Darsning maqsadi: Nostok va ostsillyatoriyaning sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: tirik material: Ostsillyatoriya (Ossillatoria), Nostok (Nostos), shu suvo`tlarning doimiy preparatlari, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynalar, pipetka, jadvallar, kitoblar.
ISHNING BAJARILISHI
1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish.
Bo`lim: Ko`k Yashil suvo`ttoifalar – Syanophyta
Ajdod: Gormogonsimonlar – Hormogoniophyseae
Qabila: Ostsillyatoriyanamolar – Ossillatoriales
Turkum: Ostsillyatoriya – Ossillatoria nigra
Qabila: Nostoknamolar – Nostosales
Turkum: Nostok – Nostos
Turlari: Nostos linskia, N.prniforme, N. fragelliforme
2. Pipetka yordamida suvo`tlar solingan bankadan bir tomchi suv olib, buyum oynachasiga tomiziladi, so`ngra ustidan qoplagich oyna bilan yopiladi. Mikroskopning avval kichik ob`ektivi orqali qaralganda ostsillyatoriyaning uzun ipsimon, Shoxlanmagan tallomi ko`rinadi. Tallomining rangi ko`k Yashildan – to`q Yashil ranggacha bo`ladi. Keyin mikroskopning katta ob`ektivida qaralganda, ostsillyatoriyaning tallomidagi bir xil tsilindr shakldagi (gomotsit) hujayralardan tuzilganligi ko`rinadi. Bu hujayralar plazmodesma ipchalari yordamida bir-biri bilan birikadi. E`tibor berib qaraganda, ostsilyatoriyaning uchki hujayrasi boshqa hujayralaridan farq qilishini sezish mumkin. Ushbu uchki hujayraning ko`ndalangiga bo`linishi hisobiga tallomi bo`yiga o`sadi. Tallomi o`ziga xos to`lqinsimon (ostsilyatorli) xarakatlanadi. Ko`payishi – nisbatan xarakatchan tallomlardan (5-6hujayralar to`plami) ajralish yo`li bilan boradi. Bular xarakatchan gormogonlar bo`lib, har bir gormogonlardan yangi ostsillyatoriya tallomi o`sib chiqadi.
3. Mikroskopda ko`rib bo`lgandan keyin, tallom tuzilishi va ko`payishi rasmi al`bomlarga chizib olinadi.
1.rasm. Ostsilatoriya tallomining umumiy tuzilishi.
Nostok (Nostos)lar turlicha shaklda va kattalikdagi shilimshiqli koloniyalar hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Fiksatsiya qilingan nostok koloniyasi mavjud idishdagi suvdan bir tomchi olib, mikroskopning kichik ob`ektivida qaralganda koloniya shimilshiq po`st bilan o`ralganligini, koloniyasining shakli ellipssimon va ovalsimon ekanligi ko`rinadi. SHilimshiq ichida Nostok iplari tartibsiz holda joylashadi. Nostok ipida vegetativ hujayralar bilan bir qatorda geterotsist va akinet hujayralar borligiga e`tibor bering. Geterotsistalar bor joydan uzilib, gormogonlar hosil qilish yo`li bilan ko`payadi. Gormogonlari doimo gomotsit tipda bo`ladi. Gormogonlar hosil bo`lishi davrida hujayra shakli o`zgaradi. Ba`zi bentos holda yashovchi vakillarining vegetativ hujayralarida gaz vakuollari bo`lmaydi. Bu vakuola faqat gormoniy hujayralarida yuzaga keladi. Gormogoniylar xarakat qilish xususiyatga ega bo`lib, qalqib turgan ona koloniyadan ajralib chiqadi. Agar koloniya peridermali bo`lsa, u yorilib, gormogoniylarda gaz vakuollari hosil bo`lish va bukilib xarakat qilish vaqtida yangi joylarga tarqalishga yordam beradi. Biroz vaqtdan so`ng gormogoniy xarakatdan to`xtaydi va gaz vakuolasini yo`qotadi. So`ngra spiralsimon ip hosil qiladi. Bu vaqtda gormogoniylar hujayrasi notekis yoki uzunasiga ketgan to`siqlar bilan ajraladi. Uzunasiga bo`linish natijasida dastlab ikki yadroli ip hosil bo`ladi, keyin alohida hujayralar ajraladi va egri-bugri ip shakllanadi. Egri-bugri ipchaning oxirgi xujayrasi geterotsistaga aylanadi, shilimshiqning keyingi o`sishi faqat hujayralarning ko`ndalangiga bo`linishi hisobga boradi. Ba`zida nostoklarda gormogoniylarni Shoxlanishi kuzatiladi, bular odatdagi Shoxlanmaydigan gormogoniylardan o`sadi. SHarsimon nostoklar ba`zida koloniyasini kurtaklanishidan ham ko`payadi. Ko`pchilik nostok turlarida gormogoniylar hosil qilishdan tashqari shakli va o`lchami jihatidan farq qilmaydigan akinet sporalar ham hosil qiladi. Nostokda jinsiy jarayon kuzatilmaydi.
