9-Amaliy mashg ‘ulot Mavzu Qorakuya va zang zamburug`lar tartibi. Takomillashmagan zamburug`lar sinfi
Darsning maqsadi: tosh kuya va chang qora kuyalarini sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishini o`rganish.
Kerakli qurol va jihozlar: bug`doy chang kuyasi va bug`doy tosh kuyasi, tushgan boshoqlar, mikroskop, lupa, jadval, rasmlar, kitoblar.
ISH BAJARILISHI
1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish
Bo`lim: Zamburug`lar - Mysota Ajdod: Bazidiomitsetsimonlar – Basidiomysetes K.ajdod: Telebazidiomitset – Teliobasidiomysetidae Qabila: Qorakuyanamolar – Ustilaginales Oila: Ustilagodoshlar– Ustilaginaseae Turkum: Chang qorakuya – Ustilago Tur: Bug`doyning chang qorakuyasi – U. tritisi Oila: Tilletsidoshlar – Tilletiaseae Turkum: Tosh qorakuya – Tilletia Tur: T. trisisi 2. Bug`doy chang kuyasi bug`doyda parazitlik qiladi. Kasallangan boshoq xuddi ko`yganga o`xshab qorayib qoladi. Boshoqda don o`rnida qora rangli teliosporalar to`plami hosil bo`ladi.
Teliosporalar mikroskopda qaralganda ular sharsimon va qora rangda ko`rinadi. Teliosporalari gulning urug`chisiga tushgach, to`rt yadroli bazidiylar o`sib chiqadi. Shu joyda reduktsion bo`linib, gaploid yadrolar paydo bo`ladi. Bazidiosporalar bu erda shakllanmaydi, dikarion bir hujayradagi yadrolarni qo`shilishdan yoki boshqa – boshqa bazidiylarning yadrolari qo`shilishidan hosil bo`ladi. Bu ikki yadroli bazidiylardan tugunchaga birikkan chang naychalari bo`ylab dikarion mitseliy rivojlanadi. Mitseliy avvoliga donni shakllanishiga halaqt bermaydi, don tashqi ko`rinishidan sog`lomdek ko`rinadi. Bu vaqtda uning endosperm to`qimalarida va murtagida bu parazitning mitseliysi joylashadi. Zararlangan urug` tuproqqa tushgach dastlab sog`lom ko`ringan normal o`simlik o`sadi. O`simlikni keyin rivojlanishi davrida zamburug` mitseliysini o`sishi tezlashadi. O`sib, xujayralarda to`qima bo`ylab tarqaladi, asosan, o`sish konusida to`planadi. Keyin mitseliy rivojlanayotgan boshoqqa o`tadi, u erda tez rivojlanib don va boshoqlarni zararlaydi. Ohir-oqibatda alohida teliosporalarga aylanadi. Boshoqni barg qinidan chiqishi bilan uning poyasi sog`lom bo`ladi va yon boshoqchalari kuchli zararlangan bo`ladi. Boshoqning boshqa qismlari qora changga o`xshash teliosporalarga aylanadi. Teliosporalar tinim davrini o`tmasdan o`sish xususiyatiga ega bo`ladi va shamol orqali bu paytda gullab turgan boshqa boshoqlarga o`tib, tugunchasini zararlaydi.
Bug`doy tosh kuyasi bilan zararlangan bug`doy to`pguli lupa ostida qaralganda, teliosporalar bilan tulgan donlarni ko`rish mumkin. Ular sog`lom boshoqdan tashqi ko`rinishdan kam farq qiladi. Bir nechta zararlangan boshoqchalarni ajratib olib, mikroskop ostida uning tashqi ko`rinishiga e`tibor beriladi. Ularning meva yoki qoramtir bo`lib, uzunchoq yoriqlari mavjud. Meva yoki urug` sekingina yorib ko`rilganda, ichi qora rangli teliosporalar bilan to`lib turgani ko`rinadi. Undan aynigan baliq hidi kelib turadi. Shuning uchun ham u sassiq kuya deb ham nomlanadi.
Mikroskopda bug`doy tosh kuyasi va chang kuyasini teliosporalarini bir preparatda qaralganda tosh kuyaning teliosporalari nisbatan yirikligi aniq namoyon bo`ladi. Undan tashqari tosh kuya teliosporasini yuzasida katakchali naqshlari aniq ko`rinadi.
1- zararlangan bug`doy boshog`i, 2-urug`chiga tushgan spora, 3-urug` murtagiga zamburug` mitseliylarining o`tishi, 4-zararlangan don, 5-zararlangan murtakning mikroskopda ko`rinishi, 6-maysa bilan zamburug` mitseylisini o`sishi, 7- sog`lom boshoq, 8-9 sporalar va ularning o`sishi.
O`sgan sporalarida qo`shiladigan uzunchoq bazidisporali bazidiyalari ko`rinadi.
Bug`doy chang kuyasi va tosh kuyasi qishloq xo`jaligida ziyon keltiradi. Shuning uchun ularga qarshi ommaviy kurash olib borish zarur. Shunday usullardan biri ekiladigan urug` yaxshilab yuviladi.
Mikroskopda ko`rilganlar al`bomga chizib olinadi.