini ko‘rsatib, rasmini chizing. Ekzoderma, mezoderma, endoderma, o‘tkazuvchi hujayra, peritsikl, floema va ksilemalarni belgilang.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin