22 - Amaliy mashg‘ulot
Chinniguldoshlar (Caryophyllaseae) va Sho`radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi vakillari tuzilishini o`rganish.
Kerakli jihozlar: etmak, qalampiro`t, qumisparak, liperodiklis, yulduzo`t turkumlarining gerbariy namunalari yoki tirik obyekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Caryophyllales – Chinnigulnamolar
Oila: Caryophyllaseae – Chinniguldoshlar
Vakillari: Acanthophyllum pungens – tikanli etmak, Holosteum polygamum – serpusht qalampiro`t, Silene nana – pakana zo`rcha, qumisparak, Stellaria media – o`rtacha yulduzo`t, Vaccaria hispanica – ispan qoramug`i, Lepyrodiclis holosteoides – qalampirnamo shudgoro`t.
Chinniguldoshlar 80 turkumga mansub 2000 dan ortiq turi bor. vakillari asosan o`tlar, qisman yarimbutalar, bazan butalardan iborat. Barglari oddiy, butun, yonbargsiz yoki yonbargli, poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari dixaziy to`pgulda o`rnashgan, bazan bittadan bo`ladi, aktinomorf. Besh azoli, 2 jinsli, bazan bir jinsli. Hasharotlar yordamida changlanadi. Changchilari 5-10 ta, urug`chisi 1 ta, 2-5 mevabargchalardan tashkil topgan. Sinkarp meva hosil qiladi. Urug`kurtaklari ko`p, egilgan. Mevasi tishchali yoki chanoqli ko`sak, bazan yong`oqcha yoki rezavor.
Ishning borishi
Oila vakillarining gerbariylari yoki tirik obektlari asosida vegetativ, generativ organlarining morfologik tuzilishi o`rganiladi.
O`simliklarning vegetativ organlari va gulini o`rganishda uning hayotiy shakllariga, barglarining joylashishiga, ularning oddiy yoki murakkab bargligiga, yon barglarining bor yoki yo`qligiga, to`pgullarning xiliga, gulqo`rg`onining tuzilishiga, kosachabargining qo`shilib o`sganligiga, bargining shakliga, changchilarining soni va xususiyatlariga, ustunchalarining soniga, gineseyning tipiga etibor beriladi. Shuningdek kenja oilalar gul tuzilishi o`rganiladi. Poyasi va to`pgulining tuzilishiga etibor bering.
Gulning tuzilishi formulasini yozing va diagrammasini chizing.
Meva tiplarini va ularning tarqalishiga moslanish belgilarini aniqlang.
Gerbariy va tirik obektdan oilaning 2-3 vakilini aniqlagich yordamida aniqlang va daftarga aniqlash ketma ketligini qayd eting.
Yuqoridagi topshiriqlar asosida oila vakillarining vegetativ va generativ organlarining tuzilishi bilan tanishgandan so`ng ishning yakuni sifatida xarakterli belgilarni va hayot formasini yozing. O`rganilgan turlarini xo`jalik ahamiyatini ham ko`rsating.
Savollar.
1. Chinniguldoshlar oilasiga tavsif bering?
2. Oilaning keng tarqalgan turkumlarini aytib bering?
3. Oila vakillarining to`pgul tuzilishi xususiyatlarini keltiring?
4. Oilaning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Meva tiplari va ularning xo`jalik ahamiyati nimadan iborat
Dostları ilə paylaş: |