21- Amaliy mashg‘ulot Ko`knordoshlar (Papaveraceae) oilasi vakillari tuzilishini o`rganish. Kerakli jihozlar: Ko`knor, lolaqizg`aldoq, bo`g`immeva, shotara turkumlarining gerbariy namunalari yoki tirik obekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Papaverales – Ko`knornamolar
Oila: Papaveraceae – Ko`knordoshlar
Vakillari: Papaver pavoninum – tovus ko`knori, lolaqizg`aldoq, Roemeria hybrida – binafsharang qizg`aldoq, Roemeria refracta – egilgan qizg`aldoq, Hypecoum parviflorum – maydagulli bo`g`immeva, Fumaria vaillantii – Vayyan shotarasi.
Ko`knordoshlar oilasining 24 turkumga mansub 250 dan ortiq turi bor. O`zbekistonda 9 turkumga mansub 32 turi uchraydi. Hayotiy shakllari bir yillik o`tlar va ba`zan butalardan iborat. Barglari poyada ketma-ket joylashadi. Barg yaprog`i patsimon kesilgan. Gullari aktinomorf yoki zigomorf. Bittadan bir nechtagacha to`pgulda o`rnashgan. Kosachabarglari 2 ta, gultojbarglari 4 ta, changchilari ko`p, urug`chisi 1ta. Mevasi ko`sak yoki yong`oqcha.
Ishning borishi Oila vakillarining gerbariy namunalari yoki tirik obyektlari yordamida vegetativ va generativ organlari o`rganiladi. Poya va barglarining tuzilishi va joylashishi tekshiriladi. Tovus ko`knorni yoki egilgan qizg`aldoqni gultojbarglari asta sekin ochiladi. Unda tojibarglar ikki doirada joylashganligini ko`rish mumkin. Tojibarglar to`garak shaklda qizil rangda, pastki tomonida qora dog`lari bor. Undan so`ng changchilari va urug`chilari tuzilishini o`rganing. Ulardagi gullarning jinsi, changlarining gulqo`rg`on azolariga nisbattan joylashuvi, soni, gulqo`rg`onining tugunchada joylashish tipi, tuguncha tipini aniqlash uchun gulni uzunasiga kesib ko`ring.
Lupa yordamida qizg`aldog` gulining ikki jinsligiga etibor bering. Urug`chilarining nechta meva bargdan hosil bo`lishligini aniqlang. Mevasi bilan tanishing. Oila vakillarining gulining tuzilishi, formulasi va diagrammasini chizing. Oilaning ikki uchta yovvoyi turlarini aniqlagichlar yordamida aniqlang.
Oilaning xarakterli belgilari umumlashtirishda, ularning hayot formalari, yashash sharoitlari, morfologik xususiyatlari, mevalarning tarqalishi uchun moslanishlarga etibor bering va xo`jalik ahamiyatini ko`rsating.
Savollar.
1. Ko`knordoshlar oilasi turlarining gul tuzilishini izohlang?
2. Ko`knor va qizg`aldoq turkumi turlarining gul tuzilishlarini taqqoslang? Farqli jihatlarini izohlang?
3. Oila vakillarining barg tuzilishlarini tuShuntiring?