Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə129/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

1-mashg‘ulot. Endospermsiz va endospermli urug‘larni tekshirish.
1. Urug‘larning morfologik tuzilishini analiz qilib, loviya, bug‘doy urug‘larining qaysi tipga taaluqli ekanlinigi aniqlash.
2. Urug‘larning umumiy ko‘rinishini va ikkiga ajratib ichki tuzilishini tekshirib nomlarini belgilash.
Ish tartibi. Dukkakli o‘simliklar, masalan, loviya, no‘xat, mosh, nut urug‘ini olib tuzilishini tekshirib, ikkiga ajratib, unda endosperm bor yo‘qligi tekshiriladi. Endosperm yo‘qligi zahira oziq moddalar urug‘pallalarida to‘planganligi ko‘rinadi. Masalan, loviya urug‘ini olib qarasak, u odatda, buyraksimon shaklda bo‘lib, usti urug‘ning ichki to‘qimalarini ko‘rish mumkin. Urug‘ning ichki botiq tomonida urug‘band izi bo‘lgan kichik chok bo‘ladi. Urug‘ ona organizm tugunchasining devoriga ana shu urug‘band bilan birikib turadi. CHokning yonida kichik teshik – urug‘ yo‘li (mikropil) bo‘ladi.
Agar loviya urug‘ining tashqi po‘sti olib tashlansa, u osongina teng ikki pallaga ajraladi. Bu pallalarning ichki tomoni tekis, tashqi tomoni bo‘rtgan bo‘ladi, tekis tomoni bilan bir-biriga yondoshgan urug‘palla ko‘rinadi.
Urug‘pallalar bir uchi bilan bir-biriga bog‘langan bo‘ladi, ular orasida o‘simta bo‘ladi. Bu o‘simta murtak ildizchasi deb ataladi. Bundan tashqari, urug‘pallalar orasida murtak ildizchasi yaqiniga murtak kurtakchasi joylashgan. Bu kurtakcha bo‘lajak novda boshlang‘ichi bo‘lib, po‘st bilan o‘ralgan.
Agar loviya urug‘i bir necha issiq suvga solib qo‘yilsa, u suvni shimib bo‘ka boshlaydi: bunda urug‘ning bo‘kayotgan ichki to‘qimalari tashqi po‘stiga kuch bilan itariladi, natijada po‘st yorilib, tushib ketadi. Shu vaqtdan boshlab urug‘ una boshlaydi. Bunda eng avval murtak ildizchasi o‘sib, pastga egiladi va o‘simtasining asosiy ildizini hosil qila boshlaydi. Undan yon ildizlar hosil bo‘ladi.
Ayni vaqtda murtakning kurtakchasi ham uyg‘ona boshlaydi. Bunda urug‘pallalar ajralib, kurtakning bo‘yi uzayadi va undan bargli poya chiqadi va ikkita boshlang‘ich barg hosil bo‘ladi. Urug‘pallalar avval tuproq ostida bo‘ladi va poya o‘sgan sari urug‘palla er betiga chiqib birmuncha baland ko‘tariladi, u Yashil rangga kirib fotosintez jarayonida ishtirok etadi. O‘simlik ildizi, ildiz tukchalari hamda urug‘palla ostida ostki poya yoki gipokotil’ va urug‘palla ustida ustki poya epikotil’ hosil bo‘ladi.
Ba’zi o‘simliklar (g‘o‘za, loviya) ning betiga ko‘tarilib chiqqan urug‘pallasi Yashil rangga kira boshlaydi va fotosintez prosessida ishtirok etadi. Boshqa o‘simliklarning urug‘pallasi er ostida qoladi, rangsiz yoki och-sariq rangli bo‘lib turadi. Poya o‘sgan sari avval qattiq va egiluvchan bo‘lgan urug‘palla sekin asta yumshab qoladi, chunki undagi zahira oziq moddalar o‘simta tanasining hosil bo‘lishiga sarflanadi. Keyinchalik ular qurib, to‘kilib ketadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin