Darsning maqsadi: Xlorella va suv to`rchasining sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: xlorella (Chlorella) va suv to`rchasining (Hydrodistion) tirik materiali, buyum va qoplagich oynachalari, mikroskop, jadvallar, kitoblar.
ISHNING BAJARILISHI
1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish
Bo`lim: Yashil suvo`ttoifalar - Chlorophyta
Ajdod: Teng xivchinsimonlar – Chlorophyseae, Isosontae
yoki haqiqiy Yashilsimonlar
Qabila: Xlorokokknamolar – Chlorosossales, Protosossales
yoki protokokknamolar
Turkum: Xlorella - Chlorella
Tur: Sh. vulgaris
Turkum: Suv to`rchasi – Hydrodistion
Tur: H. retisulatum
2. Tomizgich bilan xlorella bor bo`lgan bankaning suvdan bir tomchi olib, buyum oynasiga qo`yib qoplagich oynasi bilan yopib xlorellani ko`ramiz. Okul`yarda Xlorellaning hujayrasi silliq qobiq bilan o`ralgan, ichida kosachasimon xromatofori va yadrosi ko`rinadi. Hujayra qobig`i uch qavatdan iborat: tashqi qavatida sporopollenindan iborat bo`lib, har xil fermantlarning ta`siriga chidamli. Ichki qavati tsellyulozali mikrofibrillardan iborat.
Xlorella jinssiz ko`payganda hujayralarning ichi to`rt yoki ko`proq qismlarga ajralib, avtosporalar hosil qiladi va ona hujayrasining ichidayoq hujayra qobig`iga o`raladi. Ona xujayrasini yorib avtosporalar tashqi muhitga chiqadi.
Suv to`rchasi (Hydrodistion) sharsimon shaklida chuqur suv havzalarning tubida bo`ladi. U makroskopik 30 sm. etadigan tsenobial suvo`ti bo`lganligi uchun uni bankadan pintset bilan olib Petri kosachasiga joylashtiramiz. Mikroskopning kichik ob`ektivida uning tsilindrsimon hujayralari va bir biri bilan qo`shilib, to`rcha hosil qilganligi aniq ko`rinadi. TSitoplazmasi hujayraning devorlariga yaqin joylashgan, uning ichida ko`p yadrosi va to`rchali ko`p tilakoidli xromatofor joylashgan.
Tirik hujayrasida jinssiz ko`payishini kuzatish mumkin, unda protoplazmasi bo`linib, mayda minglab bir yadroli ikki xivchinli zoosporalar hosil qiladi. Ular ma`lum vaqt ona hujayraning ichida harakatlanib, keyinchalik xivchinlarini ichiga tartib oladi o`zi qobiq hosil qilib bir biri bilan birikadi va yosh to`rcha hosil qiladi. So`ngra hujayrasini yorib chiqib, mustaqil xayot kechirishni boshlaydi. Bu jarayonni kuzatish ancha vaqt talab etadi.
Jinsiy ko`payish jarayoni – izogamiya. Ikki xivchinli gametalari zoosporalarga o`xshab ona hujayralarda hosil bo`ladi. Gametalar ona hujayrasining devoridagi teshikdan chiqib ketadi. YOrug`lik mikroskopida qaralganda gametalar bir xil tuzulishga ega, lekin elektron mikroskopda bir gametani apekal qalpoqchasi borligi boshqasida esa bu qalpoqchani yo`qligi ko`rinadi.
Gametaning qalpoqchasi naycha hosil qilib boshqa gametaga qo`shiladi va zigota aylanadi. Zigota qalin qobiqli bo`lib, unda yog` to`planib, gematoxrom bilan to`q qizil rangga bo`yaladi. Asta sekin zigota tinim davriga o`tadi, keyin esa yadrosi reduktsion bo`linib, to`rtta yirik ikki xivchinli zoospora hosil qiladi. Zoospora ma`lum bir vaqt suzib, to`xtaydi va har bittasi ko`p burchakli hujayra – polierga aylanadi. Poliedr ko`p yadroli bo`lib, unda ikki xivchinli zoosporalar yuzaga keladi va bir-biri bilan birikib, poliedr qobig`idan chiqib ketadi. Yirik zoosporalar zigotadan unib chiqayotganda sekin harakatlanadi. Poliedrda yog` moddasi ko`p bo`lib suvo`tni tarqalishiga xizmat qiladi. Undan tashqari poliedrlar noqulay sharoitlarda masalan: suv quriganda zigota bilan birgalikda tinim davrini o`taydi.
3. Mikroskopda ko`rganlarini barchasi al`bomga chizib olinadi.
7-rasm. Xlorellaning umumiy ko`rinishi va avtosporalar xosil qilishi.
|
8-rasm. Suv to`rchaning jinsiy ko`payish jarayoni.
|
1- Suv to`rchasini koloniyasi, 2- gametalarning qo`shilishi, 3-zigota, 4- zoosporalarning hosil bo`lishi, 5-6-poliedr hujayra hosil bo`lib, meyoz bo`linib, zoospalar hosil qilish,7- poliedr hujayra ichida zoosporalar yosh suv to`rchasini hosil qilishi. 8- yosh suv to`rcha.
Dostları ilə paylaş: |