Darsning maqsadi: Edogonium va kladoforaning sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishini o`rganish
Kerakli qurol va jihozlar: tabiatdan yoki akvariumdan olingan edogonium va kladoforaning tirik materiali, mikroskop, lupa, preparoval igna, tayyor preparatlar, jadvallar va kitoblar
ISHNING BAJARILISHI
Klassifikatsiyasi bilan tanishish
Bo`lim: Yashil suvo`ttoifalar-Shlorophyta Ajdod: CHin Yashil suvo`tsimonlar (Teng xivchinlilar) Shlorophyseae (Isosontae) Qabila : Edogoniynamolar-Oedogoniales Turkum: Edogonium-Oedogonium Tur: Oe. srispum Qabila: Sifonokladiyanamolar-Siphonosladiales Turkum: Kladofora-Sladophora Tur: S. glomerata 2. Tabiatdan olib kelingan kladoforaning tallomi lupa ostida qaraladi. Uning qattiqligiga e`tibor bering. Keyin mikroskopning kichik ob`ektivida kladofora tashqi tuzilishini o`rganish va rasmini chizib olish kerak. Buning preparoval igna yordamida buyum oynachasiga 1 yoki 2 ta suvo`t tallomini qo`yib, qoplag`ich oyna yopiladi, tayyor bo`lgan preparatdan dixotomik Shoxlanganligi va xujayralarini tsilindrsimon tuzilishga egaligiga e`tibor beriladi. Rasmlari chizib olinadi.
Kladofora turkumining ko`pchilik turlari dengizlarda, ba`zi turlari chuchuk suv havzalarida keng tarqalangan. Ular suvi tez oqadigan, kislotali muhitli kanallar, ariqlar, zovur va buloqlarda substratga yopishib, keyinchalik uzilib suv betiga chiqib suzib yuradi.
Mikroskopda kladoforaning tallomi to`q Yashil rangda bo`lishi va Shoxlanganligi bilan boshqa suvo`tlardan farq qilishini ko`rish mumkin. Hujayrasi ko`p qavatli qalin klechatadan iborat. TSitoplazmasi hujayra devori bo`ylab joylashgan, unda yirik g`alvirsimon, plastinka shaklidagi xromotoforalari ko`rinib turadi.
Jinssiz ko`payishi Shoxlangan hujayra uchlarida juda ko`p miqdorda zoosporalar hosil qilish vositasida sodir bo`ladi. Zoosporalari 2-4 xivchinli bo`lib, hujayra chetidan tashqariga, suvga chiqadi. So`ngra o`sib yangi individga aylanadi.
Jinsiy ko`payishi izogamiya. Dengizlarda uchrovchi turlarida izomorf jinsiy gallanish ham kuzatiladi. Erkak va urg`ochi jinsiy a`zolari har xil tup o`simliklarda rivojlanadi. Gametofitlarda erkaklik, urg`ochilik jinsiy organlari rivojlanadi. Zoosporalar hosil bo`lishidan avval, sporafit hujayrasidagi yadro reduktsion bo`linadi: zoosparalarni o`sishidan gametofit nasl beruvchi o`simlik o`sadi. Ammo ularning tashqi qiyofasi sporafitdan farq qilmaydi. Zigota tinim davrini o`tamasdan o`sib, sporafit nasl beruvchi o`simlikka aylanadi.
CHuchuk suvlarda keng tarqalgan S. glomerata –diploid xromosomaga ega bo`lib, uning taraqqiyoti davri boshqacharoq o`tadi. Gametalar hosil qilishidan oldin, uning diploid yadrolari bo`linib, gaploid xromosomalarga ega bo`lgan gametalar vujudga keladi. Jinsiy ko`payish vaqtida hosil bo`lgan zoosporalar diploid xromosomalarga ega bo`lib, ularning o`sishidan diploid xromosomali nasl taraqqiy etadi.
10-rasm. Kladofora
1-tallomini mikroskopda ko`rinishi, 2-hujayrasini ko`rinishi, 3- tallomining umumiy ko`rinishi.
