10-Amaliy mashg ‘ulot Mavzu Lishayniklar bo`limi
Lishayniklar. Lishayniklar tanasi zamburug` va suv o`tlarining simbioz bir - biriga moslashgan holatda yashashi natijasida paydo bo`lgan organizm bo`lib hisoblanadi. Lishayniklar tarkibiga zamburug`lardan xaltachali, bazidiyali, suvo`tlardan ko`k, Yashil suvo`tlari vakillari kiradi. Zamburug` gifalari bilan suvo`tini o`rab olib, u bilan birga o`sadi.
Lishayniklar avtotrof o`simliklardir. Lishayniklar tashqi ko`rinishi jihatidan xilma- xil ular kulrang, sariq, qo`ng`ir, qizil ba`zan qoramtir ranglarda bo`ladi. Lishayniklar tanasining morfologik tuzilishiga ko`ra 3 guruhga bo`linadi.
Yopishqoq yoki po`stloqsimon - ular eng sodda tuzilgan keng tarqalgan tollomi yupqa, qobiqsimon, substratga juda maxkam yopishadi.
Bargsimon yoki plastinkasimon tollomi oddiy yaproq ko`rinishda bo`lib, rizoidga o`xshash o`simtasi bilan birikadi. Ularni butunligicha ajratib olsa bo`ladi.
Butasimon yoki Shoxlangan. Tallomi birmuncha murakkab tuzilgan, tik o`sadi, butaga o`xshab Shoxlaydi. Tog`larda uchraydigan kladoniya, shimolda o`sadigan bug`i lishaynigi va yolli lishayniklar shular jumlasidandir. Lishaynik-lar tabiiy sharoitda asosan vegetativ ko`payadi. Ularning mo`rt tallomi qurib oson maydalanadi, shamol va hayvon vositasid uzoq erlarga tarqaladi. Shuningdek ular maxsus ko`payish organi-soriydiy va izidiylar vositasida ham ko`payadi.
Kladoniya lishaynigi 10-15 ts biomassa beradi. Bo`yi 20 smgacha etadi. Bug`ular uchun oziq-ovqat hisoblanadi. Lishayniklarda uglevodlar to`planadi. Shuning uchun oziq-ovqat sifatida, dori tayyorlashda foydalaniladi. Ulardan efirmoyi, glyukoza, spirt, lakmus, bo`yoqlar olinadi.
11-Amaliy mashg ‘ulot Mavzu:Funariya yo`sini va kakku zig`iri tuzilishini o`rganish. Kerakli jihozlar: gerbariy materiallari, tirik obektlar yoki tayyor preparatlar, lupa, mikroskop.
Funariya – Funaria hydrometrica, kakku zig`iri - Polytrichum commune. Kakku zig`irining protonemasi, poyasining ko`ndalang kesimi. Erkaklik va urg`ochi gametofitining uchki qismini bo`yiga kesigi, ko`sakchasining bo`yiga va ko`ndalang kesimi.
Sinf: Musci – Barg poyali moxlar
Qabila: Bryales – Yashil moxnamolar
Vakillari: Funaria hydrometrica – Funariya
Qabila: Polytrichales – Politrixnamolar
Vakillari: Polytrichum commune – Kakku zig`iri
Yo`sinlarning taraqqiyot siklida gametofit va sporafit gallanishi kuzatiladi. Ammo boshqa yuksak o`simliklardan farqi, gametofitning ustunlik qilishidir. Shuning uchun yo`sinlarning rivojlanishi mustaqil yo`nalish sifatida qaraladi. Gametofit novdaga o`xshash bo`lib bargsimon tallomga (shartli ravishda poya va barg deyiladi) ega bo`ladi. Ildiz tizimi rivojlanmagan, ularning vazifasini rizoidlar bajaradi.
Yo`sinlar sporafiti gametofitga bog`liq bo`lib, sporafitining uchki qismida sharsimon shakldagi ko`sakchasi (sporangiy) bo`ladi va unda sporalar etiladi. Sporafit gametofit bilan mustahkam bog`langan bo`lib, uning hisobiga oziqlanadi.