Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə140/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

4-Amaliy mashg ‘ulot
Mavzu: Sariq-yashil suvo`tlarni kuzatish

Sariq-Yashil suvo`ttoifalar bir hujayrali, ko`p hujayrali, koloniyali, hujayrasiz tallomga ega. Bu bo`limning harakatchan vakillarida ikkita noteng xivchinlar (silliq, uzun-patsimon) bo`ladi. Xloroplastlarida xlorofill a, s va karotinlar al`fa, betta va sariq rang beruvchi karotinoidlar (lyutein, violaksantin va neoksantin) ko`p uchraydi. Perinoidlar kam bo`ladi. Zahira oziq modda sifatida yog`, leykozin va volyutin to`planadi. Kraxmal hosil bo`lmaydi.


Vegetativ ko`payishi hujayrasining ko`ndalangiga bo`linishi hisobiga boradi. Jinssiz ko`payishi zoosporalar yoki aplonosporalar yordamida amalga oshadi. Jinssiz ko`payishi ba`zi vakillaridagina uchrab, izogamiya yoki oogamiyadir. Noqulay sharoitda po`sti kremniylashgan, ikki noteng qismlardan iborat tsista hosil qiladi.
Bo`lim quyidagi ajdodlarni o`z ichiga oladi: Ksantomonadsimonlar (Xanthomonadophyseae), Ksantopodsimonlar (Xanthopodophyseae), Ksantokapsimonlar (Xanthosapsophyseae), Ksantokokksimonlar (Xanthosossophyseae), Ksantotrixsimonlar (Xanthotrishophyseae) va Ksantosifonsimonlar (Xanthosiphonophyseae).


Darsning maqsadi: Vosheriyaning sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: Vosheriyaning tirik material iva doimiy preparati, buyum va qoplagich oynalar, mikroskop, tomizgich, jadvallar, kitoblar.
ISHNING BAJARILISHI

  1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish

Bo`lim: Sariq - Yashil suvo`ttoifalar – Xantophyta


Ajdod: Ksantosifonsimonlar - Xanthosiphonophyseae
Qabila: Vosheriyalilar - Vausheriales
Turkum: Vosheriya - Vausheria
2. Tomizgichlar yordamida suvo`tlar solingan bankachadan suv tomchisini buyum oynachasiga qo`yib, avval mikroskopning kichik ob`ektivida ko`rilganda vosheriyaning bir qancha (och-Yashil) yo`g`on ipsimon tallomi ko`rinadi, tallomi hujayralarga bo`linmagan. Keyin mikroskopning kata ob`ektivida ko`rilganda, Shoxlangan tallomi, ko`plab yadrolari va ko`p sonli pirenoidsiz xromatoforlari, bo`lardan tashqari, yog` tomchilarini ko`rasiz.
Jinssiz ko`payishi zoosporalar vositasida bo`lib, vosheriyaning yirik tallomidan zoosporangiylar hosil bo`ladi, unda ko`p xivchinli bitta zoospora etiladi. Zoospora vujudga kelishidan oldin, zoosporangiy ichidagi xromatofor va yadrolar protoplazma bilan aralashadi, so`ng yadro hujayra devori atrofida va xromatofora esa hujayraning ichki qismida joylashadi. Zoosporalar ovalsimon bo`ladi. Har qaysi juft xivchin ostida tsitoplazma, bitta yadro va uning ostida donador xromatofor joylashadi. Zoosporalar etilganidan keyin zoosporangiy ustida asta – sekin teshikcha hosil bo`ladi. Zoospora shu teshikcha orqali suvga chiqib, bironta jismga o`rnashib, xivchinlarini tashlaydi va yangi o`simlikka aylanadi.
Jinsiy ko`payishi oogamiya bo`lib, undagi anteridiy oogoniylarini o`simlikni spirtda fiksatsiya qilingan materialdan yoki doimiy bo`yalgan preparatlardan ko`rish mumkin. Oogoniyda odatda zigotalar aniq ko`rinadi.
Vosheriyaning tallomida oogoniy va anteridiylar bir-biriga yaqin joylashadi. Oogoniy tagidagi ko`ndalang to`siq bilan tallomdan ajralib turadi, uning ichida bitta tuxum hujayra mavjud. Vosheriyaning bir uyli turlarida oogoniy yonida jinsiy hujayra – anteridiy joylashadi. Anteridiylaridan bir-biriga teng bo`lmagan ikki xivchinli spermatozoidlar vujudga keladi. Tuxum hujayra etilgach, oogoniya yorilib, undan rangsiz modda ajraladi. Bu modda spermatozoidlarni o`ziga jalb etadi. Spermatozoidlardan faqat bittasi oogoniya ichiga o`tib, tuxum hujayrani urug`lantiradi. Hosil bo`lgan zigota qalin po`st bilan o`raladi, yog` tomchilari va gemotoxrom bilan to`ladi. Tinim davrini o`tgach, gaploid tallom o`sib chiqadi.
Vosheriyani chuchuk suvli oqmaydigan va tinch oqadigan suv havzalarida, bundan tashqari tuproqqa rizoidlari bilan birikkan holda, to`q Yashil ipsimon tallomini qurigan suv havzalarining qirg`oqlarida uchratishi mumkin. Vosheriyaning suvli bankachalarda saqlash va o`stirish mumkin.
3. Ko`rilganlarni barchasi al`bomga chizib olinadi.



12-ram. Vosheriya.


1-vosheriyaning umumiy tuzilishi, 2- 3- 4-5-zoosporangiyni hosil bo`lishi, ulardan zoosporalarni chiqishi, 6-7-8- qayrilgan anteridiy va oogoniy.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin