Ishning borishi Qarag`ayning gerbariysi va qubbalari o`rganiladi. Shoxlarda erkak va urg`ochi qubbalar qanday joylashganligiga va rangiga etibor bering. Erkak qubbaning tuzilishi, yani sporafillari va o`qi lupa yordamida ko`riladi. Sporafillarning ostki tomonida nima joylashganligi va qanday shakldagi aniqlanadi. Sporafillardagi sporangiy ichida ona hujayralar bo`lib, ularning meyoz bo`linishi natijasida tetrada hosil bo`ladi va ular mikrosporalarga yoki changga aylanadi. Har qaysi chang donachasi ikkita parda ekzina va intina po`st bilan o`ralgan. Mikrosporalarning erkak gametofitda o`sa boshlashi mikrosporangiyda boshlanadi. Bu vaqtda mikrospora ketma-ket to`rtta hujayraga ajraladi. Shu tariqa hosil bo`lgan to`rtta hujayradan ikkitasi halok bo`ladi. Qolgan ikkitasidan bittasi vegetativ hujayra, ikkinchisi anteridial hujayradir. Anteridial hujayradan ikkita erkak jinsiy hujayra spermiy, vegetativ hujayradan chang nayi hosil bo`ladi. qarag`ay spermiylarida xivchinlari bo`lmaydi.
Urg`ochi qubbani lupada tekshirib makrosporafillarni joylashishiga etibor beriladi. Bitta makrosporafill ajratib olinib lupa yordamida o`rganiladi. Makrosporafilning asosida ikkita urug`kurtak makrosporangiy bor. Urug`kurtakning mikropilesi qubbaning asosiga tomon qaragan bo`ladi. Yetilmagan urug`kurtakda qoplag`ich parda (integument) va nusellus bo`ladi. Nusellusdan bitta hujayra ona hujayra sifatida ajraladi va meyoz bo`linadi. Natijada to`rtta hujayra hosil bo`ladi undan uchtasi nobud bo`ladi va bittasi qoladi. Qolgan hujayra makrosporaga aylanadi. Uning o`sishi makrosporangiydan boshlanadi. Bunda makrospora ko`p marta bo`linib, urg`ochi murtakni (gametofit) hosil qiladi. Unda 2 ta arxegon bo`lib har birida bittadan tuxum hujayrasi bo`ladi. Spermiy arxegonga kirgandan so`ng tuxum hujayra bilan qo`shiladi. Urug`langan tuxum hujayradan urug`murtak rivojlanadi. Urug`murtakda oziq to`planadi. Urug`langandan keyin qubba o`sadi va Yashil rangga kiradi. Kuzgi qubba qo`ng`ir rangga kiradi, qurib qolib bir-biridan ajralishi natijasida urug`lar to`kiladi. Urg`ochi qubbani va makrosporafillarining rasmini chizing.
Qarag`aytoifalarning boshqa vakillari ham gerbariydan Shunday tartibda o`rganiladi. O`rganish jarayonida bargi va qubbalarining farqli jihatlarigi etibor beriladi. Ko`proq bargning qishda to`kilishiga, tangachasimon yoki ninasimon bo`lishiga, ko`ndalang kesimning shakli, novdada joylashishiga va nechta barg borligiga etibor bering. Qubbani o`rganishda quruq yoki seretligiga, osilib yoki tik turishiga, shakli, uzunligiga va qoplag`ich tangachalariga etibor bering.
Qarag`ayning rivojlanish siklini sxemasini chizing. Ochiq urug`lilarning sinf va qabilasiga tavsif bering.
Savollar?
1. Poya va barglarining anatomik tuzilishi haqida malumot bering?
2. Qarag`ayning qubbasida nimalar bor?
3. Qarag`aylarning changdon va chang tuzilishlarini tuShuntirib bering?
4. Qarag`aysimonlarning tashqi tuzilishini izohlang?
5. Oddiy qarag`ayning taraqqiyot siklini bayon eting?
6. Oddiy qarag`ay urug`kurtagining tuzilishini tuShuntiring?
7. Spora yordamida ko`payishdan urug` yordamida ko`payishga o`tish afzalliklari nimada?
8. Qarag`aysimonlarning tabiatdagi va amaliy ahamiyati nimada?
7. Qarag`ay va archa qubbasini tuzilishidagi farqini ko`rsating?
8. Archaning qaysi turi manzarali daraxt sifatida o`stiriladi ?