Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə130/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2-mashg‘ulot. Endosperm urug‘ining tuzilishi.
Masalan. Endospermli bug‘doy doni tuzilishini tekshirib, urug‘ini qaysi tipga taalluqli ekanligini aniqlab, rasmini chizib nomlarini belgilash.
Ish tartibi. G‘alladosh o‘simliklarning (ivitilgan bug‘doy, arpa, sholining) doni uzunasiga ikkiga bo‘linib, tarkibida oqsil, kraxmal ko‘p bo‘lgan endospermning borligini lupa orqali ko‘rib isbotlanadi. Bu urug‘lar tashqi po‘st – endosperm va murtakdan iboratligi, endosperm donining ko‘p qismini egallashi va u yupqa sellyuloza po‘stli va ichki moddasi quyuq parenxima hujayralarining bir-biriga zich birikishidan hosil bo‘lgan to‘qimalardir. Endosperm hujayralarida to‘planadigan zahira oziq moddalar, asosan kraxmal va oqsillardir. Bug‘doy doni endosperm hujayralarining tashqi qavatida aleyron donachalari ko‘p bo‘lib, ular alohida aleyron qavat hosil qiladi. Endosperm hujayralarida kraxmaldan tashqari, elastik oqsillar yoki elimshak moddalar bor. Bug‘doy unining non bo‘lishi xossasi ana shu elimshak moddaga bog‘liq. Murtak ichida: ildizpoyasi, bo‘yinchasi yoki birlamchi poyasi bo‘ladi. Bo‘yincha boshlang‘ich poyaning 2-4 ta boshlang‘ich bargchalar bilan o‘ralgan. Joylashishiga ko‘ra birinchi bo‘lgan boshlang‘ich barg qalpoqchaga o‘xshaydi va hamda barglarni o‘rab turadi. Uning uchi yo‘g‘on va o‘tkir bo‘ladi. Don unib chiqayotganida ana shu uchi bilan tuproq qatlamlarini yorib, er betiga chiqadi.
Murtakning ichki tomonida qalqoncha bo‘ladi va u endospermga yopishib, uni murtakdan ajratib turgandek ko‘rinadi. Qalqoncha qavariq plastinkaga o‘xshaydi. G‘alladoshlar donining qalqonchasi, odatda fiziologik funksiyasi o‘zgargan urug‘palla hisoblanadi. Don unayotgan vaqtda qalqonchaning hujayralari shiddat bilan bo‘lina boshlaydi va endosperm massasi ichiga kirib, uning zahira oziq moddalarini olib, o‘sayotgan murtakka o‘tkazadi.
Boshlang‘ich ildizcha kurtakchaning qarama-qarshisiga jamlanadi. U murtakning uchi alohida ildiz g‘ilofi bilan himoyalangan asosiy ildizchasi hisoblanadi. Don una boshlaganda asosiy ildizcha urug‘ning tashqi po‘stini yirtadi va shu vaqtning o‘zida uning asosidan yon ildizchalar chiqa boshlaydi. Shuning uchun don unayotganda undan birdaniga bir nechta yon ildiz chiqadi. Asosiy ildiz qurib qoladi.
YOn ildizchalarning rivojlanishi bilan bir vatqda boshlang‘ich poyada ham o‘sa boshlaydi. Bunda birinchi barglar paydo bo‘ladi va o‘simta muqbil o‘sa boshlaydi.
Urug‘ning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishish uchun bir pallali o‘simliklardan bug‘doy va ikki pallali o‘simliklardan loviya va qovoq urug‘ini olib tekshiriladi, donga lupa orqali qaralsa, uch tomoniga tukchalar, ikkinchi uchida murtak joylashgan. Urug‘ ikkiga bo‘linadi va marjondaraxt o‘zagi orasiga olib maxkam ushlab ustarada bir nechta yupqa kesma tayyorlanadi. Kesmalardan bitasi buyum oynasiga joylashtirilib, mikroskopning kichik ob’ektivida tekshiriladi. Don tashqi tomondan po‘st bilan qoplangan. Donning ko‘p qismi oziq modda to‘plovchi, endosperm to‘qimasidan tuzilgan, uning tashqi tomonida aleyron donachalar bo‘ladi.
Don murtak, ildiz boshlang‘ichi, qalqon va kurtakchadan iborat. Don o‘sa boshlaganda (koleoptil) kurtakning Yashil bargchalarini qoplab nayza shaklini oladi.
Xulosa: loviya va bug‘doy urug‘larini bo‘laklarga bo‘lib, rasmini chizing.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin