Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə139/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

3-Amaliy mashg ‘ulot
Mavzu:
Darsning maqsadi: spirogira, zignema, mujotsiyalarning sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: tirik material: spirogira
(Spirogyra), zignema (Zygnema), mujotsiya (Mougeotia), shu suvo`tlarning doimiy preparatlari, kaliy yodid eritmasi, jadval, kitoblar, mikroskop, buyum va qoplagich oynalar.
ISHNING BAJARILISHI
1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish

Bo`lim: Yashil suvo`ttoifalar – Shlorophyta


Ajdod: Matashuvchisimonlar - Sonjugatophyseae
Qabila: Zignemanamolar - Zygnematales
Turkum: Spirogira - Spirogyra
Tur: S. salospora
Turkum: Zignema –Zygnema
Tur: Z. insegne
Turkum: Mujotsiya – Mougeotia
Tur: M. aspera
2. Suvo`tlar yig`ilgan bankadan spirogirani (Spirogyra) bir nechta Yashil tallomlarini qisqich bilan olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylashtirib qoplagich oynacha bilan yopiladi. Mikroskopning kichik ob`ektivida qaralganda spirogiraning tallomi ipsimon bo`lib, bir qator hujayralardan iboratligi ko`rinadi.
Katta ob`ektivda xar bir hujayra ichida spiral shaklida joylaygan xromatofor ko`rinadi. Xromotoforning cheti tishchali bo`lib, ustki qismida pirenoidlari joylashgan, ularda kraxmal to`planadi.
Hujayrani ichida yadro tsitoplazma cho`kkan va ingichka iplarda osilgan holda bo`ladi, ularning o`rtalarida vakuollar joylashgan. Xromatofor tsitoplazmani po`sti devorlararo qavatida joylashadi. Preparatga kaliy yodid eritmasi bilan ta`sir etilganda pirenoidlar oldida kraxmal donachalari borligi seziladi. Keyin spirogiraning iplarini jinsiy jarayon – kon`yugatsiya vaqtida ko`rinadi. Agar tirik spirogira bo`lmasa, bu jarayonni doimiy preparatlarda ko`rinadi. Kichik ob`ektivda bir biroviga parallel joylashgan tallomlar topiladi. Har bitta juft tallom bir biroviga qarata o`simtalar va ularning ichida kanalchalar hosil qilganligi ko`rinadi. Bir o`simtalar ushrashganda o`rtadagi to`siq erib ketib, kanalchalar orqali bir hujayraning ichki qismi ikkinchi hujayraga qo`shiladi. Ikkita protoplastlar qo`shilish natijasida yangi hujayra – zigota hosil bo`ladi. Tinim davrini o`tab, zigotaning yadrosi meyoz yo`l bilan bo`linadi. Hosil bo`lgan to`rtta gaploid hujayradan uchtasi erib ketib, bittasidan yangi spirogira tallomi o`sib chiqadi. (11-rasm).
Zignema (Zygnema) tallomini mikroskopning katta ob`ektivida ko`rilganda, uning xromatofori ikkita bo`lib yulduzsimon shaklda ekanligi ko`rinadi. YAdrosi ingichka iplarda osilib hujayraning o`rta qismida, ikkita xromatoforni o`rtasida joylashgan.
Mujotsiya (Mougeotia)ning xromatoforini mikroskopning katta ob`ektivida ko`rilganda, uning plastinkasimon bo`lishi aniqlanadi. YAdrosi hujayrasining o`rtasida joylashadi.
3.Ko`rilaganlarni barchasi al`bomga chizib olinadi.



11-rasm. Spirogira


1-Spirogira tallomining umumiy ko`rinishi, 2- kon`yugatsiya jarayoni, 3- zigotaning o`sishi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin