Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə161/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

18 - Amaliy mashg‘ulot


Ranoguldoshlar (Rosaceae) oilasi vakillari
tuzilishini o`rganish.
Kerakli jihozlar: Namatak, olma, o`rik, qulupnay, g`ozpanja turkumlarining gerbariy namunalari yoki tirik obyekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Rosales – Ranogulnamolar
Oila: Rosaceae – Ranoguldoshlar
Vakillari: Rosa canina – itburun namatak, Malus domestica – uy olmasi, Armeniaca vulgaris – oddiy o`rik, Fragaria virginiana – virgin qulupnayi, Potentilla reptans – o`rmalovchi g`ozpanja.
Oilaning 100 ga yaqin turkumga mansub 3000 dan ortiq turlarni birlashtiradi. O`zbekistonda 11 turkumga oid 96 turi o`sadi. Ular yer yuzida keng tarqalgan o`tlar, yarimbuta, buta va daraxt iborat. Barglari navbat bilan joylashgan, oddiy, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, murakkab gulqo`rg`onli. Gulqo`rg`on bo`laklari 5 tadan. Gultojbarglari tutashmagan, changchilari ko`p. Urg`ochisi bitta yoki bir necha mevabargdan hosil bo`lgan. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Mevalari turlicha: chin meva, soxta meva, bargak, yong`oqcha, pista, rezavor, to`pmeva va boshqalar.
Ishning borishi

Ra`nodoshlar oilasining vakillarining gerbariylari yoki tirik namunalaridan hayotiy shakllari va vegetativ organlari tuzilishi o`rganiladi. Unda lupa yordamida barglari va poyasi tekshiriladi. Ularning tuzilishidagi o`ziga xos xususiyatlari aniqlanadi.


Generativ organlarini gerbariy namunalari yoki tirik obyektlaridan o`rganing. Gullarini o`rganishda gul o`rinning shakllariga (yassi, botiq, qavariq) etibor berib, gipantiy bor yoki yo`qligini aniqlang. Gulni bo`yiga kesib gulning tugunchasi ustki yoki ostki ekanligini o`rganing. Mevasini tekshirib, meva gulning qanday bo`laklardan hosil bo`lganligini, meva va urug`larning tarqalishidagi moslanishlarni aniqlang.
O`rganish uchun tanlab olingan o`simliklarning morfologik tahlil qilgandan so`ng, ularning har birining gul tuzilish formulasi yozing va diagrammasini chizing. Oilaning ayrim turlarini aniqlagich yordamida aniqlang.

Savollar.


1. Ranodoshlar oilasi mansub o`simliklar qanday hayotiy shakllarga ega?
2. Gipantiy nima?
3. Oila vakillarining gul tuzilishidagi o`ziga xos xususiyatlarini aytib bering?
4. Meva xillarini tuShuntirib bering?

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin