Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə141/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

5-Amaliy mashg ‘ulot
Mavzu: Diatom va qo`ng`ir suvo`tlar bo`limi
Diatomtoifalar bo`lim tuban o`simliklar ichida turlar soni jihatidan birinchi o`rinda turadi. Soni noaniq (10000, 13000, 15000 tur).
Mikroskopik bir hujayrali va kolonial bu organizmlar bentos holatda, asosan plankton holatda okean, dengiz va chuchuk suvlarining turli kimyoviy tarkibli va turlicha haroratli muhitlarda keng tarqalgan. Ayrim turlari tuproq yuza qatlamlarida, nam toshlar ustida, issiq buloqlar va qorli – muzliklarda ham uchraydi.
Ularning xujayra devori asosan qum tuproqdan tuzilgan bo`lib, ikkita alohida bir-biriga zich joylashadigan himoya sovutiga ega: sovutlar ikki bo`lmadan iborat bo`lib, ular ustidagisi – epiteka va ostdagi – gipoteka deb nomlanadi. Bu ikki qismlarning birikkan qobig`ida va torgina xalqasi bo`ladi. Qobiqda qiyali tirqish va bo`shliq mavjud. Qobig`ining tashqi yuzasi juda hilma-xil bo`lib, bu ularni turlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Bir dona yadroga ega. Xloroplastlari qo`ng`ir rangli bo`lib, karatinoidlar va diatomindan iborat. Zahira oziq modda sifatida yog`, valyutin, leykozinlar to`planadi.
Diatomlarda vegetativ ko`payish – hujayrasining 2 ta qismga ajralishi bilan boradi. Hosil bo`lgan har bir bo`lagi o`ziga gipoteka hosil qiladi. Bu kabi ko`payish bahor va yoz oylarida kuzatiladi. Hosil bo`lgan hujayralar yana Shundan bir necha marta bo`linishi natijasida ularning o`lchami juda kichiklashib ketadi. Ana shu paytda ularda jinsiy ko`payish jarayoni sodir bo`ladi. Jinsiy ko`payishda ularning soni ortmaydi, balki ular normal kattaligi tiklanadi.
Maydalashib ketgan hujayralar bir-biriga yaqinlashib, sovutlarini tashlaydi va shilimshiqlanadi. Har bir xujayra meyoz yo`li bilan bo`linadi. Hujayralardagi 2 ta yoki 3 ta yadro degeneratsiyaga uchraydi, qolganlari esa juftlashadi. Hosil bo`lgan zigota- auksospora deb ataladi. Undan yangi normal kattalikka ega hujayra shakllanadi. Diatomlarda taraqqiyot bosqichi diploid fazada o`tadi.
Diatomtoifalar bo`limi 2 ta ajdodga bo`linadi: TSentriksimon (Sentrophyseae) va Patsimon (Pennatophyseae).

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin