Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə152/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

12.-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Plauntoifalar (Lycopodiophyta) bo`limi.
Plaunsimonlar sinfi – Lycopodiopsida.

Cho`qmoqli plaunning (Lycopodium clavatum) tuzilishini o`rganish.


Kerakli jihozlar: Cho`qmoqli plaunning spora boshoqli gerbariysi. Cho`qmoqli plaun poyasining ko`ndalang kesimi, sporangiya va sporalaridan tayyorlangan tayyor preparatlar. Plaun turkumining boshqa turlari gerbariysi.
Sinf: Lycopodiopsida – Plaunsimonlar.
Qabila: Lycopodiales – Plaunnamolar
Oila: Lycopodiaceae – Plaundoshlar
Vakillari: Lycopodium clavatum – Cho`qmoqli plaun

Plaunlarning ayrimlarida ildizpoyalar mavjud bo'lib, unda metamorfozlashgan barglar va qo'shimcha ildizlardan tashqari rizoforalar ham bor. Plaunlarning yer usti va yer osti qismlari dixotomik Shoxlangan. Ko'pchilik plaunlarning barglari ketma-ket, ayrimlarida esa qarama-qarshi yoki halqasimon joylashgan.


Plaunlarning sporofillari spora boshoqlarida o'rnashgan. Plaunlar vegetativ jinssiz va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. Vegetativ ko'payish ildizpoyalari yordamida amalga oshadi.
Plaunlar orasida teng va har xil sporali vakillari bor. Teng va har xil sporalardan o'sgan gametofitlar bir-biridan kattaligi, shakli jihatidan keskin farq qiladi. Teng sporalardan o'sgan gametofitlar ikki jinsli bo'lib, yer osti yoki yarim yer ustida o'sadi. Ular saprofit hayot kechiradi va 10 – 15 yil mobaynida yetiladi. Makrosporali va mikrosporali vakillarida har xil sporalardan hosil bo'lgan gametofitlar juda kichik hamda bir jinsli bo'lib, bir necha hafta ichida yetiladi. Makrosporadan hosil bo'lgan gametofitda arxegoniy, mikrosporadan o'sgan gametofitda esa anteridiy ikki yoki ko'p xivchinli spermatozoidlar yetiladi. Arxegoniyning pastki qismida tuxum hujayra joylashgan. Urug'lanish suv ta’sirida ro'y beradi.


Ishning borishi

Cho`qmoqsimon plaun – doim Yashil ko`p yillik o`simlik. O`rmonlarda uchraydi. Poyasi yotib o`suvchi, uzunligi 1-1,5 metrgacha boradi.


O`simlikni o`rganish uchun gerbariydan foydalaniladi. Poyasining xiliga, uning Shoxlanishi va ildiz tipiga etibor beriladi. Bargini lupa yordamida ko`rib, barg shakli, poyada barglarning qanday joylashganligi aniqlanadi. Spora hosil qiluvchi boshoqlari topiladi.
Poyasining ko`ndalang kesimi mikroskopda ko`riladi. Ko`ndalang kesimida o`tkazuvchi bog`lam qanday tipda ekanligi, kselema va floema qaerda va qanday tartibda joylashganligi o`rganiladi. O`tkazuvchi bog`lamlari perisikl va endoderma bilan o`ralgan. Ularni preparatdan toping va po`stloqda epidermis, tashqi mexanik to`qima, asosiy parenxima to`qimasi va ichki mexanik to`qimani aniqlang. Po`stloqdagi barg hujayralar to`plami barg izlaridir. Poyaning ko`ndalang kesimi sxemasini chizing.
Spora hosil qiluvchi boshoqlar oddiy ko`z bilan sporangiyli sporafillni nina bilan ajratib olib lupada ko`riladi. Sporafill qanday shakldaligi va sporangiy qaerda joylashganligi aniqlanadi. Sproangiyli sporafillarining rasmi chiziladi. Sporangiylar sporafillga qanday o`rnashganligiga etibor beriladi. Mikroskopning katta obektivida sporalar ko`rilib ularning kattaligi bir xil yoki bir xil emasligi, shakllari qandayligi aniqlanadi.
Cho`qmoqsimon plaunning jinsiy ko`payishi bilan tanishing. Uning arxegoniyli va anteridiyli gametofiti hamda taraqqiyot siklini sxematik ravishda chizing.
Plaunlarning boshqa turlarini ham tashqi tuzilishi bilan tanishing va cho`qmoqsimon plaunlar bilan solishtiring.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin