Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə169/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

26 - Amaliy mashg‘ulot


Yalpizdoshlar (Labguldoshlar) oilasiga mansub o‘simliklarni o‘rganish.


Kerakli jihozlar: yalpiz,kiyiko‘ t, arslonquloq turkumlarining gerbariy namunalari yoki tirik obyekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Yalpiznamolar – (Lamiales)
Oila: Yalpizdoshr – (Lamiaceae)
Vakillari: ziziphora, metha va boshqalar.
Oila vakillari asosan tropik hududlarda o`sadi. O`zbekistonda yalpiz,kiyiko‘t bir necha turlari ekiladi. Bu oilaga bir yillik va ko`p yillik o`tlar, bazi daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, yonbargchasiz. Gullari zigamorf, ikki jinsli gulkosacha va gul toji barglari 3 tadan, labga o‘xshaydi. Mevasi yong‘oqcha. Ularning xalq xo`jaligidagi ahamiyati juda katta.


Ishning borishi

Oila vakillarining gerbariylari yoki yangi keltirilgan tirik namunalardan o`rganiladi. O`simliklarning hayotiy shakllari, poyasi va barglarining tuzilishi, xususiyatlari, gullarining bir yoki ikki jinsli, o`simlikning bir yoki ikki uyli ekanligi aniqlanadi.


Gerbariydan yoki tirik namunadan changchi va urug`chi gullarini toping. Gulni nina bilan bo`laklarga ajratib lupa yordamida tekshiring. Gulqo`rg`onining tuzilishiga, changchilar soniga, ularning qo`shilib o`sganligiga va nektardonlarning tuzilishiga etibor bering. Urug`chi gulining gulqo`rg`onining tuzilishini, undagi tugunchasi va tumshuqchalarining sonini ko`ring. Tugunchaning ustki yoki ostki ekanligi, tugunchadagi mevabargchalar soni va meva xilini aniqlang.
Bularni har tomonlama to`liq tekshirib chiqib, analiz qilgach, ulardan birini tanlab olib, boshqalari bilan taqqoslang, tavsifini batafsil yozing. Gul tuzilishining umumiy ko`rinishi va organlarining suratini chizing. Aniqlagich yordamida tabiiy holda o`sadigan turini aniqlang. Oilaga botanik tavsif bering.
Savollar
1. Yalpizdoshlarning geografik tarqalishi haqida nimalarni bilasiz?
2. Yalpizdoshlar oilasiga mansub bir, ikki va ko`p yillik o`tsimon va daraxt hayot shaklidagi turlarni bilasizmi?
3. Yalpizdoshlar oilasi vakillarining guli qanday tuzilgan?
4. Oila vakillaridan xalq xo`jaligining qaysi sohasida foydalaniladi?



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin