Topshiriq. Asosan gerbariy materiallaridan foydalanib botrik va simoz gruppalar vakillarining to‘pgullarini analiz qiling.
13 – Amaliy mashg‘ulot. Mavzu. Urug‘chi - ginetseyning mikroskopik tuzilishi. Changchi va changdoning tuzilishi.
1. Kerakli materiallar: yangi yoki fiksirlangan sabzi, kungaboqar, g‘o‘za, loviya, lola, bangidevona, tol gullari, tayyor holdagi mikropreparatlar, lupa va qo‘shimcha ish qurollari.
Ishni bajarish tartibi. Urug‘chining morfologik tuzilishini o‘rganishda u gulning boshqa qismlaridan ajratib olinadi va lupa bilan ko‘rib analiz qilinadi. YAngi yoki 65% li spirtda fiksirlangan gulning urug‘chasini olib, undan ko‘ndalang kesim olinadi. Uni mikroskopda ko‘rib, anatomik tuzilishiga e’tibor beriladi.
Gulning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan urug‘chilar yig‘indisi ginetsey deb ataladi. Ginetsey gulning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, ularning soni bitta yoki bir necha bo‘lishi mumkin. Tipik urug‘chi uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan tashkil topgan. Tumshuqcha ustunchaning uchki qismi bo‘lib, bir oz kengaygan ko‘rinishga ega. O‘zidan shilimshiq modda ajratadi va unga tushgan changlarni tutib qolish funksiyasini bajaradi. Ustuncha ip shaklida bo‘lib, ostki qismi tuguncha bilan tutashgan. Ba’zi o‘simliklarda urug‘chi ustunchasi qisqarib, o‘troq holda bo‘ladi. Tuguncha urug‘chining asosiy qismi hisoblanadi va bitta yoki ko‘plab urug‘kurtak hosil qiladi.
Morfologik tuzilishiga ko‘ra, ginetsey apokarp va senokarp bo‘ladi. Apokarp ginetseylar tutashib ketmasdan urug‘chilari alohida-aloxida joylashadi. Bu xol ayiqtovondoshlarda uchraydi.
Senokarp ginetseylar pastdan yukoriga qarab o‘zaro tutashib o‘sadi. Masalan, chinniguldoshlarda urug‘chining faqat tugunchasi tutashgan bo‘lsa, labguldoshlar, murakkabguldoshlarda tugunchadan tashqari, ustuncha va tumshuqcha qismlari ham tutashib ketgan.
Gul tugunchasi bir, ikki va ko‘p xonali bo‘ladi. Tugunchaning ko‘ndalang kesigidan tayyorlangan yoki tayyor preparatni mikroskopda ko‘rib o‘rganamiz. Bunda avval kichik ob’ektivda qarab, ob’ektning umumiy ko‘rinishi belgilab olinadi. Keyin katta ob’ektivda qarab urug‘ murtagining tuzilishiga e’tibor beriladi. Urug‘ murtagining markaziy qismida nutsellus joylashgan bo‘lib, uning ustidan o‘rab turgan ikki qavat integument aniqlab olinadi. Integumentning uchki qismidagi chang yuli mikropile deb ataladi. Nutsellusning tub qismi xalaza deyiladi. Nutsellusdan ichkarida tiniq yaltiroq qismda murtak xaltachasi joylashgan. Murtak xaltachasida urug‘lanish oldidan ettita hujayra bo‘ladi. Bo‘lardan uchtasi mikropile naychasi tomonda joylashadi, bitta yirigi tuxum xujayra, ikkita maydasi sinergid deyiladi. Xalaza tomonida uchta mayda hujayra bo‘lib, ular antipod deb ataladi. Murtak xaltachasining o‘rta qismida markaziy diploid yadro joylashgan. Qolgan xujayralar yadrosi gaploiddir.
O‘simliklar guli changlangandan keyin meva tugadi. Changlanish ikki xil: o‘z-o‘zidan changlanish va chetdan changlanish bo‘ladi.
Gul changining donachalari o‘z urug‘chisi tumshukchasiga tushib o‘rnashib qolishga o‘z-o‘zidan changlanish deb aytiladi. CHetdan changlanishda urug‘chining tumshukchasiga boshqa bar guliing changi tushib rivojlanish protsessi tuShuniladi.
O‘z-o‘zidan changlanish natijasida hosil bo‘lgan bo‘g‘innnig o‘zgaruvchanligi va moslanuvchanligi birmuncha zaif bo‘lib, xuddi jonsiz ko‘payish okibatida hosil bo‘ladigan organizmlarga o‘xshab ketadi. CHetdan changlanishda esa jinsiy gametalar xar xil gulda va o‘simliklarda etilgan bo‘ladi. Shuning uchun chetdan changlanish natijasida hosil bo‘lgan nasl biologik jixatdan birmuncha afzallikka ega bo‘ladi. CHunonchi, irsiy jihatdan bakuvvat, hayotchan, ya’ni individual o‘zgaruvchanligi kuchli bo‘ladi. YOvvoyi holda usuvchi ko‘pgina o‘simliklar chetdan changlanib ko‘payishga moslashgan bo‘ladi.