Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə149/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Darsning maqsadi: vertitsellum va fuzarium zamburug`larining sistematik o`rni, tuzilishi va taraqqiyotini o`rganish.
Kerakli material va jihozlar: G`o`za, zig`ir, kartoshka o`simliklarining zamburug` bilan zararlangan poya, barg va ildizlarining gerbariylar va ho`l preparatlari, lupa, mikroskop, pintset, jadval va kitoblar.

ISHNING BAJARILISHI



  1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish

Bo`lim: Zamburug`toifalar - Mysota
Ajdod: Takomillashmagan zamburug`simonlar - Deuteromysetes
Qabila: Gifomitsetnomalar – Hyphomysetes
Turkum: Vertetsellum - Vertisillum
Turkum: Fuzarium – Fusarium


2. Gerbariydan vertitsellum zamburug`i bilan zararlangan g`o`za yoki kartoshka bargi va poyasi avval lupa ostida qaraladi. Lupa ostida konidiylarini ko`rish mumkin. Mikroskopda qaralganda esa zamburug`ning konidiya bandlari halqa shaklida joylashganligini va ularning uchida alohida-alohida joylashgan konidiyalarni aniq ko`rish mumkin. Konidiyabandlar va konidiyalarni rasmlari chizib olinadi.
Vertisillum dahliae gifomitsetnamolar ajdodining muhim vakil hisoblanadi. U juda xavfli bo`lib, g`o`zada so`lish (vilt) kasalligini keltirib chiqaradi.
G`o`zaning furazium zamburug`i bilan zararlangan ildizini gerbariy materiali yoki ho`l preparatdan namuna olib, mikroskopning kichik va kata ob`ektivlarida qaraladi. Katta ob`ektivda bir-biridan farq qiluvchi makrokonidiyalarni va mikrokonidiyalarni ko`rish mumkin.
Mikrokonidiyalar urchuqsimon yoki o`roqsimon bo`lib, 4-10 ta hujayralardan tashkil topgan. Mikrokonidiyalar esa kichik va bir hujayrali, yoki ikki to`siqli konidiyalardan iborat. Mikrokonidiya va makrokonidiyalarni rasmlari chizib olinadi. Fuzarium turkumi vakillari tabiatda keng tarqalgan bo`lib, tuproqda, o`simlik qoldiqlarida saprotrof yashaydi. Ular madaniy o`simliklarda yashab, so`lish kasalligi keltirib chiqaradi. Fusarium oxysporum degan vakili g`o`za, zig`ir, sabzavot va ba`zi manzarali o`simliklarning ildizida yashab, fuzarin kislotasini ajratadi. Bu kislota o`simlik to`qimalariga zararli ta`sir ko`rsatib, hujayralarni turgorlik xususiyatini buzadi. Natijada o`simlik avval so`lib, keyin quriydi.

  1. Ko`rilganlarning barchasini rasmlari al`bomga chizib olinadi.



21-rasm. Takomillashmagan zamburug`larning spora hosil qilishi.
1- gifomitsetnamolarning konidiya bandlari, 2-melankoumnomalar (stroma), 3-sferopsidnomalar (piknida)



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin