16 - Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi.
Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini o`rganish.
Kerakli jihozlar: oila vakillarining gerbariy namunalari yoki tirik obekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Sinf: Magnoliopsida – Magnoliyasimonlar
Qabila: Magnoliales – Magnoliyanamolar
Oila: Magnoliaceae – Magnoliyadoshlar
Vakillari: Magnolia grandiflora – yirik gulli magnoliya, Liriodendron tulipifera – lola daraxti.
Oilaning 12 turkum 230 ga yaqin turi Janubiy, SHarkiy va SHimoliy Amerikaning tropik qismida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi daraxt va buta o`simliklar. Magnoliyaning madaniy turlaridan yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) ancha keng tarqalgan. Bu doimiy Yashil daraxtning guli oq rangli, yoqimli hidli, ikki jinsli, gul qismlari spiral ravishda joylashgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Gul formulasi Ca3Co3A∞G∞.
Oilaning yana bir manzarali o`simlik sifatida o`stiriladigan turi – lola daraxti (Liriodendron tulipifera). Bu daraxtning barglari to`rt qirrali, guli lola guliga o`xshash, to`q sariq rangli. Mamlakatimizning janubiy xududlarida manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi.
Ishning borishi
Magnoliyaning vegetetiv organlarini ko`rib chiqing. Ularni o`rganib daftaringizga to`plangan malumotlarni daftarga yozing. O`simlikning umumiy tuzilishi bilan tanishgach, yirik gulli magnoliyaning bargi, gulining tuzilishini, gul formulasini yozib, diagrammasini chizing va yopiq urug`li o`simliklarning umumiy tavsifiga tayangan holda yirik gulli magnoliyaning tavsifi yozing. Gul tuzilishini tavsiflashda gulkosa, gultoj, changchi va urug`chisini diqqat bilan lupa yordamida kuzating. Yirik gulli magnoliyaning vegetativ va generativ organlari tavsiflanib rasmlari chiziladi.
Kundaligingizga yirik gulli magnoliya va lola daraxtining tavsifini to`liq yozing. Magnoliya gulini, bargini lola daraxti guli va bargi bilan solishtiring. Aniqlagich yordamida keltirilgan turlarni aniqlang.
Savollar.
1. Magnoliyadoshlar oilasi vakillari qaysi xususiyatiga ko`ra ochiq urug`lilarga yaqin turadi?
2. Gul tuzilishidagi qaysi belgilarga ko`ra magnoliyadoshlar sodda va qadimiy xisoblanadi?
3. Magnoliyadoshlarning guli qanday tuzilgan? Erkak gul va urg`ochi gullarining farqli tomonlari nimada?
4. Yirik gulli magnoliyaning gul formulasi va diagrammasi qanday tuzilgan va u lavrdan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Dostları ilə paylaş: |