2. Batraxospermumning och –Yashil, kumushrang (dikotsian hisobiga) va shilimshiqsimon tallomining uzunligi 5-12 sm bo`lib, toza va tiniq daryo hamda ko`p suvlarida substraktga yopishgan holda yashaydi.
Lupada qaralganda tallomi xujayralardan tuzilgan markaziy tallomda va unda halqa bo`lib joylashgan yon Shoxchalardan iboratligi ko`rinadi. YOn Shoxchalarida xromotofor ko`p bo`ladi. Ular assimilyatsiya vazifasini bajaradi va assimilyatorlar deb ataladi. Markaziy tallom apikal hujayralar hisobiga doimo o`sib turadi, bu hujayralar yirik, etli va rangsiz bo`ladi. Assimilyatorning bazal hujayralaridan uzluksiz o`suvchi Shoxchalar hosil bo`ladi. Shoxchalarning bo`g`imlararo hujayrasi o`smaydi, o`sishi chegaralangan assimilyatorlarda jinsiy organlar taraqqiy etadi. Urug`lanish hosil bo`lganidan so`ng, karpogonning qorin qismidan Shoxlangan gonimoblast ipchalar o`sib chiqadi. Uchki hujayralaridan karposporalar hosil bo`ladi. Kariosporalar yig`ilib, zich joylashgan tsistokarpiyni hosil qiladi. Karposporalardan sudralib o`suvchi ip, undan esa tik o`suvchi Shoxlangan ip o`sib chiqadi. Bu ip batraxospermum tallomiga tashqi tomonidan umuman o`xshamaydi. Batraxospermumning bu taraqqiyot bosqichi – shantranziya (Shantransia) deyiladi. U bevosita monosporalar bilan ko`payadi. Qulay sharoitda shantranziyaning uchki hujayralari o`sib, batraxospermumning tipik tallomi o`sib chiqadi. SHantranziya ipidan batraxospermum tallomini rivojlanishi yorug`likni davomiyligi va intensivligiga bog`li. E. Manning ta`kidlashicha, batraxospermum tallomining ba`zan qismi tetrasporofit hisoblanadi.
3. rasm. Batroxospermum
3.1rasm. Batraxospermumning tallomining umumiy tuzilishi.
3. 2 rasm. Halqa shaklida joylashgan tsistokarpiyli «Shoxcha» si.
4 rasm. Deleseriya
Delesseriya tallomining umumiy ko`rinishi
Eksponatlardan Delesseriya (Delesseria)ni tallomi lupa ostida qaralganda och qizil rangda bo`lib, buta shaklida va Shoxlanganligiga e`tibor bering. Shoxlangan tallomi qisqa tana va uning uchidagi lantsetsimon plastinkalardan iborat bo`lib, aniq ko`rinadi. Plastinka asosi tomon torayib boradi va barg bandiga aylanadi. Plastinkasi patsimon tomirlangan.
Ko`payishda - karpogonlar hosil qiladi. Ular urug`langach, auksilyar hujayralar taraqqiy etadi. Bulardan tashqari prokarpiylarga ega. Karpogon Shoxga doimo to`rt hujayrali, Shoxlanmaydi va peritsentrik hujayralarga ega bo`ladi. Auksilyar hujayralar urug`langach, karpogon Shoxchalardagi hujayralardan ajraladi.
Delesseriyalar SHimoliy dengizlarning chuqur joylarida o`sadi.
Ko`rilganlarning barchasi al`bomga chizib olinadi.