Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə144/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Darsning maqsadi: Karam kilasining sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payish xususiyatlarini o`rganish.
Kerakli qurol va jihozlar: Plazmodioforalar bilan zararlangan karam ildizining spirtda fiksatsiyalangan preparat, plazmodiofora bilan zararlagan karamning yosh va eskirgan ildizdan tayyorlangan kesmalarni mikropreparatlari, mikroskop, lupa, jadval, kitoblar.
ISHNING BAJARILISHI



  1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish

Bo`lim: SHilimshiqlar – MyxoMysota
Ajdod: Plazmodioforasimonlar – Plasmodiophoromysetes
Qabila: Plazmodioforanamolar – Plasmodiophorales
Turkum: Plazmodiofora – Plasmodiophora
Tur: Karam plazmodioforasi – R. brassisae
2. Karam plazmodioforasi bilan zararlangan karam yoki bryukva tashqi tomonidan kuzating. Unda ildizning asosi qalinlashganini, barglari sarg`ayishini, ozroq egilganini va cho`zilganini ko`rish mumkin. O`tkir pichoq yoki ustara (lezvie) yordamida zararlangan ildizdan bir nechta kesmalar tayyorlanadi. Undan tashqari plazmodioforalarni doimiy preparatda ham kuzatish mumkin. Ildiz parenximasidan tayyorlangan preparat mikroskop orqali qaralganda ko`plab sporalar bilan to`lgan yirik hujayralar ko`rinadi. YOsh o`simlikning zararlangan ildizdan tayyorlangan preparatda plazmodiofora parazitini ko`rish mumkin.
Sporalar hosil bo`lishidan oldin meyoz jarayoni bo`lib o`tadi. Ildizlar erdan yulib olingandan so`ng sporalar tuproqda qoladi. Sporalar tuproqda turli hayvonlar (yomg`ir chuvalchanglari, hasharotlar), yomg`ir, sug`orish suvlari oqimi, orqali tarqaladi. Tuproqda qolgan sporalar bir necha yil o`sish xususiyatini yo`qotmaydi. Qulay sharoit tug`ilgach sporalar o`sib, ichki qismi ikki xivchinli, harakatchan zoosporalarga aylanadi. Keyinchalik xivchinlarini tashlab miksoamyobiylarga, plazmodiylarga aylanadi.
Miksoamyobiylar boshqa sog`lom o`simliklarni ildiz tukchalari ichiga kiradi. Ularda miksoamyobiylar o`zaro qo`shiladi (plazmogamiya) hosil bo`lgan hujayralar bir necha marta bo`linib, dastlab birlamchi gaploid plazmodiyalar hosil bo`ladi. Shu kabi plazmodiyalardan gametangiyalar yoki zoosporangiyalar shakllanib, ulardan zoosporalar (yoki gametalar) rivojlanadi. So`ngra zoosporalar ildiz tukchalari orqali tuproqqa chiqadi. Ular o`zaro qo`shiladi, lekin yadrolari qo`shilmaydi. Hosil bo`lgan ikki yadroli hujayra karam ildizini zararlaydi va dastlab yangi, nisbatan tirikroq ikkilamchi plazmodiyalarni hosil qiladi. Mitoz bo`linish natijasida hosil bo`lgan ko`plab yadrolar, juftlashadi, so`ngra diploid yadrolar reduktsion bo`linib, plazmodiyalardan sporalar etiladi.
Shunday qilib, plazmodioforalari taraqqiyotining bir bosqichi tuproqda, bir qismi esa ildiz hujayralarida o`tadi. Shuni ta`kidlash lozimki, plazmodiofora zoosporalarida 2 ta silliq noteng xivchinlari mavjud.
M.S. Voroninning (1878) ta`kidlashicha plazmodioforalar boshqa karamdoshlar oilasi vakillarini ham zararlashi mumkin.
3. Ko`rilganlarni barchasi al`bomga chizib olinadi.
Zamburug`lar – tuban tuzilishga ega xlorofilsiz, tallomli o`simliklardir. Ularning orasida ham saprofit va parazit vakillari mavjud. Parazit vakillari yuksak o`simliklarga katta zarar keltiradi.
Zamburug`ning tallomi – mitseliy deyiladi va gifalardan iborat bo`ladi. Gifalari bir hujayrali va ko`p hujayrali. Gifalarning devorlari tarkibida uglevodlar, piktinli moddalar va xitindan iborat. Gifalarni ichida tsitoplazma, bitta yoki bir nechta yadro bor. Plastidalari yo`q, zamburug`larda oqsillar va uglevod, glikogen ko`p to`planadi.
Zamburug`larning ko`payishi sporalar bilan amalga oshadi. Spora – bu bir hujayrali bo`lib qobiq, tsitoplazma, yadro va oziq moddadan iborat. Sporalar har xil yo`llar bilan tarqaladi asosan shamol va suv. Suvda sporalari xivchinlari yordamida harakatlanadi va ular zoospora deb ataladi. Sporalar maxsus organlarda: sporangiylar yoki zoosporangiyalarda xaltali zamburug`larda – xaltachalarda (askda), bazidial zamburug`larda – bazidiyalarda hosil bo`ladi. Ko`pincha zamburug`lar konidiyalar yordamida ko`payadi, ular kurtaklanish yo`li bilan hosil bo`ladi. Zamburug`larda jinsiy jarayon ham mavjud. Zamburug`larda jinsiy ko`payish shakllari xilma xil. Ularni uch xil guruhga ajratish mumkin: gametogamiya, gametangiogamiya, somatogamiya.
Gametogamiya yo`li bilan ko`payish – bu tuban zamburug`larning gametangigamiyada hosil bo`lgan gametalarni qo`shilishi ham somatogamiya – oddiy somatik hujayralar qo`shilishi hisoblanadi. Gametangigamiya ko`payish zigomitset va askomitset zamburug`da uchun hos bo`lib, ularda ikkita mutaxassislashgan jinsiy struktura, gametalarga ajralmagan mitseliy qo`shiladi.
Zamburug` bo`limi ko`payish jarayonilariga qarab qo`yidagi ajdodlarga bo`linadi:

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin