Darsning maqsadi: Ulotriksning sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishi xususiyatlarini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: ulotriksning tirik materialli doimiy preparatlari, jadval, kitoblar, mikroskop, buyum va qoplagich oynalar.
ISHNING BAJARILISHI
Klassifikatsiyasi bilan tanishish
Bo`lim: Yashil suvo`tlar – Shlorophyta
Ajdod: Teng xivchinsimonlar yoki - Shlorophyseae, Isosontae
haqiqiy Yashil suvo`tsimonlar - Shloropsida
Qabila: Ulotriksnamolar – Ulotrishales
Turkum: Ulotriks – Ulothrix
Tur : Ulothrix zonata
2. Ulotriks tallomini buyum oynachasiga suv tomchisi bilan qo`yib mikroskopning avval kichik keyin esa katta ob`ektivida ko`riladi. Unda Ulotriksning tallomi bir qavat hujayralardan iborat bo`lib, qalin po`st bilan o`ralganligini ko`ramiz. TSitoplazma hujayra po`sti devoriga yaqin joylashagan, plastinkali xromatofor bor. Kata ob`ektivda qaralganda xromatoforda bir nechta pirenoid, bitta yadro va hujayraning markazida hujayra shirasi – vakuola ko`rinadi. Tallomdagi hamma hujayralar bir xil, faqat bazal hujayrasi qisqa rizoidga aylanib substratga birikish uchun xizmat qiladi. Bazal hujayradan tashqari boshqa hujayralari bo`linib, tallomning tinmasdan o`sishga va reproduktiv hujayralarni shakllanishiga olib keladi. Jinssiz ko`payishda Yashil hujayralarida 2 dan to 16 (32) tagacha ikki xivchinli zoospora xosil qiladi. Bu jarayon apikal hujayrada boshlanib, tallom asosigacha davom etadi. SHilimshiq pardali zoosporalar hujayra devorining yon teshigidan chiqib ketadi. Xarakatlanish davridan keyin zoosporalar to`xtab, birin-ketin xivchinlarini tashlab substratga yoni bilan birikib yangi tallomni hosil qiladi.
Jinsiy ko`payishda hujayralar ichida ikki xivchinli 8 (4) – 34 (62) tacha gametalar hosil bo`ladi. Gametalar hujayradan chiqqanda shilimshiq qobiqda o`ralgan bo`lib, shilimshiqdan harakatlanib ajraladi. Jinsiy jarayoni izogamiya yo`li bilan sodir bo`ladi. Ikkita tallomning gametalari qo`shilib (kopullyatsiya), harakatchan to`rt xivchinli zigota hosil qiladi. Bir necha vaqtdan harakatlanishdan so`ng, u substratga birikib, yumaloqlashadi, xivchinlarini ichiga tortib oladi. Zigotadan bir hujayrali sporofit o`sib chiqadi. Avvalo naysimon usimta hosil bo`ladi. Keyin o`simta uchida noksimon sporofit hosil bo`ladi. Sporafit etilganda 4-16 ta to`rt xivchinli zoospora hosil bo`ladi. Ular sporofitning devorining teshikchasidan chiqib ketadi. Zoosporalar substratga o`rnashib unib chiqadi.
3. Mikroskopda ko`rganlarini al`bomga chizib olinadi.
9-rasm. 1. Ulotriksnig umumiy ko`rinishi, 2-gametalar hosil bo`lishi, 3-zoosporalar chiqishi, 4-gameta, 5-izogametalarni qo`shilishi, 6-zoosporalar, 7-tinim davridagi zigota.
Dostları ilə paylaş: |