3. Kuzatilgan tuzilishi va ko`payish jarayoni al`bomga chizib olinadi.
2.rasm. Nostok koloniyasi va hujayralarini ko`rinishi.
Qizil suvo`tlar xromotoforlarida xlorofill «a» va «d» karatinoiddan V – karotin, zeaksantin, anteraksantin, kriptoksantin, lyutein, neoksantin, suvda eruvchi pigment. Fikobilinlar: qizil rangli-fikoeritrinlar, fikotsianlar va ko`k rangli – allafikotsidlar mavjud. Pigmentlarning uchrash munosabatiga ko`ra ularning tallomining rangi to`q qizil rangdan (fikoeritrin hisobiga) to havo rang – po`lat rangga (fikotsian hisobiga) o`zgaradi. Xloroplastlari 2 qobiqli, bir tilokoidli va yuzasida fikobilisomalar o`rnashgan bo`ladi.
Zahira mahsulot sifatida pirenoidlarida kraxmal to`planadi.
Qizil suvo`larining tallomi nisbatan soxta tuzilgan: hatto bir hujayrali kokkoid shakllari (porfiridium) ham ma`lum, ko`pchiligida tallomi geterotrixal va rizoidlari bilan substratga birikkan Shoxlangan ip ko`rinishda bo`ladi.
Jinssiz ko`payish – harakatsiz hujayralarning bevosita qushilishi hisobga o`tadi. Bundan monosporalar va tetrosporalar shakllanadi. Tetrasporalardan diploid jinsiy o`simlik sporofit tetrosporofit o`sib chiqadi. Tetrosporangiylarda tetrosporalar shakllanishi meyoz bo`linishidan so`ng amalga oshadi.
Jinsiy ko`payish – oogamiya. Urg`ochilik organ – karpogon, unda tuxum hujayra etiladi. Karpogon odatda kalta karpogonial Shoxlarga ega poyalarda shakllanadi. Anteridiylar – mayda rangsiz hujayralar bo`lib undan mayda, yalang`och, xivchinsiz erkaklik urug`lantiruvchi element – spermatsiylar bo`ladi.
Anteridiydagi spermatsiylar passiv harakat qilib, trixoginaga kelib o`rnashadi. Spermatsiy trixogina orqali kelib karpogonning qorin qismidagi tuxum hujayra bilan qo`shilib urug`lanish sodir bo`ladi. Urug`lanish sodir bo`lgach, bo`lishidan yalang`och sporalar – karposporalar hosil bo`lsa, boshqalarida esa urug`langan karpogondan gonimoblast Shoxlangan ipchalari o`sadi. Ko`pchilik qizil suvo`tlarda gonimoblastlar bevosita urug`langan karpogon qorinchasidan rivojlanadi.
Bu toifa ikkita ajdodga bo`linadi: bangiosimonlar (Bangiophyseae) va florideyasimonlar (Floridiophyseae).
Dostları ilə paylaş: |