Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


MAGNOLIYATOIFA (MAGNOLIOPHYTA) O`SIMLIKLAR



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə158/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

MAGNOLIYATOIFA (MAGNOLIOPHYTA) O`SIMLIKLAR.
(Gulli o`simliklar yoki yopiq urug`lilar)

Yuksak o`simliklar orasida magnoliyatoifalar tur sonining ko`pligi jihatdan va yer yuzasida tarqalishi bo`yicha ustunlik qiluvchi o`simliklar hisoblanadi. Bu bo`lim tarkibida juda ko`p oilalar bo`lib, amaliy mashg`ulot darslarida keng tarqalgan ayrim oilalar vakillari o`rganamiz.


Amaliy mashg`ulot darslarida har bir oilaga mansub o`simlik turlarini morfologik tahlil qilinib, aniqlagich yordamida aniqlanadi.
Darsga kerakli gerbariylarni malakaviy amaliyot davrida yig`ilgan materiallardan yoki gulli o`simliklarga oid mavzularni o`tish bahor va yozning boshlariga to`g`ri kelishi tufayli tabiatda o`sib turgan tuplaridan olib kelib, quyidagi reja asosida o`rganiladi:
1. Yashash sharoiti gerbariy etiketkasidagi malumotlar asosida yoki o`simlikning morfologik xususiyatlari yig`indisi bo`yicha hayotiy shakllari;
2. Ildiz tizimining tipi, ildiz tugunagi, ildizmevasi, hajmi va shakli;
3. yer osti poyasining tipi (agar tekshirilayotgan o`simlikda bo`lsa);
4. Yer usti poyasining morfologik xususiyatlari (fazoda joylashishi, Shoxlangan yoki Shoxlanmaganligi, Shoxlanishi, ko`ndalang kesimining shakli, tuklar, tikanlar bilan qoplanganligi yoki yo`qligi);
5. Barglar joylashishi holati. Bandli yoki o`troq, yon bargchalari, oddiy yoki murakkabligi, barg yaprog`ining shakli, barg yaprog`ining uchi, asosi va chekkasining qirqilish shakli, tomirlanish tipi, tukli yoki tuksizligi, gajjaklar bor yoki yo`qligi, barg g`ilofchasining bor yoki yo`qligi, shakli o`zgargan barglar;
6. O`simlikning gullash vaqti (bevosita kuzatish va etiketka asosida);
7. Gullari va to`p gulli. To`p gullarning tipi, oddiy yoki murakkabligi, gullarning joylashishi, gul o`rni, gul yon bargchalarining bor yoki yo`qligi, bo`lsa uning shakli, gul qismlarining joylashishi, gul simmetriyasi, gulqo`rg`on tuzilishi, gul qismlarining holati. Gulning jinsi: bir jinsli yoki ikki jinsli. Agarda gul bir jinsli bo`lsa changchili va urug`chili gullar alohida o`rganiladi. Changchilarining soni, ularning o`lchami, o`zaro qo`shilgan yoki qo`shilmaganligi. Urug`chining oddiy yoki murakkabligi, apokarp yoki senokarp meva hosil qilishi. Urug`chidagi meva barglari soni, tugunchaning joylashishi (ustki, ostki, o`rta);
8. Gul formulasini aniqlash va gul diagrammasini chizish;
9. Meva tiplarini aniqlash;
10. O`simlikning xo`jalik ahamiyati aniqlash.
O`rganilayotgan o`simlik Yuqorida keltirilgan namuna asosida tasvirlanganligidan so`ng uning tuzilishi, mevasi, bargi va boshqa organlari albomga chiziladi.
Navbatdagi vazifalar o`simlik turini aniqlashdan iborat bo`lib, uning o`simlik aniqlagichlaridan foydalaniladi. Aniqlagich yordamida dastlab o`simlikning oilasini, so`ngra turkum va turi aniqlanadi.
Masalan, aniqlash uchun jag`-jag` o`simligi tanlandi. Biz oilalar aniqlagichining dastlabki jumlasidan chap tomonida turgan 1 raqam tezadan boshlab o`qiymiz. Uning antitezasi bizni 4-tezaga yuboradi, chunki 1-tezada ko`rsatilgan belgilar jag`-jag` o`simligini mos kelmaydi. 4-tezadan o`qishni davom ettiramiz, uning antitezasi 7-tezaga yuboradi. 7-teza bizni 14-tezaga yuboradi. 14-antizezasi orqali biz 23-tezaga tushamiz. O`qishni shu tartibda davom ettirib 23-antizezasi orqali 51 – tezaga boramiz. 51-tezasi esa 53-tezaga, 53 – antizesa 60-tezaga yuboradi. 60-teza 61-tezaga, 61 – teza 69-tezaga, 69-antiteza 71 tezaga, 71-teza 72 yo`llaydi. 72-tezada Shunday yozilgan: kosachasi 4 ta, tojibargi 4 ta, changchisi 6 ta, undan ikkitasi qisqa. Mevasi qo`zoq yoki qo`zoqcha. Bu belgilar jag`-jag` o`simligiga mos keladi. Demak, bu o`simlik karamdoshlar oilasiga mansub ekan. Chunki 72-teza ostida shu oilaning o`zbekcha va lotincha nomi berilgan. Oila nomining oldiga 31 raqami qo`yilgan. Bu esa akademik A.L.Taxtadjyan tavsifi bo`yicha ushbu oila mazkur kitobda 31-tartib nomeriga ega ekanligini bildiradi. Shunday qilib biz jag`-jag` o`simligining karamdoshlar oilasiga, yani jag`-jag` Capsella Medic. turkumiga va oddiy jag`-jag` turiga mansub ekanligini bilib olamiz.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin