Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə126/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Urug‘lanish. Urug‘chi tumshushchasiga tushgan changlar vegetativ hujayra xisobiga o‘sadi, ulardan naycha hosil bo‘ladi. Chang naychasining uchki qismidagi geperativ hujayra bo‘linishi natijasida ikkita spermiya hosil bo‘ladi. Chang naychasi o‘sib borib, tuxum hujayra yoki sinergid zonasi orqali murtak xaltachasiga kiradi. Shu vaqtdan chang naychasining uchki qysmi yorilib murtak xaltachasi ichiga ikkita spermiya tushadi. Spermiyaning bittasi tuxum hujayra bilan qo‘shilib, zigotaga aylanadi. Natijada murtak shakllana boshlaydi. Ikkinchi spermiya esa murtak xaltachasining ikkilamchi yadrosi bilan birlashadi. Natijada undan endosper­ma, ya’ni urug‘ning maxsus oziklantiruvchi to‘qimasi hosil bo‘ ladi.
Shunday qilib, gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish protsessi sodir bo‘ladi. Buni gulli o‘simliklarda birinchi marta 1898 yilda S.G.Navashin aniqlagan.
Topshiriq. YAngi yoki fiksirlangan materiallardan foydalanib, lupa va mikroskop yordamida urug‘chining morfologik qismlarini o‘rganing va rasmini chizib oling. Urug‘ murtagnning qismlarini mikroskopning katta ob’ektivida birma-bir ko‘rib, mukammal ko‘rinishini chizib oling.
2. Kerakli materiallar: yangi yoki fiksirlangan g‘o‘za, olma, olcha, qovoq, no‘xat, kartoshka, sachratki, akatsiya, tol, lola guli, lupa va qo‘shimcha ish kurollari.
Ishni bajarish tartibi. Lupa yordamida gulning qismlari morfologik jixatdan analiz qilinadi. 65% spirtda fiksirlangan gul changchisning changdonidan olib undan ko‘ndalang kesik tayyorlanadi. Shu kabi gul changchisidan ham mikroreparatlar tayyorlab, uning tuzilishi mikroskopda o‘rganiladi. Gullar to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ikki gruppaga bo‘linadi. To‘liq gulda kosachabarg, tojibarg, changchilar va urug‘chilar to‘liq bo‘ladi. Masalan, ayiqtovon­doshlar, ra’noguldoshlar, dukkakdoshlar oilasi va boshqalarda. To‘liq bo‘lmagan gulda to‘rtta a’zodan bitta yoki ikkitasi bo‘lmaydi. Masalan, lola, shirach, boychechak, qovun, qovoq gulida. Gul qism­lari hosil bo‘lishiga ko‘ra, juda uzoq davrlarni o‘tib evolyusiya tarzda mukammallashgan mahsulotdir.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin