Darsning maqsadi: G`alla zang zamburug`ining sistematik o`rni, tuzilishi va taraqqiyotini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: Makkajo`xorini barg, poyasi, zirkning barglarini tirik, spirtga solingan yoki gerbariy namunalari, lupa, jadval, kitoblar.
ISHNING BAJARILISHI
1.Klassifikatsiyasi bilan tanishish
Bo`lim: Zamburug`toifalar – Mysota Ajdod: Bazidiomitsetsimonlar – Basidiomysetes K/ajdod: Teliobazidiomitsetkabilar - Teliobasidiomysetidae Qabila: Zang zamburug`namolar - Uredinales Turkum: Zang zamburug`i - Pussinia Tur: G`alla zang zamburug`i - P. graminis 2. G`alla zang zamburug`i (Pussinia graminis) – parazit zamburug`i bo`lib, taraqqiyot bosqichi ikkita xo`jayinda: bug`doydoshlar oilasi vakillarida va zirk (Berberis vulgaris) da bo`lib o`tadi. Bug`doydoshlar asosiy xo`jayin, zirk esa oraliq xo`jayin hisoblanadi.
Zang zamburug`i bilan zararlangan makkajo`xori gerbariylari qaralganda poyasi va barglarida qavarib turgan dog`lar ko`rinadi, ular zang-qo`ng`ir rangda bo`ladi. Dog`lar poyalarning uzunasiga joylashgan bo`lib, ko`p sporalardan iborat, ular uredospora deb ataladi. YOzning ohirida, dog`lar qora rangga kiradi va ko`p teliosporalar hosil qiladi. Ikki xil spora dikarion – mitseliyda hosil bo`ladi, bu mitseliy makkajo`xorining poya va barglarning to`qimalarida joylashgan.
Mikroskop ostida uredo va teliosporalarning preparatini tayyorlab, uredospora mikroskopda qaralganda oval shaklida ikki yadroli bir hujayrali oyoqchada joylashganligini ko`rish mumkin. Ichida yog` to`planganligi uchun uredospora sariq rangda bo`ladi. Uredospora shamol bilan tarqalib, boshqa o`simliklarni zararlantiradi. Teliospora ham oyoqchada bo`ladi, u uzunchoq shaklida qo`ng`ir rangli qalin devorli va ikki hujayradan iborat bo`ladi. Avvalo har bitta hujayrada ikkita yadro bo`ladi, keyin dikarion yadrolari qo`shilib, bir hujayrali, dikarion ikki yadroli bo`ladi.
Teliosporalar tuproqda qishlaydi. Bahorda ular unib chiqadi. Unib chiqishdan avval yadro meyoz yo`li bilan bo`linadi. Har bir xujayrasidan qisqa stegmalarda to`rtta gaploid baziosporali fragmobazidiyalar hosil bo`ladi. Bazidiosporalar shamol bilan tarqaladi va zirkning bargiga tushib, o`sa boshlaydi va barg to`qimalarida mitseliy shakllanadi.
Zararlangan bargning ko`ndalang kesmasidan preparat tayyorlab mikroskop ostida qarang. Uni sog`lom bargdan tayyorlangan preparat bilan taqqoslang.
Zararlangan zirk bargining gerbariysi ustki tomonida to`q rangli dog`lar – piknidalar ko`rinadi, pastki tarafida to`q-sariq-qung`ir rangli yumaloq dog`lar – etsidiyalar bo`ladi.
Piknida – ko`zasimon shaklida bo`lib, xaltacha va sporalarni chiqaruvchi teshigi bor. Avvalo piknidiy gaploid gifalar yig`indisidan iborat bo`lib, teshiklaridan piknoforalar ajraladi. Piknidiy rivojlanib, ustki epidermani yorib gifalarning bir qismi ko`rinadi. Piknidioosporalar plyus (+) va minus (-) belgili bo`lib, bargning to`qimasida gifalari qo`shilib dikarion mitseliysi etsidiya hosil qiladi. Yosh etsidiyalarni ko`rganimizda ular sharsimon shaklida bargning parenximasiga botgan holda bo`lib, ichida etilayotgan etsidiyasporalar borligi ko`rinadi.
20-rasm. G`alla zang zamburug`i
1-Teleytosporaning o`sishidan bazidiy va bazidiysporalarni vujudga kelishi, 2-zang zamburug`i bilan zararlangan zirk novdasi, 3-zararlangan zirk bargini ko`ndalang kesimi. 4- zang bilan zararlangan bug`doy poyasi, 5-uredospora, 6-teleytospora.
Etsidiosporalarni peridiy (choyshab) qoplangan. Voyaga etgan etsidiyalar bargning pastki epidermasini yorib, bokalsimon shaklga aylanadi. Ularda etsidiosporalar to`g`ri tik bo`lib joylashadi. Etsidiyaning tubida joylashgan uzunchoq hujayralaridan etsidiyalar ajraladi, ular bargning to`qimasidagi gifalarning davomchisi deb hisoblanadi. Etsidiosporalar shamol vositasida boshoqdoshlarning barg va poyalariga borib tushadi.
3. Mikroskopda ko`rilganlar va ko`payish tsikli jadvaldan al`bomga chizib olinadi.
Takomillashmagan zamburug`larning mitseliysi yaxshi taraqqiy etgan hujayra gifalaridan tuzilgan. Jinsiz ko`payishi konidiyalar ishtirokida boradi. Jinsiy ko`payish kuzatilmaydi. Ajdod 30000 dan ortiq turlarni o`z ichiga oladi.
Deyteromitsetsimonlar konidiy sporalari hosil qilishiga, konidiy bandlarining rangiga, tuzilishiga va boshqa belgilariga qarab, sistemaga solinadi. Shunga ko`ra ularning sistemasi sun`iy sistema hisoblanadi. Bu sistema qulay hisoblansada, lekin filogenetik bog`liqlikni namoyon etmaydi. Shunga ko`ra bu ajdod uchta qabila ajratiladi.
1. Gifomitsetsimonlar (Hyphomysetes)-konidiya bandlari yakka-yakka bo`lib, yoki to`p-to`p bo`lib, koremiya degan kattaroq bog`lamlarda joylashadi.
2. Melankoniumnamolar (Melansoniales)-konidiya bandlari mitseliy uchlari joylashgan bo`lib, loje yoki stroma deb ataladi.
3. Sferopsidnamolar (Sphaeropsidales)-konidiyalari piknidiya ichida joylashadi. Piknidiyalari sharsimon, noksimon va cho`ziq bo`lib, konidiya bandlari uchidagi konidiyagen hujayralaridan shilliqning konidiya sporalar hosil qiladi.
Deyteromitsetsimon zamburug`larni vakillari tabiatda keng tarqalgan bo`lib, ko`pchiligi saprotrof oziqlanadi. Ular tuproqda va boshqa tur zamburug`lar ichida ko`pchilikni tashkil etadi. Shular orasida Trixodesma (Trishodesma) katta ahamiyatga ega. U tuproqdagi organik chiqindilarni, tsellyuloza va ligninni chiritishda muhim rol o`ynaydi.
Shu bilan birga deytromitsetsimonlar vakillari yuksak o`simliklarda parazitlik qilib, ekinlarga katta ziyon keltiradi. Masalan, vertitsellum va fuzarium g`o`zada uchraydigan so`lish-ya`ni vilt kasalligini tug`diradi.