Suvdan preparoval igna yordamida edogoniumning tallomidan olib, preparat tayyorlanadi. Mikroskopning kichik ob`ektivida qaralganda hujayrasining tsilindrsimon bo`lishi, usti bir qavat hujayra po`sti bilan qoplanganligini ko`rish mumkin. Mikroskopning kata ob`ektivida esa tsitoplazmani hujayra devori bo`ylab joylashganligi, bitta yirik yadrosi va ko`p pirenoidli xromotoforlari, hujayra markazida yirik vakuola aniq ko`rinadi. Bular al`bomga chizib olinadi.
Edogonium chuchuk suvlarda keng tarqalagan. Tallomi Shoxlangan ipsimon, yoshligida suv tubiga yopishib o`sadi. Keyinchalik uzilib, suv betida suzib yuradi. Tez oqar suvlarda yashaydigan turlari butun hayotida davomida substratga birikib yashaydi.
Tallomning ba`zi hujayralari bo`linish xususiyatiga ega. TSitoplazmaning bo`linishi ichki po`stining tashqariga qarab, halqasimon burma xosil qilishiga olib keladi. Burma cho`zilganda hujayraning tashqi po`sti shu burma ta`sirida yorilib, aylanasi bo`ylab halqasimon yoriq hosil bo`ladi. Bu paytda yadro bo`linib, burma yana cho`ziladi. Bo`lingan yadroning bittasi cho`zilgan qismiga o`tgandan so`ng pastki tomondan ona hujayra po`sti yonidan ko`ndalang to`siq bilan ajraladi. YAngi hosil bo`lgan Yuqori hujayrani o`rab olgan po`st uzun bo`lib, uning ustki qismda ona hujayra po`stining bir qismi qalpoqcha ko`rinishini oladi. Ma`lum vaqt o`tgandan so`ng yosh hujayra ham bo`linadi. Xosil bo`lgan qalpoqchalar soniga qarab, hujayralar necha marta bo`linganligini aniqlash mumkin.
Jinssiz ko`payishi zoosporalar yordamida amalga oshadi. Zoosporasi cho`ziq sharsimon, yirik, to`q Yashil rangda, uchidagi rangsiz protoplazmali joyidan toji chiqib turadi. Uning old tomonida 120 dona xivchini bor. Xivchinlari o`sib chiqqan ostki qismi bosh qismini fibroz aylanasini hosil qiladi. Fibroz halqa ostida xivchinlarining ildizlari joylashagan bo`ladi.
Edogoniumning jinsiy ko`payishi oogoniya yo`li bilan amalga oshadi. Oogoniylar sharsimon yoki ellipssimon shaklda, yirik, ko`pincha bo`rtgan hujayralari bo`lib, 1-2 tadan ba`zilarida tizilgan holda joylashgan bo`ladi. Har qaysi oogoniyada 1 tadan tuxum hujayra bor. Anteridiysi qisqa disksimon bo`lib, hujayrasi reduktsiyalangan xromotoforga ega. Har qaysi anteridiy hujayrasidan 2 tadan sariq rangli ko`p xivchinli spermatozoidlar etishadi. Edogoniumda jinsiy jarayonlar joylashishi bir xil emas. Ularning 1 uyli ayrim jinsli vakillarida anteridiy va oogoniylari bir o`simlikda joylashadi. 2 uyli vakillarida esa jinsiy organlari boshqa-boshqa o`simlik tallomlarda etiladi. Oogoniylar bir xil tuzilishli iplarda taraqqiy etsa, anteridiylar pakana iplarda rivojlanadi. Pakana iplarda maxsus androsporalar, ya`ni zoosporalar shakllanadi. Androsporalar alohida iplarda yoki oogoniya taraqqiy etgan iplarda rivojlanib, oogoniyaga yopishadi. Ularning uchki hujayralariga 2-tadan spermatozoidlar yopishadi. Oogoniy etilgach, uning devorida teshikcha paydo bo`lib, spermatozoidlar shu teshikcha orqali o`tib, tuxum hujayrani urug`lantiradi. Urug`langan tuxum oosporaga aylanadi. Oospora tinim davrini o`tgach, diploid xromosomali yadrosi reduktsion bo`linadi. Natijada to`rtta zoospora hosil qiladi. Zoosporalardan gaploid xromosomali yosh edogonium o`sib chiqadi.
Ko`rilganlarni barchasi albomga chizib olinadi.