14 - Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Qirqquloqtoifalar bo`limi (Polypodiophyta).
Qirqquloqsimonlar (Polypodiopsida) sinfi.
Erkak qirqquloqning (Dryopteris filix mas) tuzilishini o`rganish.
Kerakli jihozlar: Erkak qirqquloqning tirik obekti yoki gerbariysi, lupa, mikroskop, o`simlik rasmlari.
Sinf: Polypodiopsida – Qirqquloqsimonlar.
Qabila: Cyatheales – Qirqquloqnamolar (siateyanamolar)
Oila: Dryopteridaceae – Qirqquloqdoshlar
Vakillari: Dryopteris filix mas – Erkak qirqquloq
Hozirgi paytda Yer sharida qirqquloqlarning 300 ga yaqin turkumi, 10 mingdan ortiq turlari tarqalgan. Qirqquloqlar tog'larda, tekisliklarda, botqoqlik va suvda uchraydi. Ko'pchilik turlari taraqqiyot shaklida sernam muhitni talab qilganligi tufayli tropik va subtropik iqlimli joylardagi o'rmonlarda ancha keng tarqalgan. Qirqquloqlar xilma-xil ekologik muhitda o'sishi sababli ular orasida har xil hayotiy shakldagi turlarni uchratish mumkin. Ayniqsa, tropik va sernam subtropik sharoitda o'rmonlarda o't, epifit, liana shaklga ega turlari va siatey va diksoniya turkumiga kiruvchi bo'yi 25 metrgacha yetadigan daraxtsimon qirqquloqlarni ham uchraydi.
Ishning borishi
Sporafit. Qirqquloq gerbariysidan bargining tashqi tuzilishi, uning rivojlanish xususiyatlari, ildizpoyasining tuzilishini o`rganing. Ildizpoyaning ko`ndalang kesimini lupa yoki mikroskopda tekshiring va uning markazidagi ikkita qo`ng`ir taqasimon joyiga etibor bering. Bu sklerenxima hujayralaridan hosil bo`lgan mexanik to`qimadir. Ular o`rtasida ikkita yirik o`tkazuvchi bog`lamlar mavjud. Sklerenximadan tashqi tomonda maydaroq o`tkazuvchi bog`lamlar joylashgan.
O`tkazuvchi bog`lamlarni tashqi tomondan po`st o`rab turibdi. Po`st ikki qavatdan iborat bo`lib, ichki qavati rangsiz. Ichki qavat chegarasiz sklerenxima va o`tkazuvchi bog`lamlarning orasini to`ldiruvchi asosiy to`qimaga o`tadi. O`tkazuvchi bog`lamlarni mikroskopning katta obektivida ko`rib, ksilema va floema bog`lami qaerda joylashganligi, o`tkazuvchi bog`lamlar qanday tipdaligi, kselema va floema qanday elementlardan iboratligi, bog`lam nima bilan o`rab olinganligini aniqlang. Ichkaridagi perisikl hujayralari qavati endodermaga yopishib turadi. Ildizpoya va o`tkazuvchi bog`lamlar tuzilishi rasmini chizing.
Barg yaprog`ida orqa tomonida soruslar joylashgan. Soruslar ichida sporangiylar mavjud. Sorusni ko`ndalang kesib tuzilishi o`rganiladi. Sporangiy birikib turgan bo`rtma plasentaga va sorusni koplagan parda induziumga etibor bering. Sporangiydan alohida olib mikroskopda ko`riladi va sporangiy halqasini hosil qiluvchi hujayralar qanday ahamiyatga ega ekanligi o`rganiladi. Shu sporangiyni devori uch qavatli bo`lib, uning ichida yangi hujayralarni hosil qiluvchi arxeosporalar joylashgan. Yangi hujayralar reduksion bo`linib sporalarga aylanadi. Sporalarning hajmi aniqlanadi va rasmi chiziladi.
Dostları ilə paylaş: |