Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə166/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

23 - Amaliy mashg‘ulot


Sho`radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi vakillari
tuzilishini o`rganish.


Kerakli jihozlar: sho`ra, saksovul, lavlagi, ismaloq, olabuta, izen, turkumlarining gerbariy namunalari yoki tirik obekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Caryophyllales – Chinnigulnamolar
Oila: Chenopodiaceae – Sho`radoshlar
Vakillari: Chenopodium album – oq sho`ra, Haloxylon persicum – oq saksovul, Beta vulgaris – oddiy lavlagi, Spinacia oleracea – ekma ismaloq, Atriplex tatarica tatar olabutasi, Kochia scoparia – burgan supurgisi.

Sho`radoshlarning O`zbekistonda tabiiy holda 43 turkumga mansub 184 turi uchraydi. Hayotiy shakllari o`tlar, yarimbuta, buta va daraxtlardan tashkil topgan. Barglari oddiy, yonbargsiz, poyada navbat bilan va qarama-qarshi joylashadi. Bargi ayrim turlarida metamorfozlashgan yoki seret bo`ladi. Gullari ko`rimsiz, ikki yoki bir jinsli, shamol va bazan hasharotlar yordamida changlanadi. Boshoqsimon yoki shingilsimon to`pgul hosil qiladi. Gulqo`rg`oni oddiy, kosachasimon (4) yoki 5 bo`lakli, tutash, Yashil yoki rangsiz, changchilari 5 ta, urug`chisi 2-5 mevachi bargdan tashkil topgan. Tuguncha ustki. Gulqo`rg`oni ayrim turkumlarda bo`lmaydi. Mevasi yong`oqcha. Ko`sakcha va rezavor meva hosil qiladigan turlari ham mavjud.




Ishning borishi

Oila vakillarining gerbariy namunalari yoki tirik obektlari yordamida vegetativ va generativ organlari o`rganiladi. Poya va barglarining morfologik xususiyatlari, joylashuvini tekshiring. Lavlagi, ekma ismaloq va oq sho`raning gul tuzilishi bilan tanishib, ulardagi gullarning jinsi, changlarining gulqo`rg`on azolariga nisbattan joylashuvi, soni, gulqo`rg`onining tugunchada joylashish tipi, tuguncha tipini aniqlash uchun gulni uzunasiga kesib ko`ring.


Lupa yordamida ismaloqda gulning bir jinsligiga etibor bering. urug`chili gullarda tuguncha borligi va nechta meva bargdan hosil bo`lishligini aniqlang. To`p mevasi bilan tanishing. Changchili va urug`chili gullarini va murtaklarining tuzilishini chizib oling. Lavlagi gulining tuzilishi, formulasi va diagrammasini chizing. Oilaning ikki uchta yovvoyi turlarini aniqlagichlar yordamida aniqlang.
Oilaning xarakterli belgilari umumlashtirishda, ularning hayot formalari, yashash sharoitlari, morfologik xususiyatlari, mevalarning tarqalishi uchun moslanishlarga etibor bering va xo`jalik ahamiyatini ko`rsating.

Savollar.


1. Sho`radoshlar oilasi turlari qanday muhitlarda o`sadi?


2. Sho`ra, olabuta, saksovul, izen, lavlagi turlarining gul tuzilishlarini taqqoslang?
3. Sho`r va qum tuproqda o`sadigan turlarning vegetativ organlaridagi moslanishlarni izohlang?
4. Oila vakillarining meva va urug`larining tarqalishi qanday amalga oshadi?
5. Qaysi turlarda go`lqo`rg`on bo`laklari metamorfozlashgan?



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin