15- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu. Mevalarning tuzilishi
Kerakli materiallar: yangi va fiksirlangan mevalar, qolleksiyalar va qo‘shimcha ish kurollari.
Ishni bajarnsh tartibi. Mevalar klassifikatsiyasini o‘rganishda asosiy yangi va fiksirlangan mevalar ustida ish olib boriladi. Mevalar gruppalarga ajratilib olinadi. Ular xarakterli belgilariga qarab bir-biridai farqlanadi.
Meva gulli o‘simliklarning organlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U gul urug‘chisining qo‘sh urug‘lanishidan keyin hosil bo‘ladigan maxsulotdir. Ayrim o‘simliklarda (uzum, anjir, limon, apelsinda) urug‘chi murtagi urug‘lanmasdan meva hosil qiladya. Bunday mevalar partenokarp deyilib,bularda urug‘ hosil bo‘lmaydi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning mevasi turli moslamalarga ega bo‘ladi. Bu moslamalari tufayli ular tarqaladi va o‘zini muhofaza qiladi. Masalan, qayrag‘och, zarang, qoqio‘t mevalari ana Shunday meva. Mevalar bir yoki ko‘p urug‘li bo‘lib, uch qavatdan: tashqi — ekzokarp, o‘rta — mezokarp va ichki endokarpdan tuzilgan..
Mevalar morfologik jihatdan turli-tuman bo‘ladi, biz kuyida ularning ayrimlari bilan tanishamiz.
Mevalar meva devori (perikarpiy) ning quruq yoki xo‘lligi, yakka yoki ko‘p urug‘li bo‘lishi, meva bargining ochiluvchi yoki ochilmaydigan bo‘lishiga qarab turli gruppalarga bo‘linadi.
Xo‘l mevalar va quruq mevalar bo‘ladi.
Xo‘l mevalarning qatlamlari yumshoq, seret va sersuv bo‘ladi. Bunga xaqiqiy, soxta, to‘p va murakkab mevalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Xaqiqiy (chin) mevalar urug‘chi tugunchasining rivojlanishidan hosil bo‘lib, bularga olcha, gilos, o‘rik va boshqalar kiradi. Soxta meva hosil bo‘lishida tuguncha bilan birga kosacha yoki tojibarg ham ishtirok etadi. Bularga olma, nok, anor va boshqa mevalar kiradi. To‘p va murakkab mevalar esa to‘pguldan hosil bo‘lib, markaziy bandda g‘uj joylashgan bo‘ladi. Masalan, tut, anjir, ananas, maymunjon mevalari to‘pmevadir.
Kuruq mevalar quruq, yog‘ochlashganligi bilan xarakterlanadi. Quruq mevalar ochilmaydigan va ochiluvchi gruppalarga bo‘linadi. Ochilmaydigan quruq mevalarning ko‘pchiligi bir urug‘li bo‘ladi. Masalan, yong‘oq, kungaboqar, zarang, qayrag‘och, shumtol va boshqalar. Ochiluvchi quruq mevalarning urug‘i ko‘p bo‘ladi. Masalan, dukkak, chanoq, qo‘zoq, qo‘zoqcha va shu kabilarda. Dukkak mevalar (mosh, loviya, no‘xat va boshqalar) ning urug‘i platsentasi yordamida bevosita kuruq mevasiga o‘rnashady.
Chanoq mevalar ikki yoki ko‘p xonali bo‘ladi (paxta, lola, piyoz, ko‘knori, bangidevonada).
Qo‘zoq va qo‘zoqcha mevalar markaziy chok qismidan ikkiga ajraladi. Bu xil quruq mevaning orasida tilsimon parda bo‘lib, uning ikki tomoniga urug‘ joylashadi. Masalan, karam, sholg‘om, katalpa va boshqalarda.
Quzoq mevaning eniga nisbatan buyi to‘rt marta uzun bo‘ladi. Qo‘zoqchada esa bo‘yining eniga nisbatan uzunligi ikki-uch martadan oshmaydi. Masalan, achambiti mevasida.
Urug‘ va mevalar turli vositalar — shamol (anemoxoriya), suv (gidroxoriya), hayvon (zooxoriya) va odamlar (antropoxoriya) vositasida tarqaladi. Bundan tashqari, ayrim o‘simliklar mevasi aktiv ravishda yorilib, urug‘ini sochib yuboradi (yovvoyi bodring, xina, mimoza va boshqalarda).
SHamol vositasida tarkaladigan urug‘ va mevalarda maxsus tukchalar va o‘simtalar bo‘lib, havoga engil ko‘tarilishga moslashgan bo‘ladi (tol, terak, qoqi o‘t, bo‘tako‘z). Ko‘pgina daraxtlarning mevasi qanotchali bo‘lib, ular (qayrag‘och, zarang, shumtol, oqqayin) shamol yordamida tarkaladi. Gigrofil va gidrofil (yakan, salomalaykum, suvqalampir, kurmak) o‘simliklar urug‘i va mevasi suv yordamida tarqaladi. Ko‘pgina o‘simliklarning urug‘i va mevasi hayvonlar va odamlar vositasida tarqalib, ular turli shakldagi quruq va ho‘l mevalar hisoblanadi. Quruq zooxoriy (yovvoyi sabzi, ko‘ytikan, qushqo‘nmas) mevalar aksariyat tikanli yopishqoq bo‘ladi. Ho‘l zooxoriy (ituzum, jiyda, do‘lana, olcha) urug‘larning ko‘pchiligi qushlar (ornitoxoriya) vositasida tarqaladi. Bundan tashqari, yana chumoli (mirmekoxoriya) yordamida ham bir qator o‘simliklar binafsha, ko‘knorguldoshlar urug‘i tarqaladi.
Ko‘pgina o‘simliklarning urug‘i va mevasi iste’mol qilinadi. Masalan, donli o‘simliklar: bug‘doy, makkajo‘xori, sholi, oqjo‘xori, arpa, tariq qraxmalga boy bo‘lsa, dukkakdoshlar: ko‘kno‘xat, no‘xat, mosh, soya oqsilga boy hisoblanadi. Ho‘l mevalar: olma, nok, behi, o‘rik, shaftoli, gilos, qulupnay, olcha, uzum, anor, xurmo, qovuntarvuz, handalak va boshqalar uglevodga boy bo‘ladi. Ayrim o‘simliklar urug‘idan (kofe, kakao) yoqimli ichimliklar tayyorlanadi.Bir qator o‘simliklarning urig‘idan sifatli moy olinadi. Masalan, kungaboqar, chigit, zig‘ir, kunjut ana Shunday o‘simliklardir. Paxta, kanop, jut, zig‘ir va shu kabi bir qator o‘simliklar urug‘idan sifatli moy tayyorlanadi.
Ko‘pgina shifobaxsh o‘simliklarning bargi, urug‘i, mevasi va boshqa organlaridan dori-darmon tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |