Ishning borishi O`simlik gerbariydan o`rganiladi. Ildiz va tugunaklari qanday hosil bo`lishi aniqlanadi. Bahorgi er osti novdasiga etibor bering, poyasining tuzilishini o`rganing. Bahorgi poyasi spora hosil qilgandan so`ng nobud bo`ladi. Uning o`rniga yozgi novdasi o`sib chiqadi. Yozgi novdani bahorgi novdadan farqli jihatlarini aniqlang. Mikroskopda poyani ko`ndalang kesimini ko`ring. Poya markazida havo bo`shlig`i mavjud. Poyadagi epidermis, assimilyasiya, o`tkazuvchi va mexanik to`qimalarni aniqlang. O`tkazuvchi bog`lamda ksilema va floema qanday joylashganligi, bog`lamlarni ochiq yoki yopiqligini aniqlang. Poyaning ko`ndalang kesimining rasmini chizing.
Dala qirqbo`g`imining spora hosil qiluvchi boshog`ini tuzilishini o`rganing. Sporafillar qanday shaklda va boshoq o`qida qanday joylashganligiga etibor bering. Bitta sporafilni ajratib olib lupada tekshirib ko`ring. Har bir sporafillda sporangiylar nechtadan joylashganligini aniqlang. Sporafillarning rasmini chizing.
Sporangiy devori uch qavatli, ichida spora beruvchi hujayralar joylashgan. Spora hosil qiluvchi hujayralar meyoz bo`linib, tetrada hujayralari sporalarga aylanadi. Sporasini quruq buyum oynasiga qo`yib, mikroskopda qoplag`ich yopmasdan ko`riladi.
Sporalarning hajmi, shakli qandayligi aniqlanadi. Sporalardagi elateralarni kuzating va ahamiyati o`rganing. Sporalarning qanday harakat qilishi va elateralarning holati kuzating. Sporalar va elateralar rasmini chizing. Dala qirqbo`g`imining erkak va urg`ochi gametofitlarining rivojlanish sikldagi farqlariga etibor bering. Ularning rivojlanish siklini rasmini chizing.
Savollar:
1. Qirqbo`g`imsimonlar tuzilishidagi o`ziga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
2. Dala qirqbo`g`imining tashqi tuzilishi va Shoxlangan qirqbo`g`imdan farqi?
3. Dala qirqbo`g`imining ichki tuzilishini bayon eting?
4. Qirqbo`g`imlarning vegetativ ko`payishini tuShuntiring?
5. Qirqbo`g`imlarga nasllar gallanishi qanday boradi?
6. Dala qirqbo`g`imining ahamiyatini tuShuntiring?
7. Elotera qanday hosil bo`ladi va ahamiyati qanday?
8. Qirqbo`g`imlarda o`tkazuvchi bog`lam qanday tipda?
9. Qirqbo`g`imsimonlarning qadimgi daraxtsimon vakillariga misollar keltiring?